O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirlgi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali


Ekskavatorlarning elektr uskunalarini va unda elektr energiyasining taqsimlanishini o’rganinsh


Download 0.77 Mb.
bet5/7
Sana17.06.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1537497
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
” kafedrasi fanidan

Ekskavatorlarning elektr uskunalarini va unda elektr energiyasining taqsimlanishini o’rganinsh.

Ochiq kon ishlab chiqarishida almashtiriladigan jihozlari bilan farqlanadigan ikki turdagi bir kovshli ekskavatorlar asosan ishlaydi, bu to’g’ri kurakli (mexlopata) karyer gusenitsali EKG, EVG va EG ekskavatorlari, hamda qadam tashlab yuradigan ESh turdagi draglaynlardir. Bir kovshli ekskavatorlar juda ko’p elektr quvvatini sarf qilishadi.


O’rnatilgan elektr dvigatellari soniga nisbatan ekskavatorlar bitta ko’p dvigatelli ekskavatorlarga bo’linadi.
Bir dvigatelli ekskavatorlarning bosh ishchi mexanizmlari turli xil uzatmalar yordamida ishga tushiriladi. Ko’p yuritmali ekskavatorlar asosiy dvigateli 140 kVt quvvatli 380 Volt bo’lib, unda boshqaruv va himoya moslamalari bor. Bir dvigatelli ekskavatorlarning elektr uskunalari va elektr sxemalari bir biridan ko’p farq qilmaydi. Boshqaruv va himoya qurilmalari sifatida stansiya va pultarda joylashtiriladigan paketli va havoli o’chirgichlar, kontaktorlar, magnit puskatellar, vaqt relelari, pusk va o’zgaruvchi rezistorlar, yarim o’tkazgich tokni muntazamlovchi va boshqalar ishlatiladi.
Ish samaradorligi katta bo’lgan bir kovshli ko’p dvigatelli ekskavatorlarda har bir asosiy ishchi mexanizmga muntazam tokga ishlaydigan alohida qo’shib beruvchi moslamali dvigatel o’rnatiladi.Bu dvigatellarni elektr bilan taminlash uchun individual yoki umumiy elektr mashinali yoki statsionar tokni doimiyga (muntazamga) o’zgartiradigan o’zgartirvchi (DTP) qo’llaniladi.
Normal ekspluatasiya sharoitida ekskavatorlarning elektr tarmog’iga ulanadigan dvigatellari karyerga tok beradigan elektr tarmog’iga dvigatel qo’shilganda va o’z-o’zidan qo’shilganda kuchlanishning nominal ko’rsatgichlaridan og’ishiga tasir qiladi (ayniqsa dvigatel quvvati 1000 kVt dan yuqori bo’lganda), va kuchlanishnig simmetriyasi buzilishiga olib kelishi mumkin. Kuchlanishning sifatiga tasiridan tashqari, dvigatel qo’shilganda va o’z-o’zidan qo’shilganda tokning keskin ortib so’ng nominal miqdorga qaytishi rele himoyasi sozlashda va ishlashida murakkabliklarga olib keladi.
Quvvati katta bo’lgan elektr tarmog’iga ulanadigan ekskavator dvigatellari avariya rejimlarida elektr tarmog’iga tasiri katta bo’lib (tarmoq tokdan ajratilganidan so’ng dvigatel generator rejimoda ishlab tamoqga bir muddat tok berib turadi), qayta qo’shish apparati QQA ishlashi ishonchliligini kamaytiradi.
Nisbatan kuchsiz karyer elektr tarmoqlari sharoitida, ulardan elektr olayotgan quvvati katta bo’lgan ekskavatorlar o’zgarmas tokni karyerga chuqur olib kirganda quvvat koeffitsientini oshirish va sozlanadigan tiristorlarning boshqa elektr uskunalarga salbiy tasirini kamaytirish asosiy ko’rib chiqilishi lozim bo’lgan muammolardir. Tiristorli o’zgartirvchi zararini qoplash uchun va kuchlanish sifatini oshirish uchun (quvvat koeffitsienti oshishi va garmonikalar darajasini pasayishi) ekskavatorlarda filtrlab-qoniqtiruvchi moslamalar qollaniladi, bu esa eskavator elektr apparatlari tarkibi va xarakterini o’zgartiradi.
Ekskavatorda elektr quvvatini taqsimlanishi sxemasi 1-rasmda keltirilgan. Bu yerda ekskavatorga tok quyidagicha kirib keladi: havo yoki kabel tarmog’idan tashqi taqsimlovchi uskunaga TTU (qo’shib beruvchi punkt QP), undan yerga ulovchi simli egiluvchan kabel KEE (KGE) orqali kiritib beruvchi qutiga KQ (KU) shtepselli razyomlar bilan ulanadi (1-rasm, a). Kiritib beruvchi quti ekskavator qo’zg’almas ramasinig bir bo’limida o’rnatiladi.
Ekskavatorlarda osma kabelli barabanlar (1-rasm, g) kiritib beruvchi quti o’rniga ham o’rnatiladi. Kuchlanishni ekskavator qo’zg’almas platformasidan buriladigan platformasiga uzatish uchun uning markaziy sapfasida KU dan yuqori kuchlanishli yoki qo’shma (yuqori va quyi kuchlanishli) halqali tok qabul qiluvchi moslamaga kabel o’tkazilgan va ulangan bo’lib, moslamaning o’zi buriladigan platforma ramasiga mustahkamlangan. Tok qabul qiluvchidan kuchlanish buriladigan platform ichida o’rnatilgan komplekt yuqori kuchlanishli taqsimlovchi uskunaga YTU (ВРУ) uzatiladi. Komplekt YTU da umumiy uch qutbli ajratgichdan QS so’ng kuchlanish ikki yo’nalishga taqsimlanadi:

  1. Quvurli saqlagichlardan F o’tib o’z ehtiyojlari kuch transformatoriga (1-rasm, a) boradi, transformator esa yordamchi mexanizm va moslamalarga kuchlanish uzatadi.

  2. O’chirgich (moyli yoki vakuumli) Q orqali asosiy o’zgartirvchi agregatning tarmoq yuritma (asinxron yoki sinxron) elektr dvigateliga YD (M) yoki asosiy tarmoq transformatori va kuch tiristorli o’zgartirvchi TrTP (1-rasm, b) kuchlanish uzatiladi.

Tarmoq elektr dvigateli tok generatorini harakatga keltiradi, undan esa (yoki tiristorli o’zgartirvchi) kuchlanish asosiy mexanizmlarni ishlatadigan doimiy tok dvigatellari kuchlanish qabul qilishadi.
Qadam tashlab yuradigan katta ekskavatorlarning buriladigan platformasida ikkita va undan ortiq YTU (1-rasm, v) o’rnatilishi mumkun: YTU1(ВРУ1) – qadam tshlab yurish dvigatellarini boshqarish va o’z ehtiyojlari kuch transformatori TrTP1 uchun; YTU2 (ВРУ2)– preobrazovatel agregatining sinxron dvigatelini boshqarish va ikkinchi (zaxira) o’z ehtiyojlari kuch transformatori TrTP2 uchun (bu transformatorlarning parallel ishlashiga yo’l qo’yilmaydi). Misol uchun, ekskavator EVG-35/65M da sakkiz nafar YTU joylshgan bo’lib, ular o’z ehtiyojlari kuch transformatorlariga va uch nafar o’zgartirvchi agregatining sinxron dvigatellariga kuchlanishni uzatib beradi.
Ekskavatorlarda kabelbi o’rab va yoyib berish uchun o’rnatilgan osma kabel barabanli bo’lsa ularning kuchlanish uzatish sxemasi bir muncha farq qiladi. Bunday ekskavatorlarda ikkita halqali yuqori kuchlanish tok qabul qiluvchilari o’rnatiladi (kabel barabani va buriladigan platforma halqali yuqori kuchlanish tok qabul qiluvchilari). Kabel QP dan (1-rasm, a) kabel barabaning gorizontal halqali tok qabul qilgichiga ulanadi TK2 (1-rasm, a), u esa ekskavatorning qo’zg’almas ramasiga qotirilgan. Tok qabul qiluvchidan TK2 kuchlansh to’g’ri, kabel yordamida, yoki YTU orqali buriladigan platformaning yuqori kuchlanish (yoki umumiy) halqali tok qabul qiluvchiga TK1 (1-rasm, a) uzatiladi.
Eng katta katta ekskavatorlarda, kabell uchun barabanli, quyi (qo’zg’almas) ramasining elektr uskunalariga kuchlanish uzatish uchun mo’ljallangan, quyi ramaga o’rnatilgan tashqi YTUT bor (1-rasm, d). Bunday holarda kuchlanish kabel barabaning tok qabul qiluvchisidan YTUT ning ajratgichiga QS kelib, quyi ramaning yordanchi moslamarni taminlaydigan o’z ehtiyojlari kuch transformatori TrO'E, yuritish transformatori TrY, hamda ichki YTU ga ulab beredigan tok qabul qiluvchiga TK1 uzatiladi (1-rasm, a).
Ko’p dvigatellari bo’lgan yuritmali ekskavatorlarda deyarli barcha elektr uskunalari buriladigan platformada joylashtiriladi. Ekskavatorning quyi platforma ramasida yurish yuritmalari dvigatellari, elektr magnit va kiritib beruvchi quti joylashadi. Kuzov va strelada oxirgi o’chirgichlar, projektorlar, kuzov ventilyatorlari va yordamchi g’altak o’rnatiladi.
Karyerda ishlaydigan kovshi hajmi katta bo’lgan gidravlik ekskavatorlarining (EG-12, EG-20 va boshqalar) strelasi yuritmasi, kovsh va kafti mustaqil gidravlik yurilma bilan hamda burilish va yurish esa elektr yurilmalar bilan taminlangan. Ekskavatorlarning gidro-yuritmasi uchun dvigatel quvvati 630 kVt bo’lgan tabiiy aksial-porshenli sozlanadigan yuritma nasoslari o’rnatiladi.Ekskavatorga elektr tarmog’idan uzatilgan kuchlanish – 6 kV.Ekskavatorda komplekt taqsimlovchi uskuna KTUE-6kV, tranformatorlar boshqaruv stansiyalari o’rnatiladi.Ekskavatorning kabellerini deyarli barchasi kuzov tomi osti bilan o’rnatib chiqilgan bo’lib, ularni moydan to’yinishini oldini oladi.
Ekskavatorlarning elektr uskunalarini ularning funksional va tarkibli xususiyatlariga kora to’rt turga ajratish mumkun:

  1. Ekskavatorda kuchlatishni qabul qilib taqsimlaydigan;

  2. Asosiy mexanizmlarning yuritmalari;

  3. Yordamchi mexanizmlarning yuritmalari;

  4. Yordamchi elektr skunalar.

Ekskavatorning bir tarmoqli to’liqroq ko’rsatilgan elektr sxemasi 3-rasmda korsatilgan.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling