O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti buyru q


Download 123.11 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi123.11 Kb.
#1502947
  1   2   3
Bog'liq
Amaliyot buyruq 5-kurs (sirtqi) 16.01.2023 №03-14



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI


B U Y R U Q



2023-yil «____» __________

№ ___________-son

Chirchiq shahri



Talabalar amaliyoti to‘g‘risida
Sport va chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti
bakalavriat bosqichi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2019-yil 8-oktyabrdagi Farmoni, universitet rektorining 2019-yil 2-oktyabrdagi “Pedagogik ta’lim innovatsion klasteri bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 01-729-sonli buyrug‘i, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 25-avgustdagi 744-sonli buyruqlari bilan tasdiqlangan davlat ta’lim standartlari hamda malaka talablarida belgilangan vazifalarni, shuningdek, Toshkent viloyatining ta’lim sohasi uchun raqobatbardosh pedagog kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, talabalar amaliyotini sifatli hamda mazmunli o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida
B U YU R A M A N
1. 5112000 – Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasiga ko‘ra 5-kurs sirtqi ta’lim shakli talabalari 2023-yil 23-yanvardan 13-mayga qadar;
2. 5112100 – Texnologik ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasiga ko‘ra 5-kurs sirtqi ta’lim shakli talabalari 2023-yil 23-yanvardan 13-mayga qadar 1-ilovaga muvofiq o‘rta ta’lim maktablariga malakaviy amaliyotga yuborilsin.
3. Amaliyotlarni olib borish uchun 2-ilovaga muvofiq ishchi guruhlar tarkibi tasdiqlansin.
4. Ishchi guruhlar zimmasiga:
- talabalarning amaliyotlari boshlangunga qadar amaliyot bilan bog‘liq barcha hujjatlarni tegishli ravishda qonun doirasida rasmiylashtirish;
- amaliyot davrida talabalarning texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlarini tashkil qilish va ta’minlash;
- talabalarni amaliyoti dasturlari, kalendar rejalari bilan ta’minlash;
- talabalarning amaliyotlarga muntazam qatnashishlarini nazorat qilish;
- amaliyot natijalari bo‘yicha fakultet Kengashida hisobot berish;
- amaliyot natijalari bo‘yicha hisobotlarni o‘rnatilgan tartibda qabul qilish vazifalari yuklatilsin.
5. Amaliyotning sifatli o‘tkazilishiga fakultet dekani va kafedra mudirlari ma’sul etib tayinlansin.
6. Mazkur buyruq ijrosining nazorati prorektor I.Q.Xaydarov zimmasiga yuklatilsin.
Asos: Ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasi




Download 123.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling