O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi ipak yo‘li innovatsiyalar universiteti


Download 42.46 Kb.
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi42.46 Kb.
#1548461
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Шакури


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

IPAK YO‘LI INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

_____________________________________________________” fanidan



KURS ISHI


MAVZU: Abduqodir Shakuriy va uning pedagogik g’oyalari..

Ta’lim yo‘nalishi____________________


______________________ gurux talabasi
Bajardi:___________________________
Qabul qildi:________________________


Olmaliq-2023 yil


Mavzu: Abduqodir Shakuriy va uning pedagogik g’oyalari.

Reja

Kirish
Asosiy qism

I.Abduqodir Shakuriyning hayoti va ijodi 
1.Shakuriyning hayot yo’li
2.Ta'lim faoliyati 

II.Ta’lim va maorif sohasidagi islohotlar
Shakuriy jadidchilik harakati faoli
Shakuriyning pedagogik islohotlari

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish

Abdukodir Shakuriy 1879-yilda Samarqandning Rajabamin qishlogʻida bogʻbon oilasida tugʻildi. Abduqodir Shakuriy (1875-1943) ham shunday ma’rifatparvarlar-dan biri edi. U Samarqandning Rajabamin qishlog`ida bog`bon oilasida tug`iladi. Eski maktab so`ngra Samarqandda madrasada o`qiydi. U «Tarjimon» gazetasidan ko`p narsalarni o`rganadi. 1901 yilda o`z qishlog`ida yangi usuldagi maktab tashkil qiladi. Doska va partalar yasattiradi. Tatar tilidagi darsliklardan foydalaniladi.


Chor hukumati bunday maktablar ochilishiga qarshi edi, ularni qattiq nazorat qilardi.
Bu maktab bolalarni 6 oyda savodli qilib chiqarardi. Bunga eski maktab domlalari, mulla, eshonlar ham qarshilik qiladilar.
Shakuriy yilda bir marta umumiy imtixon uyushtirib, ota-onalar oldida o`quvchilar bilimini namoyish qildirar edi.
Shakuriy ona tilida darsliklar zarurligini tushunib, bolaning yoshiga mos tarzda, axloq-odob, turmush qoidalaridan dastlabki ma’lumot berishni ko`zda tutuvchi darslik tuzishga kirishadi. Birinchi alifbe kitobi «Raxnomai savod» (Savod chiqarish rahbari)ni yaratadi. Kitobda so`zlar bo`g`inlarga bo`lib ko`rsatilgan, oxirida o`qish uchun kichik xrestomatiya berilgan. U o`z pedagogik faoliyatida «harf-tovush» metodi (har tovushni alohida harf bilan yozish) qulay va osonligini aniqlaydi. 1913 yili uning rahbarligida shogirdi I.Raxmatillayev tovush-harf metodi asosida yangi alifbe tuzadi. U arab alifbosi bilan tojik tilida yozilgan bo`lib, ko`p yillar qo`llanib kelinadi. Kitobning kirishida tez savod chiqarishga oid maslahat berilgan. Alifbe 46 betdan iborat bo`lib, 90 ta dars uchun mo`ljallangan edi.
1907 yili Shakuriyning 2-kitobi «Jameul hikoyat» (Hikoyalar to`plami) yoziladi. U boshlang`ich sinf 2-sinfi uchun xrestomatiya tarzida bo`ladi.
Shakuriy 1923 yili «Pravda» gazetasi e’lon qilgan «Eng yaxshi o`qituvchi» konkursining g`olibi deb topiladi.
Shakuriy eski usuldagi maktabni tamomlaganidan keyin Samarqand shaxridagi madrasaga oʻqishga kirdi. Shakuriy oʻzbek va tojik tillarida yozgan tarjimai hollarida rus gimnaziyasiga borib, uning ichki tartib koridalari va oʻpish usullari bilan tanishligini qayd qiladi. Shundan yosh muallimda oʻz xalzqiningg bolalari uchun ham shu tartibda maktab tashkil qilish orzusi paydo buladi.
Shakuriy dustlari yordamida Qoʻqon shahriga boradi va u yerda oʻn kun davomida yangi maktabdagi oʻqish-oʻqitish usullari bilan tanishadi Samarqandga qaytib kelgach, bu yangi usullarni oʻzi ochgan maktabda qoʻllay boshlaydi.
U dastlab maktabda oʻquv jixozlarini oʻzgartiradi. U ustalarga parta va doskalar buyuradi. Shu asosda birinchi marta oʻz qishlogi Rajabaminda 1901-yilning kuzida yangi usuldagi maktab tashkil qiladi. U davrlarda darslik va qoʻllanmalar boʻlmaganligi sababli Shakuriy harflarii doskaga yozib qoʻyar, oʻquvchilar esa shuni oʻz daftarlariga koʻchirib olardilar. Shuningdek, u qisman tatar tilida yozilgan kitoblardan xam foydalanar edi.

Download 42.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling