O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti geografiya kafedrasi


Download 0.59 Mb.
bet3/14
Sana18.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1556249
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Kurs ishi shoira new

Tashqi savdo — bir mamlakatning boshqa mamlakat yoki mamlakatlar bilan olib boradigan savdosi. Mamlakatdan tovarlar chiqarish (eksport) va mamlakatga tovarlar kiritish importdan tashkil topadi. Eksport va import yigʻindisi mamlakatning Tashqi savdo aylanmasini tashkil etadi. Mamlakatlar oʻrtasida savdosotiqni rivojlanishi ikki tomonlama foyda olish imkonini beradi. Tashqi savdo mamlakatlararo iktisodiy munosabatlarning eng oddiy va eng kadimiy shaklidir. Misr, Yunoniston va Rim quldorlik tuzumi davridayoq boshqa mamlakatlar bilan ikki tomonlama savdo sotiq munosabatlarini amalga oshirgan. Insoniyat tarixida birinchi marta Sharq va Gʻarb dunyosini bir-biri bilan bogʻlagan Buyuk Ipak yoʻli qit’alararo savdoni yoʻlga qoʻydi. Bu yoʻl hozirgi Oʻzbekiston hududida joylashgan shaharlarda savdo sotiqning keng quloch yoyishiga olib kelgan edi. Tashqi savdoning rivojlanishiga Buyuk geografik kashfiyotlaraan soʻng yangi dengiz yoʻllarining ochilishi kuchli turtki boʻldi. Ayniqsa, sanoat, mashinalashgan ishlab chiqarish xalqaro xoʻjalik aloqalarini yanada rivojlantirib yubordi. Yangi tarmoqlar, ishlab chiqarish turlarining paydo boʻlishi, mehnat unumdorligining oshishi ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ichki isteʼmoldan tashqari qismini chet ellarga chiqarish va sotish imkonini berdi. Ayni paytda ko’pchilik mamlakatlarda xom ashyo resurslariga ehtiyoj keskin oshdi. Natijada tashqi oldi sotdi harakatlarini amalga oshirishni uyg’unlashtiradigan xalqaro bozor qaror topdi. Tashqi savdoning rivojlanishi asosida xalqaro mehnat taqsimoti va D. Rikardo asoslab bergan qiyosiy ustunlik qoidasi yotadi.
Bu qoidaga koʻra alohida sharoitlarning mavjudligi, xususan, qulay geografik joylashuv, noyob tabiiy resurslar ayrim mamlakatlarga tovar va xizmatlarning ayrim turlarini ichida muayyan ustunliklar beradi. Mamlakat oʻzining qiyosiy ustunligidan foydalanib ayrim tovar turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashadi, mahsulotlarini boshqa mamlakatlarga ham sotish maqsadida katta miqdorda va yuqori sifatda ishlab chiqarishga xarakat qiladi. Bunday tovar va xizmatlarni o’zlarida ishlab chiqarmaydigan boshqa mamlakatlar, ishlab chiqarganda ham ularga ketadigan sarf-xarajatlarning nisbatan yuqoriligini hisobga olib, tashqaridan tovar va xizmatlarni kiritish yoʻlini tutadilar.2
Sivilizatsiyaning rivojlanishi alohida olingan davlatlarni xalqaro xo'jalik aloqalariga muntazam ravishda jalb etishga olib keladi,bu esa yagona jahon iqtisodiyotini barpo etishga imkon yaratadi. Dunyodagi barcha mamlakatlar umumiy iqtisodiy qonunlarga ko'ra rivojlanadi, ya'ni ular xalqaro munosabatlar iqtisodiy xarakterining ustuvor bo'lishini shartlaydi.
Ehtiyojlarning doimo murakkablashib boradigan tarkibi, resurslaring juda kamligi va olisdaligi nafaqat alohida davlat ichidagi hududlar, balki turli davlatlar va jahon mintaqalari o'rtasida ham yanada samaraliroq ayirboshlash vositalarini talab etadi.O'zbekistonda ko'plab korxona va birlashmalar, korporatsiya- kompaniyalar, firma va boshqa tashkilotlar xorijlik sheriklar bilan tashqi savdo aloqalarini muvaffaqiyatli rivojlantirmoqda,xorijlik investorlar ishtirokida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirmoqda, xalqaro ishlab chiqarish hamkorligini kengaytirmoqda va chuqurlashtirmoqda. Tashqi iqtisodiy aloqalaring ushbu shakllari milliy iqtisodiyotni rivojlantirishga ta'sir ko'rsatadi. Ana shu ta'sir natijalarining tahlili va xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etishini hisobga olgan holda iqtisodiyotni rivojlantirish istiqbollarini belgilash tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi iqtisodiy faoliyat tushunchalarining mazmuni to'g'risida aniq tasavvurga asoslanishi kerak.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling