O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi ipak yo‘li innovatsiyalar universiteti
Shakuriyning pedagogik islohotlari
Download 42.46 Kb.
|
Шакури
1.Shakuriyning pedagogik islohotlari
Shakuriy oʻz xotiralarida tatar pedagogi Abdulkodiy Maqsudining “Muallimi”, “Muallimi soniy” kabi darsliklaridan oʻz vaqtida foydalanganligini koʻp martaba eslaydi. Chor xukumatini maxalliy amaldorlari bu maktabini ochilishiga rasmanqarshi bulib, uning oʻkuv dasturini qattiq nazorat qilardilar. Ular maktabda oʻtiladigan diniy darsliklarga hech qanday toʻsqinlik qilmas ammo dunyoviy fanlarni oʻqitilishidan tashvishlanar edilar. Shogirdlarining aytishicha, Shakuriy qiyinchiliklar bilan qoʻlga kiritgan yagona yagona globusni faqat maxsus vaqtda sinfga olib kirar va boshqa vaqtda esa yashirib qoʻyar ekan. Shakuriy maktabida tojik va oʻzbek bolalari birga oʻqitilar edi. Bu yerda tojik tili asosiy til hisoblanar, bolaning savodi chiqqach, oʻzbek va tojik tillarida yozilgan kitoblar oʻqitilar edi. Shu bilan bir qatorda, oʻkuvchilarni ozarbayjon va tatar adabiyoti namunalari bilan tanishtirish maqsadida shu tillarda yozilgan ayrim parchalar ham oʻkilar edi. Shakuriyning tarjimai holida aytilishicha, bu maktabning toʻliq dasturi bulgan. U vaqtlarda maktablarda Qurʼoni Karim oʻqitilar va yodlatilar Shuning uchun yangi usul maktabdlarida xam diniy kitoblar oʻqitilar edi.Chunki xech bir ota ona quron oʻqitilmaydigan maktabga farzandini berms ediShuning uchun maktablarda “Haftiyak” xam asosiy oʻqish kitoblaridan biri hisoblanar edi. Tatar pedagogi Maqsudiy oʻz maktabi uchun darsliklar tuzganda, arab tili qoidalari va alfavitini oʻqitishka aloxida eʼtibor bergan. Shakuriy ham oʻz maktabida bunga rioya qilgandi. Oʻqitishdagi bu usul maktablardagi oʻqitish usullariga qaragani savod chiqarishni ancha yengillashtirar edi. Shakuriy uz ukuvchilar uchun bir yilda bir marta imtixon uyushtirar Imtixonda ota-onalar oldida oʻquvchilar bilimining natijalari namoyish qildirar edi, ota-onalar ota onalar esa oʻz bolalarining qisqa muddat ichida xat-savodli xisob, geografiya va tibbiyotdan maʼlumotga ega boʻlganini koʻrib hayratlanardilar. Shakuriy maktabining shuhrati keng tarqala boshladi. Urta Osiyodagi boshqa maʼrifatparvar kishilarning diqqatini jalb etdi. Jumladan, Uzbek adabiyotining asoschisi, buyuk shoir, dramaturg v pedagog Hamza Hakimzoda Niyoziy Shakuriy ochgan maktab bilan juda xorlikdan. U 1909-yilda Shakuriy ochgan maktabini koʻrish va imtixonlarida qatnashish uchun Samarqandga keladi. Bu maktabdagi oʻqish va oʻqitish tartibi va imtixoni natijalari Xamzaa yaxshi taasirot qoldiradi. Hamza va Shakuriy doʻstlashib, koʻp yillar xat yozishib turdilar. Shuni qayd qilish kerakki, Shakuriy faqat oʻqituvchilik qilish bilangina cheklanib qolmagan, u oʻz maktabi uchun darsliklar yozib, ularni uz mablaglari hisobiga nashr qildirgan. Chunki, tojik va uzbek bolalarni tatar tilida yozilgan darsliklar bilan ukitish katta qiyinchiliklar tugdirar, bu darsliklar, bolalar uchun uncha tushunarli emas edi. Shuning uchun, u oʻquvchilarga ularning ona tilida darsliklar yaratish zarur, deb xisoblardi. Shunday bir sharoitda Shakuriy bolalarning oʻz ona tilida kitoblari, darsliklar yaratish zaruriyatini yaxshi tushunadi. U bolaning xususiyatiga muvofiq tarzda axloq, odob va turmush qoidalaridan dastlabki malumot berishni koʻzda tutib, ana shunday darsliklar tuzishga kirishadi. Birinchi navbatda, Alifbeni Shakurining uzi tuzdi. “Rahnamon savod («Savod chiqarish rahbariyati”), deb atalgan bu kitob yaxshi kogozda nastaʼliq xati bilan yozilgan edi. Shakuriyning shogirdi, yozuvchi Rahim Hoshimnin aytishiga qaraganda, bu kitobda soʻzlar boʻgʻinlarga ajratib koʻrsatilgan, kitob oxirida ukish uchun kichik-kichik material berilgan boʻlgan. Shakuriy kup yillik pedagog faoliyati natijasida bolalarni oʻqitishda tovush- xarf» metodi (har bir tovushni aloxida harf bilan yozish)ning qulay va oson janligini aniqladi va 1913-yilda uning rahbarligida oʻz shogirdlaridan Samarqandning mashhur pedagoglaridan biri. Ismatulla Rahmatullayev tovush-xarf usuli asosida yangi alifbe tuzdi. Bu kitob Toshkent shaxrida nashr qilindi. Bu kitob arab harfida tojik tilida yozilgan bulib, u kup Yillar davomida savod chiqarishda eng yaxshi oʻquv qoʻllanmasi sifatida kullanib kelindi. Kitobning kirish qismida tez va osonlik bilan savd boʻlish masalasiga oid metoodik maslahatlar beriladi. “Alifbe taʼlimi” Ismatulla Rahmatullayevning 10-12 yillik ijodiy ishlari va uni ustozi Abduqodir Shakuriyning koʻp yillik amaliy faoliyatining natijasida yaratildi. Ular koʻp yillar davomida boshlangʻich taʼlimning turlicha metodlarini qoʻllash, oʻz tajribalari shuningdek yangi usulda oʻqish oʻqitish usullari va koʻpdan koʻp alifbe kitoblarini oʻrganish umumlashtirish asosida bu kitobni tuzdilar. Alifbe 46 betdan iborat boʻlib, taxminan 90 ta dars uchun moʻljallangan. Shakuriy tomonidan 1907-yilda yozilgan ikkinchi kitob “Jome” ul xikoyat» (“Hikoyalar toʻplami”)dir. U qayta tuzatilib, toʻldirilib, 1911-yilda ikkinchi marta nashr qilingan. Kitob boshlangich maktabning ikkinchi sinfi uchun xrestomatiyadir. Yetmish betli bu kitobning matni nafis kogozda anik, chiroyli xat bilan yozilgan. Birinchi qismiga tarbiyaviy ahamiyatga molik 48 ta kichik- kichik xikoyalar kiritilgan. Ikkinchi qismida mumtoz yozuvchilarning asarlari va tarjimalaridan olingan 15 ta sheʼriy parcha berilgan. Kitobning taklif -tarbiyaviy ahamiyati shundan ibortki, undagi oʻkuv materiallarining hammasi bolalarda axlokiy sifatlarni shakllantirishga xizmat qiladi. Shakuriy tomonidan tuzilgan va nashr qilingan yana bir kitob “Zubdat ul ashʼor” tuplami bulib, unda koʻp shoirlarning sheʼrlari berilgan. Kitobdagi yangi usul maktabiga atab yozilgan tojik tilidagi sheʼrda. shunday deyiladi: Ey muzalim, maktabing tarakkiyot topib, sernur boʻlsin, yaxshi noming to abad, dunyoda mashhur boʻlsin. Gʻayrat qil, toki biz olimu dono bulaylik, axir, bir savtiya usulining sevguchilarimiz, tarbiyat kil, har kishining xotirini shod qil. Har fandan bizga oʻrgat, biz baxramand boʻlib nodonlikni nari quvaylik. Garchi nodon kishilar senga tana-haqorat etsalar ham gʻam yema. Albatta, dushmanlar sharmsor boʻlurlar! Usha davrdagi xazinchilik va tusqinliklarga qaramay, xalqning bu sodik dusti, maʼrifatparvar pedagog Shakuriy butun kuch-quvvatini yangi usuldagi maktab tashkil qilishga sarf kildi, katta gayrat, zoʻr havas bilan gusul asosida oʻqish-oʻrgatish tartiblarini oʻrgandi, savdoga oʻrgatishning eng oson va qulay usullarini tanlab oldi. Yangi usul maktablari uchun darslik va qoʻllanmalar tuzib nashr qildirdi. Shakuriy dastlab qizlar uchun ham yangi usuldagi maktab tashkil qilib, unda uz rahbarligida xotini muallimalik qilar edi. Keyinchalik ugʻil bolalar guruxni birlashtirib dars oʻta boshlaydi. Abduqodir Shakuriy 1917-yil toʻntarishiga qadar ukituvchilik faoliyati bilan shugullandi. 1917-yilda Samarqand shahrini bir gurux ilgor kishilari A.Shakuriyning pedagogix faoliyatining 15 yilligini nishonladilar. 1921-yilda Samarqand shahridagi 13-maktabga mudir qilib tayinlandi. U bolalarni tarbiyalash, oʻqitishgakatta gayrat bilan kirishdi, Yillar davomida shu maktabning mudiri hamda ona tili va adabiyot ukituvchisi vazifalarida ishladi. Samarqand maktablariga Shakuriy birinchi bulib mexnat va musiqa darslarini kiritdi. U bolalarni qishloq xoʻjalik va bogʻdorchilik ishlari bilan tanishtirishdan tashqari, ularga muqovasozlik, duradgorlik va boshqa hunarlarni ham oʻrgatardi, bu mashgulotlar uchun alohida soatlar ajratgan edi 1923-yilning boshlarida “Pravda” gazetasi mamlakatimiz boʻyicha eng namunali ilgor maktab hamda mohir va tajribali oʻkituvchilar uchun tanlov elon qildi. 1923-yilning 8-iyulida gazetada shu tanlov natijalari elon qilinadi. Ana shu oʻkituvchilar tarkibida respublikadagi maktab Ukituvchilaridan A.Shakuriy bor edi. Boshqa ilgor Oʻqituvchilar qatorida uming nomi ham “Pravda” gazetasining kizil doskasiga kiritiladi hamda pul mukofoti topshiriladi va Shakuriy haqida bir yaxshi maqola eʼlon kilinadi. BUndan koʻrinadiki maʼrifatparvar pedagog Shakuriy yangi usuldagi maktablar tashkil qilishda, oʻqish-oʻqitishning yangi tartiblarini joriy etish va oʻkituvchilarning katta guruhini tarbiyalab yetishtirishda xizmatlari juda katta boʻlgan va gazeta redaksiyasi tomonidan yuqori baholangan. 1925-yilda A.Shakuriyning tashabbusi bilan qishloq aholisi uz mablaglari hisobiga turt sinfli maktab qurib ishga tushiradi. A. Shakuriy, S. Ayniy, M. Behbudiy, Hoji Muin va boshqa taraqqiyparvar pedagoglarning hamkorlikdagi faoliyat va ularning bu sohadagi muvaffaqiyatlari mutaassib ulamolarning hurujlarini, taxdidlarini yanada avjiga chiqardi. 1914-yil 3-yanvarda Ulugbek madrasasi jomeʼsida juma namozdan keyin 5-6 ming namozxon oldida muazzin Mulla Abbos “usuli jadid” maktabdorlarini kofirlikda aybladi: “Usuli jadid” maktabida bolalar dinsiz boʻlub yetishadurlar. Uning muallimi va homiylari ham dinnyu kofir kimsalardur. Mana shunday maktablarga har kim uz bolasini yuborsa, oʻzi kofir, xotini taloq!» Samarqandlik maorif va maʼrifat fidoiylarini butun Turkiston taraqqiyparvar ziyodilari matbuotda ximoya qilib chiqdi. “Usuli jadida maktablari faoliyatining taʼqib qiluvchi yanada Makkorraq, yanada xavfliroq kuch bor ediki, mahalliy mutaassiblar ular qoʻlida dastak edi, yaʼni jadid mutafakkirlariga qarshi kurashda ulardan ustomonlik bilan foydalanar edilar. Bunday kuchlar Rossiyaning Turkistondagi mustamlakachilik siyosatining ustunlari N. Ostroumov boshchiligidagi missionerlar edi. Ostroumov Samarqand maktablarini, jumladan, Shakuriy maktabini tekshirganda, Turkiyadan keltirilgan ukuv globus (kurrai arz), xaritalarni koʻrib, tepa sochi tika boʻldi, u butun maktabni, hatto oʻquvchilarning jildidagi kitob-daftarlarigacha Samarqand xalk maktablari inspektori Grachkin bilan tintuv qildi «Hukumat tomonidan ham bir toʻp monelar xam bor edi. Bu maktabning birinchi «muxibbi” maʼlum missiyoner Ostromov (Ostroumov demoqchi U. D.) edi. Ul gazetasida (“Turkiston viloyatining gazeti”ni koʻzda tutmokda U. D.) har nechada xoʻjalariga Shakuriy maktabnim eslatar edi. Chunki Ostrom Samarqandga kolganda, uni Turxindan kelgan xaritalar ortiq xur Missiyner (Grachkin) maktabning butun Ukish kitoblarini, hatto bolalarning jildlaridagi kitoblarini zabt etib, bir-bir qarab chiqdi. Xech boʻlmaganda, ularning tavsiyalari rus hukumatining bu maktabga yomon qarashiga majbur etar edi». Abdukodir Shakuriy faoliyati kurashlar jarayonida kamol topib borayotgan bir vaqtda Rusiya hukumati Turkiston oʻlkasi xalqlaridan mardikor olish haqida farmon eʼlon qildi. Mutaassib peshvolar ushbu farmondan foydalanib, Samarqandda faoliyat koʻrsatayotgan jadid pedagoglari, yozuvchilari doirlari Hoji Muin, Faxriddin Rajiy bilan birgalikda A. Shakuriyki ham mardikorlikka joʻnattirdi. U Minsk guberniyasi oʻrmonlarida daraxt kesish, xandaq qazish ishlari bilan mashgʻul buladi. U fevral inqilobi tufayli 1917-yil may oyida vataniga qaytadi va Uzi sevgan pedagoglik faoliyatini davom ettiradi. Abdukodir Shakuriy Samarqand viloyatida birinchilar qatorida qiz bolalar uchun ham “usuli jadid” maktab ochdi, unda xotini Mujsara muallimalik kildi. U oʻz maktabiga rus tilini aloxida oʻquv predmeti sifatida dars jadvaliga kiritdi va bu fandan Saidaxmad Siddikiy dars berdi. Umuman, u Shakuriy uchun eng yaqin maslakdosh va maslaxatdosh edi. Xulosa Shakuriy shurolar davrida ham pedagogik faoliyatini davom ettirdi. 1918-yildan 1925-yilga qadar oʻzi tashkil qilgan 11- za 41- maktablarda direktor, ona tili va adabiyot Ukituvchisi sifatida faoliyat kursatdi, oʻnlab ukituvchilarni tarbiyaladi. 1923-yilda “Pravda” gazetasi sobiq ittifoq buyicha eng tajribali, eng ilgor Ukituvchi uchun (konkurs) elon kildi va 27 golib oʻqituvchilarining ismi-shariflari ushbu gazetani 1923-yilgi sonida elon qilindi. Ular orasida A. Shakuriy ham bulib, “Shahuri. Zaveduyuщiy 13-y shkolu v Samarkande” nomli kichik maqola ham bosilgandi. Darhaqiqat, uning pedagoglik faoliyati har qanday tahsinga loyiq edi. Ammo A. Shakuriy mashʼum 37- yilgacha ham oʻqituvchilik qila olgan emas. 1920-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab uz mavqeini mustahkamlab olgan shoʻrolar ziyolilarni taʼqib qilish, ularni maʼnan va jisman sindirish, zoʻravonlik kuliga utdi. Kechagina ittifoqning eng ilgor eng tajribali muallimi deb eʼtirof etilgan Shakuriyni 1925-yildan eʼtiboran uzi sevgan, hatto xayotini baxshida etgan, millat farzandlarini maʼrifatli qilish ishidan maxrum etdilar, u tashkil qilgan maktabni yopdilar. 1925-yildan boshlab to qatagonga qadar bogbonlik bilan mashgʻul boʻldi. A. Shakuriy 1937-yil 5-avgustda aksilinqilobiy millatchilik “Milliy Ittihod tashkilotining aʼzosi, antisovet targʻibotchisi sifatida kichik leytenantlar Xotyakov hamda Afanasyevlar imzosi bilan qamoqqa olinadi va 1937-yil 21-noyabrida NKVDning «uchlik” komissiyasi qaroriga binoan un yil ozodlikdan maxrum etiladi. Bu vaqtda u 62 yoshda edi. Abduqodir Shakuriy 1943-yilda Stalin qatagʻonining qurboni buldi. Atoqli pedagog Abduqodir Shakuriy 1956-yilda mutlaqo aybsiz sifatida oqlandi. Samarqand hududida yetishib chiqqan Vadud Mahmud. Ismatullo Raxmatullayev kabi koʻzga koʻringan oʻnlab olim shogirdlaridir. Download 42.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling