O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti geografiya kafedrasi


Osiyo mamlaktlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalar tahlili


Download 0.59 Mb.
bet10/14
Sana18.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1556249
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Kurs ishi shoira new

3.Osiyo mamlaktlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalar tahlili
O’zbekiston Respublikasi Osiyo mamlakatlari bilan olib boradigan tashqi iqtisodiy aloqalari,Osiyo mintaqasidagi mamlakatlari bilan o’rtacha savdo,transport va transit sohasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan aloqalarga ega.Bu aloqalar quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1.Savdo eksport-import sohasida:O’zbekiston Osiyo mintaqasidagi mamlakatlar bilan savdo va eksport-importni rivojlantirishda hamkorlikni o’z ichiga oladi.Bu aloqalar orqali o’zbek tovarlarining Osiyo mamlakatlari bilan eksportini oshirish,shuningdek,Osiyo mamlakatlari tovarlarini O’zbekistonga eksport qilishni oshirish,import va eksport ta’riflarini belgilash,hamkorlikning doimiy taraqqiyotini ta’minlashda yordam beradi.
2.Transport va tranzit:O’zbekiston Respublikasi Osiyo mintaqasida strategik o’rindagi geografik joylashuvga ega bo’lib,transport va transit sohasida hamkorlikni rivojlantirishda katta potensialga ega.Bu aloqalar orqali transport vositalarining o’zbek va Osiyo mamlakatlari orasidagi yo’lovchilikni oshirish,transport infrastruktirini rivojlantirish,tashqi iqtisodiy zonalar,boshqaruv tarkibidagi yo’lovchilik yoki tranzitlar sohasida hamkorlikda ishtirok etish,yana hamda loyihalarni birlashtirishda yordam beradi.

Birgina Xitoy Xalq Respublikasi va Turkiya davlati bilan olib borayotgan tashqi iqtisodiy aloqalariga to’xtalsak:
Dunyo siyosati va iqtisodiyotida eng muhim rollardan birini o’ynayotgan Xiyot Xalq Respublikasi bilan O’zbekiston o’rtasida yaqin qo’shnichilik,do’stlik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari izchil mustahkamlanmoqda.O’zaro manfaatli hamkorlikning huquqiy bazasini”Do’stlik,hamkorlik va sheriklik munosabatlari to’g’risida”gi shartnoma,”Strategik sheriklik o’rnatish to’g’risida”gi qo’shma deklaratsiya,”Ikki tomonlama strategik hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va rivojlantirish haqida”gi qo’shma deklaratsiya va boshqalar tashkil qilmoqda.
Ikki tomonlama,mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik ko’plab masalalar bo’yicha tashqi siyosat mahkamalari o’rtasidagi yillik siyosiy maslaxatlashuvlar o’zaro hamkorlikning muhim bo’g’iniga aylanadi.
O’zbekiston uzoq muddatli manfaatlariga mos keladigan barcha istiqbolli yo’nalishlar bo’yicha sheriklikni bundan buyon ham faol rivojlantirish va mustahkamlash,ikki davlatning barqarorligi,xavfsizligi,izchil ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti yo’lidagi hamkorlikni davom ettirish siyosatini olib boradi.
O’zbekiston Xitoy Xalq Respublikasi bilan konstruktiv siyosiy muloqotni kengaytirish va barcha sohalarda ko’p qirrali amaliy hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha hamkorlikni kengaytirishga intiladi.
Oliy darajada erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni so’zsiz amalga oshirish,ikki tomonlama savdoning jadal o’sishini taminlash,shuningdek,infratuzilmasi rivojlantirish,energetika,sanoat,qishloq xo’jaligi,transport,axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va boshqa sohalarda ustuvor loyihalarni birgalikda ilgari surish O’zbekiston va Xitoy davlatlarining o’zaro hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanishiga zamin yaratadi.
O’zbekiston Xitoy bilan asosan axborot-kommunikatsiya texnoloyalari,oziq-ovqat mahsulotlari,ichimliklar va kimyoviy o’g’itlarni eksport qiladi.2021-yil Xitoy Xalq Respublikasi bilan qilgan tashqi savdo aylanmasi 7440.9 mln AQSH($)dollarini tashkil etdi.Uning 2518.8 mln AQSH dollari eksport hissasida,qolgan 4922.1 mln AQSH($)dollari esa import hissasiga to’g’ri keldi.
Turkiya bilan munosabatlarni har tomonlama mustahkamlash va rivojlantirish Yangi O’zbekistonning tashqi siyosiy yo’nalishiga to’liq mos keladi.O’zbekiston Turkiyaga o’zining muhim va uzoq muddatli hamkori sifatida qaraydi,xalqlarimiz o’rtasidagi do’stlik rishtalarini mustahkamlash,hamkorlikni o’zaro ishonch tamoylillari asosida rivojlantirish tarafdoridir.
Ikki mamlakat o’rtasida uzoq muddatli investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish orqali o’zaro savdo hajmini mutassil oshirib boorish va diversifikatsiya qilish O’zbekiston manfaatlariga mos keladi.O’zbekiston Turkiya bilan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish va chuqur qayta ishlash,oziq-ovqat mahsulotlarini qayta saqlash,qadoqlash,qayta ishlash va eksport qilish bo’yicha majmualar barpo etish,to’qimachilik va terini qayta ishlash sanoatida zamonaviy qo’shma korxonalar yaratish,xususan birgalikda paxta tolasi va teri xomashyosini chuqur qayta ishlash orqali tayyor brendli mahsulotlarni tashqi bozorlarga chiqarishni yo’lga qo’yishga tayyordir.Shu bilan birga,turizm sohasida o’zaro hamkorlik,xususan,zamonaviy sayyohlik obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish,birgalikda sayyohlik mahsulotlarini taklif etish,sohada malakali kadrlar tayyorlash bo’yicha aloqalarni rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.
Transport va logistika masalalariga ham alohida e’tibor qaratish lozim bo’ladi.Mamlakatlarimizni bir-biri bilan bog’laydigan transport yo’laklarini kengaytirish savdo-iqtisodiy aloqalar rivojining muhim omilidir.Ikki mamlakat hududi orqali o’tuvchi xalqaro transport yo’laklarining raqobatbardoshligi va jozibadorligini oshirish maqsadida transit ta’riflaerini maqbullashtirish va preferensiyalar taqdim qilish masalalarida hamkorlik qilish zarur.
Bugungi kunda Turkiya Respublikasi bilan O’zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 3388.3 mln AQSH($)dollarini tashkil etib kelmoqda.Ekport hajmi -1690.1 mln AQSH($)dollarini,import ko’rastkichi esa-1698.3 mln AQSH dollarini tashkil etmoqda.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling