O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirlgi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali


Download 0.77 Mb.
bet4/7
Sana17.06.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1537497
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
” kafedrasi fanidan

Ekskavator kinematik sxemasi
Kanatli kuch berish mexanizmida lebedka platformaning old qismida joylashadi. Kuch beruvchi 1 va qaytaruvchi kanat 2 lar 3 va 4 barabanlardan chiqib strelada joylashgan 5 va 6 bloklarni aylanib o’tadi va rukoyatda joylashgan oldingi va orqa yarim bloklarga boradi. Barabanlar 3 va 4 aylanganda rukoyatning o’q yo’nalishidagi siljishi sodir bo’ladi. Kanatli kuch berish mexanizmining tuzilishi juda sodda bo’lib yuqori sifatli kanatlar ishlatilsa ishonchli ishlaydi, texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash qiyin emas. Mexanizmni to’xtash.
yuklanishlaridan va zarblaridan himoya qilish uchun dvigatel 10 va reduktor 11 oralig’iga chegaraviy moment muftasi 9 o’rnatiladi.
Yechiluvchi baraban 3 kanatlarning tarangligini moslashtiruvchi qurilma 12 ga ega. EKG-10 ekskavatorida lebedka ikkita elektrodvigatel yordamida ishga tushiriladi. Reduktor 11 gorizontal o’rnatilgan bo’lib uch pog’onali silindrik tishli uzatmalarga ega. Tishli uzatmalar va podshipniklar reduktor korpusiga joylashtirilgan moy vannasidan sochish bilan moylanadi. Buning uchun reduktor yetaklovchi o’qiga ikkita sochuvchi moslama o’rnatilgan.
Podshipniklar va birikmalarning sovuq haroratlarda yaxshi ishlashlari uchun reduktorda moyni qizdirish ko’zda tutilgan. Kuch beruvchi lebedkani ishlash vaqtida tormozlash ‘rotivotok bilan, halokatli tormozlashda elektromagnit diskli tizim ishlatiladi. Bu tormozlash turi stoyanka tormozi vazifasini ham bajaradi. Rukoyat siljishini chegaralash uchun oxirgi o’chirgich ishlatiladi.

Rukoyatni harakatlantiruvchi kuch beruvchi mexanizmning kanatli – polispast tizimi sxemasi (EKG-10): a - kanatlarning o’ralish sxemasi; b - lebedkaning kinematik sxemasi.


Ushbu kuch beruvchi lebedka kinematik sxemasi va kanatlarning o’ralish sxemasi Ijorskiy zavodida ishlab chiqariladigan ekskavatorlarning barcha modellarida qo’llaniladi.
Egarli uzel (7-rasm) streladagi ishqalanish podshipniklariga o’rnatilgan kuch berish vali 1 ga joylashtirilgan. Egarli podshipnikning korpusi 6 po’latdan quyilgan. Uning o’qiga rolik 8 lar o’rnatilgan. Bu roliklar rukoyatdan tushadigan yon kuchlanishlarni qabul qilishga xizmat qiladi. Rukoyat ish vaqtida kuch berish o’qida joylashgan egarli rolik 9 ustida harakatlanadi. Kuch beruvchi va qaytaruvchi kanatlar uchun mo’ljallangan ikki yo’lakli blok 4 lar kuch beruvchi valga ishqalanish podshipniklari orqali o’tirgan strelaning yuqorigi qismi pastki qismi bilan valik 2 lar yordamida bog’langan. Kuch beruvchi o’q ko’ndalang yo’nalishda xomut 10 bilan to’xtatilgan.

7-rasm. EKG – 10 ekskavatorining egarli uzeli.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling