O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti geografiya kafedrasi


Download 0.59 Mb.
bet4/14
Sana18.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1556249
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Kurs ishi shoira new

Tashqi iqtisodiy aloqalar- iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va faoliyatning boshqa sohalarida davlat va uni subyektlari xalqaro hamkorligining xilma-xil shakllari tizimidir.Davlat subyektlariga o'z zimmasiga davlat tomonidan yuklangan huquq va majburiyatlarning tasarrufchilari kiradi. Bular o'zini o'zi boshqaradigan hududlar, mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, xo'jalik yurituvchi subyektlar (aksiyadorlik jamiyatlari,davlat korxonalari, kichik va o'rta korxonalar, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar, xususiy tadbirkorlar va hokazolardir).Binobarin, tashqi iqtisodiy aloqalar - aniq bir mamlakatning
boshqa mamlakatlar bilan xalqaro mehnat taqsimotiga va ishlab chiqarishni ixtisoslashtirishga hamda boshqa omillarga asoslangan ishlab chiqarish, savdo, siyosiy va boshqa xil munosabatlaridir. Tashqi iqtisodiy aloqalar xalqaro mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish va fanni ixtisoslashtirish, xo'jalik hayotini baynalminallashtirish jarayonidan obyektiv ravishda kelib chiqadi. Tashqi iqtisodiy aloqalaring shakllanishi va rivojlanishi alohida olingan mamlakatlarning o'zaro aloqalari va bir-biriga bog'liqligining kuchayishi bilan belgilanadi.
Xalqaro mehnat taqsimotining iqtisodiy mazmuni birgalikdagi ishlab chiqarishni tashkil etish usullarida ifodalanadi. Bunda turli mamlakatlarning korxonalari muayyan tovar yoki xizmatlari tayyorlashga ixtisoslashadi, so'ngra ularni ayirboshlaydilar.Tovar ayirboshlash pulli yoki pulsiz asosda amalga oshirilishi mumkin. Ko'pchilik hollarda ayirboshlash asosan birinchi variant bo'yicha yuz beradi, ya'ni xorijdan mahsulot oladigan tarafning egasiga barcha harajatlarni to'laydi. Turli tuhfalar, insonparvarlik yordamlari, ishlarni muvofiqlashtirish, umumiy qarorlari muhokama va qabul qilish, tajriba almashish, standartlarning xalqaro miqyosda bir xillashtirilishi, atrof muhitni muhofaza qilishga doir chora-tadbirlar va hokazolar ayirboshlashning pulsiz turlariga kiradi.
Shunday qilib, davlatni tashqi iqtisodiy aloqalari turli hollarda: tashqi savdo, fan-texnika, ishlab chiqarish, investitsiya, valyuta-moliya va kredit, axborot, madaniyat va sport turlari, mehnat resurslarini olib o'tishda o'rnatiladi.
Tashqi iqtisodiy aloqalaring ana shu turlarini quyidagi shakllarga birlashtirish mumkin:

Tashqi iqtisodiy faoliyat tashqi savdoga asoslanadi, chunki bunday faoliyat tufayli mamlakatlar o'z ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatiga ega bo'ladi.Xalqaro savdoga zamonaviy qarashlar bir necha nazariyalami o'z ichiga oladi. Vlar Adam Smit allaqachon ta'riflab bergan mutlaq ustunlik nazariyasidan (l776-yil) boshlanadi. Nazariyotchi har bir mamlakatda boshqa marnlakatlardagiga qaraganda ancha kam chiqimlar bilan tovarlar va xizmatlarning muayyan turlarini ishlab chiqarishga imkon beradigan mutlaq ustunlik mavjudligini isbotlab berdi Savdo o'zaro foydali bo'lishi uchun mamlakatlaming har biri shunday mutlaq ustunlikka ega bo'lishi kerak, lekin u ishlab chiqarish faoliyatining turli yo’nalishlaridan o'rin olishi lozim. Turli davlatlar iqtisodiy faoliyatini ixtisoslashtirishning asosiy shart-sharoitlaridan biri ham ana shundadir. Smit nazariyasidan ixtisoslashtirish qanchalik chuqur bo'lsa, mamlakat oladigan foyda ham shunchalik ko'p bo'ladi, degan xulosa kelib chiqadi.D.Rikardoning “Siyosiy iqtisod va soliq solish asoslari”. (1817- yil) kitobida taklif qilingan qiyosiy ustunlik nazariyasiga ko'ra mutlaq ustunliklarga ega bo'lmagan mamlakatlar ham tashqi savdodan foyda olishlari mumkin.(1-rasm)


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling