O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini


Omik kontaktlar xususiyatlari o‘rganish


Download 0.92 Mb.
bet25/44
Sana15.06.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1484912
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   44
Bog'liq
3.2.

Omik kontaktlar xususiyatlari o‘rganish.

Agar kontaktning volt-amper xarakteristikasi noldan boshlab kuchlanishning katta qiymatlariga teng kT largacha (V>>kT) chiziqli xususiyatga ega bo‘lib, tok kuchini qarama-qarshi tomonga o‘zgartirilganda chiziqli qonuniyat saqlansa, metall va YAO‘ orasidagi kontakt omik deb hisoblanadi. Ammo, kontaktdagi kuchlanish pasayishi yarim o‘tkazgichli material hajmidagi kuchlanishlar pasayishidan kam bo‘lsayu, tok-kuchlanish (I-V) xarakteristika shu oralikda chiziqli bo‘lmasa ham, kontakt kvazi omik hisobiga kiradi va uning xususiyatlari qoniqarli bo‘ladi.(Rasm 19).



Rasm 1. Kontaktlar qarshiligini o‘lchashning uch zondli usuli (a), o‘lchangan volt-amper xarakteristika (b)
Omik kontaktga qo‘yiladigan talablar. Omik kontakt quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi shart:
a) katta elektr o‘tkazuvchanlikka,
b) yuqori issiqlik o‘tkazuvchanlikka,
v) mexanik mustahkamlikka.
Kontaktning solishtirma qarshiligi siljitish kuchlanishi (napryajenie smeheniya) nolga teng bo‘lgan hol uchun quyidagi tenglamani qanoatlantirishi kerak,
ρko = (dV/dI)V=0 (15)
Odatda solishtirma qarshilikning keskin kamayishi zaryad tashuvchilar konsentratsiyasini oshirish orqali kuzatiladi va haroratning kamayishi jarayonida ρ ning oshishi kuzatiladi.
Bir metall yordamida olingan kontaktlarda yuqoridagi talablarni bajarish qiyin. Shuning uchun ikki yoki undan ortiq metallar kombinatsiyasi orqali talablar bajarilishi mumkin. Bunday kontaktlarda birinchi metall yarim o‘tkazgichli materialda malum tip zaryad tashuvchilar mavjud kirishma rolini bajarishi kerak (aktiv kontakt) yoki yarim o‘tkazgich bilan nisbatan kamroq elektr o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan holda u bilan ximik bog‘lanish hosil qilishi kerak (passiv kontakt).
Bundan tashqari birinchi qatlam materiali mexanik mustahkamlik uchun mas’uldir. Kontaktning ikkinchi qatlami yuqori haroratli texnologik jarayonga dosh berishi, tashqi muhit ta’siriga uzoq muddatda chidamli va yaxshi elektr va issiqlik o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lishi shart. Uchinchi qatlam (yoki eng ustki qatlam) qalaylash imkonini berishi, fotoelektrik batareyani elementlar asosida yig‘ishni osonlashtirishi va QE ketma-ketlik qarshiligi kamaytirish imkonini (kontakt kesimini oshirish imkoniyatini) berishi kerak.


    1. Download 0.92 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling