O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 101.93 Kb.
bet13/13
Sana16.06.2023
Hajmi101.93 Kb.
#1512681
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
A.Avloniyning “Turkiy guliston yohud ahloq” asarida yaxshi yamon hulqlar haqida

VATANNI SUYMAK
Vatan. Har bir kishining tug’ulub o’skan shahar va mamlakatini shul kishining vatani deyilur. Har kim tug’ulgan, o’sgan yerini jonidan ortiq suyar. Hatto bu vatan hissi-tuyg’usi hayvonlarda ham bor. Agar bir hayvon o’z vatanidan – uyuridan ayrilsa, o’z yeridagi kabi rohat-rohat yashamas, maishati talx bo’lub, har vaqt dilining bir go’ shasida o’z vatanining muhabbati turar.
Biz turkistonlilar o’z vatanimizni jonimizdan ortiq suydigimiz kabi, arablar arabistonlarini, qumlik, issig’ cho’llarini, eskimular shimol taraflarini, eng sovuq qor va muzlik yerlarini boshqa yerlardan ziyoda suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi, tiriklik oson yerlarga o’z vatanlarin tashlab hijrat qilurlar edi.
Bobolarimiz «Kishi yurtida sulton bo’lguncha, o’z yurtingda cho’pon bo’l», – demishlar.
Men ayblik emas, ey vatanim, tog’larim,
Bevaqt tashlab ketdim, oyo, bog’larim.
Hijron qilodur meni judolig’,
Do’ndi g’ama ro’z-u shab-u chog’larim.
Hammaga ma’lumdurki, eng muqaddas diniy yerimiz o’lan Arabistonga bog’larini, hovlilarini sotub hijrat qilgan hojilarimizning aksari yana o’z vatanlariga qaytub kelurlar. Buning sababi, ya’ni bularni tortib keturgan quvvat o’z vatanlarining, tuproqlarining mehr-u mahabbatidur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam afandimiz: «Hubbul – vatani minal imoni – vatanni suymak imondandur», – demishlar.
Vatan, vatan deya jonim tanimdan o’lsa ravon,
Banga na g’am, qolur avlodima uy-u vatanim
G’ubora do’nsa g’amim yo’q vujud zeri vahm
Charoki o’z vatanim hokidur go’r-u kafanim.
Tug’ub o’san yerim ushbu vatan vujudim xok,
O’lursa aslina roje’ bo’lurmi man g’amnok?

Xulosa
Tarbiyani tug’ilgan kundan boshlamoq, vujudimizni quvvatlantirmoq, axloqimizni kuchlantirmoq, zehnimizni ravshanlantirmoq lozim... , deydi u, - Shuning uchun tarbiya qiluvchi muallimlarning o`zlari ilmlariga olim bo`lib, shogirdlariga ham bergan darslarini amal ila chaqishtirib o`rgatmaklari lozimdir. Bu ravsh ta’lim ila berilgan dars va ma’lumot shogirdlarning diliga tez ta’sir qilib, ular ilmli-odobli bo`ladilar...
Eng yomon kishilar ilmga amal qilmaydirgan kishilardir. Agar tarbiya qiluvchi muallim olim bo`lib, amalsiz bo`lsa, bu shogirdlar axloqiga yomon ta’sir ko`rsatadir...
Abdulla Avloniy bola kamolotida zakovat va fikrning ijobiy ta’sir kuchiga g’oyat zo`r baho beradi. Uningcha, zakovat – insonning eng yaxshi fazilatlaridandir. Zakovatli kishilar biron ishni boshlamoqchi bo`lsalar uni har taraflama o`ylab ko`radilar. Shuning uchun ham ular katta hayotiy tajriba orttirib, kamolotga erishadilar. Zakovat hayotning barcha mushkul va jumboq masalalarini hal qilishda odamga hamrohdir: - Fikr tarbiyasi, - deb yozadi Avloniy, - eng kerakli, ko`p zamonlardan beri taqdir qilinib kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyangan, vijdonlariga yuklangan vazifadir. Fikr insonning sharofatli, g’ayratli bo`lishiga sabab bo`ladi.
Shuning uchun Avloniy bolaning fikrlash qobiliyatini o`stirishda muallimning roli katta ahamiyatga ega deydi. Uning ta’kidlashicha, bolaning fikrini biron narsaga yo`llash va uning o`sha narsa haqida o`ylashiga erishish uchun uning diqqatini aniq narsalarga yo`naltirish, uning oldiga aniq bir masala qo`yish va unga javob topish uchun unda ehtiyoj paydo qilish kerak.
Yaxshi xulq: bir qismi o’z nafsimizga, bir qismini bir-birimizga qarshu ishlatmak uchun kerakli bo’lgan yaxshi xulqlar: fatonat, diyonat, islomiyat, nazofat, g’ayrat, riyozat, qanoat,shijoat, ilm, sabr, hilm, intizom, miqyosi nafs, vijdon, vatanni suymak, haqqoniyat, nazari ibrat, iffat, hayo, idrok va zako, hifzi lison, iqtisod, viqor,xavf va rajo, itoat, haqshunoslik, xayrixohlik, munislik, sadoqat, muhabbat va afvdur.
Yaxshi xulqlardan biri bu vatanni sevish va ardoqlash hisoblanadi.
Vatan. Har bir kishining tug’ulub o’skan shahar va mamlakatini shul kishining vatani deyilur. Har kim tug’ulgan, o’sgan yerini jonidan ortiq suyar. Hatto bu vatan hissi-tuyg’usi hayvonlarda ham bor. Agar bir hayvon o’z vatanidan – uyuridan ayrilsa, o’z yeridagi kabi rohat-rohat yashamas, maishati talx bo’lub, har vaqt dilining bir go’shasida o’z vatanining muhabbati turar.
Abdulla Avloniyning Turkiy guliston asarida asosa tarbiya va xulq atvor xaqida bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldim xulosa qilib shuni aytish mumkinki yaxshi xulqlar ko’p shu bilan birga yomon xulq xam bu xulqlarni insonnning tarbiyasi va muhit belgilab beradi . Yoshlarni esa yoshligidan yaxshi xulq bilan tarbiya qilish vaulargato’gri namuna bo’lish ota-onalar va o’qituvchi murabbiylarni vazifasi va maqsadi bo’lishi zarur . Bu asardan o’zimga yetarlicha xulosa chiqarib oldim.

Foydalanilgan adabiyotlar
1.Begali Qosimov. Adabiyot, darslik, T. 2004. 

2. Abdulla Avloniyning «Turkiy Guliston yoxud axloq»


3. Jiqan Uquyuji. “Ichimizdagi Mavlono”, T. 2011. 
4. A. Avloniy
5. “Jumaboyev M. O’zbek bolalar adabiyoti. –T.: O’qituvchi, 2002, -290 bet.
6. Jumaboyev M Bolalar adabiyoti. –T.: O’qituvchi, 2011-B. 260.
7. Zubareva Y.Y. i dr. Detskaya literatura: Uchebnik G`Y.Y. Zubareva, V.K. Sigov,
Internet saytlari:
1. www.lex.uz
2. www.ziyo.uz
3. www.mf.uz
4. www.gov.uz
5. www.stat.uz
6. www.bearingpoint.uz



Download 101.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling