O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti geografiya kafedrasi
MDH mamlakatlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalarining olib borishi
Download 0.59 Mb.
|
Kurs ishi shoira new
1. MDH mamlakatlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalarining olib borishi
Dunyoda hech bir mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirmay yuksala olmaydi. Chunki har qanday iqtisodiy yuksak rivojlangan mamlakat ham o’zi ko’plab ishlab chiqarayotgan sanoat mahsulotlarini chetga sotishga, yetishmaydigan ayrim mahsulotlarni esa chetdan sotib olishga majbur bo’ladi. Dunyo mamlakatlari bir-birlari bilan juda xilma-xil tashqi iqtisodiy aloqalar olib boradilar. Mustaqil O`zbekiston nafaqat jahon siyosati balki jahon iqtisodiyotiga ham tez kirib bormoqda va qator mamlakatlar bilan savdo-sotiq aloqalarini o`rnatish va rivojlantirishga intilmoqda. Tashqi iqtisodiy aloqalar xalqaro hamkorlikning eng muhim sohalaridan biridir. Turli mamlakatlar bilan iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalarini tobora takomillashib borishi, ayrim tarmoqlarni zamonaviy texnika va texnologiya bilan qurollanishga, yer-suv, qazilma boyliklar va mehnat resurslaridan samarali foydalanish imkonini yaratadi. Hozirgi davrda xalqaro mehnat taqsimotida, tashqi iqtisodiy aloqalarni samarali yo`lga qo`yish va kengaytirishda faol ishtirok etish uchun respublikada katta imkoniyatlar mavjud.O`zbekiston juda qadim zamonlardan buyon ko`hna karvon yili-Buyuk ipak yo`lida joylashib, tashqi dunyo (G`arb bilan Sharq) bilan faol iqtisodiy aloqalar olib borgan. Mustaqillik sharofati bilan esa mamlakatimiz iqtisodiyotida yangi yo`nalish -tashqi dunyo bilan turli sohalarda hamkorlikka keng yo`l ochildi. Endilikda O`zbekiston tovarlar, kapital, ishchi kuchini mamlakatlararo tranzit etishga, jahon iqtisodini integratsiyalash, yirik transmilliy va xalqaro loyihalarni amalga oshirishga qodir.Mamlakatda tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tartibga solish maqsadida Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki, bojxona qo`mitasi tuzildi. Tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida yangi strategiya ishlab chiqilib, unda eksportning xom ashyoviy yo`nalishini bartaraf etish hamda xorijiy investitsiyalar oqimi kengayishiga ko`maklashish kabi yo`nalishlar belgilab olindi. Mamlakatda tashqi iqtisodiy aloqalar tizimi, ularni yo`lga qo`yishdagi asosiy tamoyillar ishlab chiqildi. Xorijiy davlatlar firma, bank tizimlari bilan aloqalarni barpo etish yo`lida siyosiy, huquqiy va tashkiliy omillar yaratildi. "Tashqi iqtisodiy faoliyat to`g`risida"6, "Tashqi iqtisodiy va savdo aloqalari,xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi7 va boshqa bir qator qonun va me`yoriy hujjatlar qabul qilindi. Ular tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida xalqaro shartnomalar tuzish va ularni bajarish uchun sharoit yaratdi. O`zbekiston jahon hamjamiyatiga dadil kirib borib, ko`pchilik davlatlar bilan iqtisodiy, texnikaviy, savdo-sotiq va madaniy aloqalarni amalga oshirmoqda. Tashqi aloqalar ham ko`p tomonlama, ham ikki tomonlama rivojlanmoqda. Vatanimizda iqtisodiy faoliyatni keng ko`lamda rivojlantirish, yuksak taraqqiy etgan davlatlardagi ishlab chiqarishning texnologiya va iqtisodiy jarayonlari bilan tanishish, xorijiy sarmoyadorlar bilan hamkorlikda qo`shma korxonalar, supermarketlar, savdo filiallari tashkil qilish imkoniyati yaratilmoqda.O’zbekiston mustaqillikni qo’lga kiritgunga qadar mamlakatdagi tashqi iqtisodiy faoliyat sobiq ittifoqning tegishli vazirliklari ixtiyorida bo’lgan, o’sha davrlarda Respublika Vazirlari ichki xo’jalik aloqalarini amalga oshirish bilan chegaralanib qolgan edi. 80-yillarning ikkinchi yarmidan O’zbekistonda tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish bilan shug’ullanuvchi davlat tuzilmasi faoliyat ko’rsata boshladi. O’zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan mustaqil iqtisodiy hamkorlikni qo’lga kiritishga erishdi. Bu masala Respublika rivojining ustivor yo’nalishlaridan biri bo’lib qoldi. Bu yo’nalishda dastlab “O’zxorijsavdo” birlashmasi faoliyat ko’rsatdi. Davlat buyurtmalarini bajargan va dotatsiyalar bilan qo’llab-quvvatlangan birlashma davlatga valyuta daromadi keltiradi. Uning negizida 1990 yil 12-iyulda O’zbekiston tashqi savdo va xorijiy aloqalar davlat komiteti tashkil etildi. 1992 yil 12-fevrlda bu davlat komiteti tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga aylantirildi. Tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tartibga solishda Respublika Vazirlar Maxkamasining 1994-yil 17-noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy yo’nalishlari va yangi strategiyasi” nomli qaroriga asosan tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining ishi qayta tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalari soxasidagi yangi strategiyasi quyidagilarni o’z ichiga oladi: eksport-import operatsiyalarini markazlashtirish; davlat ehtiyojlari uchun zarur tovarlarning eksport va importi ustidan nazoratni kuchaytirish; davlat uchun strategiyali muhim bo’lmagan tovarlar eksportini osonlashtirish; strategik muhim tovarlar eksportidan olinadigan valyuta tushumlarini nazorat qilishni kuchaytirish va boshqalar. Prezidentimiz I.A.Karimov asarlarida bayon etilganidek, O’zbekiston mustaqillikning dastlabki yillaridanoq tashqi siyosiy va iqtisodiy aloqalarni shakllantirishda quyidagi asosiy tamoyillarga amal qilmoqda: o’zaro manfaatlarni har tomonlama hisobga olgan holda davlat milliy manfaatlarini umumiyligi; teng huquqli va o’zaro manfaatdorlik, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; mafkuraviy qarashlardan qat’iy nazar hamkorlik uchun ochiqliq, umum-insoniylik fazilatlariga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik; xalqaro huquq me’yorlarini davlat ichki me’yorlaridan ustivorligi; tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko’p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish. Mustaqil respublikaning tashqi iqtisodiy aloqalari soxasidagi yangi siyosati jaxondagi juda ko’p mamlakatlar bilan har tomonlama aloqalarni kengaytirishda o’z o’rnini topmoqda. Tashqi siyosiy faoliyatning asosiy vazifalaridan biri 2017 yil 7-fevralda tasdiqlangan “2017–2021 yillarda O'zbekistonni yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi”8ning “chuqur o'ylangan, o'zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo'nalishlar”i belgilab berilgan 5.2-bandida o'z aksini topgan. Unga ko'ra, tashqi siyosat sohasiga oid quyidagi eng muhim ustuvor yo'nalishlar shakllantiriladi: davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro munosabatlarning to'laqonli sub'ekti sifatida o'rni va rolini yanada mustahkamlash, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, O'zbekiston atrofida xavfsizlik, barqarorlik va do'stona qo'shnichilik munosabatlar mintaqasini yaratish; O'zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, dunyo hamjamiyatiga mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar to'g'risida ob'ektiv axborotni yetkazish; O'zbekiston tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining me'yoriy-huquqiy bazasini, shuningdek, xalqaro hamkorlikning shartnoma-huquqiy asoslarini takomillashtirish; O'zbekiston davlat chegarasini delimitatsiya va demokratsiya qilish masalalarini tartibga solish. Xalqaro ekspertlarning fikricha, yangi O'zbekiston o'zining ochiqligi va jadalligi bilan ajralib turgan izchil, samarali va konstruktiv siyosat yuritmoqda. Bu esa global miqyosda shiddatli o'zgarishlar yuz berayotgan hamda xalqaro maydonda kuchlarning yangi nisbati shakllanayotgan hozirgi davrda olib borilayotganligi bilan ahamiyatlidir. O'zbekistonning zamonaviy tashqi siyosiy holati dunyoda va mintaqada o'zgarib borayotgan vaziyat hamda mamlakat ichidagi keng ko'lamli o'zgarishlarga asoslanib shakllanmoqda. Bu esa qisqa fursatlarda mamlakatimizning xalqaro indekslardagi mavqei mustahkamlanishiga hissa qo'shmoqda.9 O’zbekiston Respublikasi mustaqillikning ilk yillaridanoq uzoq xorijiy mamlakatlar bilan tashqi iqtisodiy faoliyatini boshlagan.Ushbu yildan boshlab to hozirgi kunga qadar 182 dan ortiq mamlakatlar bilan faol,ochiq-pragmatik tashqi siyosat olib kelmoqda.O’zbekistonning tashqi siyosiy strategiyasi xorijiy davlatlar bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish,chet el investitsiyalarini,ilg’or texnologiyalarini ishlab chiqarishga jalb etish,mahalliy eksport geografiyasini kengaytirish sohasida yangi ufqlarni ochmoqda.10O’zbekiston uchun dunyoning Rossiya,Xitoy,AQSH kabi yetakchi davlatlari,Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi rivojlangan mamlakatlar,xususan,Koreya Respublikasi va Yaponiya,Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi,arab-musulmon hamda turkiy tilli davlatlar bilan o’zaro manfaatli,samarali va ko’p qirrali hamkorlikni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.(2-rasm) Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling