O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi


Download 273.11 Kb.
bet1/8
Sana18.06.2023
Hajmi273.11 Kb.
#1560154
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
G\'ijduvon Agroklaster MCHJ


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNVERSITETI
IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI
“____________________” KAFEDRASI
MALAKAVIY AMALIYOTI
BO`YICHA
HISOBOT
Bajaruvchi –Moliya va moliyaviy texnologiyalar yo’nalishi , ________ kurs,
______ guruh talabasi _____________________
(F.I.SH.)
Tekshiruvchi – Amaliyot rahbari _____________________
(LAVOZIMI F.I.SH )
Buxoro – 2023
KIRISH
Moddiy ishlab chiqarish sohasidagi yuz berayotgan o‘zgarishlarning bugungi bosqichida ta’lim sohasida sezilarli siljishlar kuzatilmoqda. Bu tizim, butun iqtisodiyot tizimi kabi yangi jihatlar, yangi yo‘nalishlar, yangi yondashuv va mazmun kasb etmoqda. Bozor iqtisodiyoti bugungi kunda fanning turli sohalarida chuqur bilimga ega bo‘lgan, mustaqil hisob-kitoblar yurita oladigan, to‘g‘ri xulosalar chiqara oladigan va istiqbolni belgilay oladigan malakali mutaxassislarga ehtiyoj sezmoqda. Shu maqsadda talabalarni malakaviy amaliyotlarga borishlarni u yerda korxona bilantanishish maqsadida dasturlar ishlab chiqarilgandir.
Malakaviy amaliyotining maqsadi – bu olingan nazariy bilimlarni mantiqiy va muntazam mustahkamlash va iqtisodiy tahlil qilish, real ishlab chiqarish sharoitlarida qabul qilinadigan boshqaruv qarorlarini baholash va asoslab berish bo`yicha amaliy ko`nikmalarni egallashdir.

Malakaviy amaliyotining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:



  • bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni tashkil etish va korxona iqtisodini o`rganish;

  • rejali-iqtisodiy ish usullarini chuqur o`rganish va o`zlashtirish;

  • jamoada tashkiliy ishlar tajribasini o`rganish.

Malakaviy amaliyot o’tash joyi : Buxoro viloyati G’ijdivon tumani “G’ijdivon Agroklaster Yog’ Moy” MCHJ .


Malakaviy amaliyot o’tash davri : 10.04.2023
12.05.2023


Buxoro viloyatida qad rostlagan yangi ishlab chiqarish korxonalari biri
G‘IJDUVON AGROKLASTER YOG‘ MOY" mas’uliyati cheklangan jamiyati.
Mamlakatimizda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining yashash sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush darajasida sezilarli ijobiy o‘zgarishlarga erishish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda hududlarni sektorlar kesimida boshqarish tizimining joriy etilganligi xalq bilan manzilli muloqotning yo‘lga qo‘yilishida muhim ahamiyat kasb etdi.
Bu borada, aholini ayniqsa, tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa sifatida belgilangan bo‘lib, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va yurt farovonligini taʼminlashda ularning hissasi beqiyosligi yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Shu o‘rinda bugun, 2022-2023 yillarda Buxoro viloyat G‘ijdivon tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarni ko’rishimiz mumkin .
Mamlakatimiz iqtisodiyotining ko‘plab sohalari, ayniqsa, qishloq xo‘jaligida ish yuritishning yangicha shakli — klaster usuli tobora ommalashayotgani tufayli zamonaviy tartibda faoliyat yuritayotgan subyektlar amaliyotda qo‘llayotgan yangilik, qo‘lga kiritayotgan yutuqlar joylarda ishsizlikni bartaraf etish, oilalar moddiy ta’minotini yaxshilash, qolaversa, hududlarni obodonlashtirishda tub o‘zgarishlar yasamoqda. Mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “Buxoro agroklaster” paxta-to‘qimachilik klasteri rahbari, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Azamat Sultonovning navbatdagi yirik loyihalari – “Peshku agroklaster yog‘-moy” va “G‘ijduvon agroklaster yog‘-moy” ishlab chiqarish korxonalarining foydalanishga topshirilgani ham ana shu maqsadga xizmat qiladi.
Peshku tumani paxta tozalash zavodi negizida o‘tgan bir necha oyda barpo etilgan mazkur korxona qiymati $4 400 000 ga teng bo‘lib, korxona sharofati bilan endilikda 140 nafar mahalliy fuqaro doimiy ish bilan ta’minlanmoqda. Zarur xom ashyo – chigit ombori, tozalash–presslash, qayta ishlash va qadoqlash sexlari, shuningdek, maxsus laboratoriyasiga ega korxona zamonaviy texnologiya bilan jihozlangan. “Peshku agroklaster yog‘-moy” hududda chorvachilikni rivojlantirishda ham o‘z o‘rniga ega bo‘lishi kutilyapti. Gap shundaki, bu yerda kuniga 150 tonna atrofida chigit qayta ishlash imkoniyati bor. Binobarin, yangi korxonaning oziq-ovqat xavfsizligi masalasidagi o‘rni ham salmoqli.
“Buxoro agroklaster” MChJ tomonidan joriy yil hududiy investitsiya dasturi doirasida qiymati $5 000 000 ga teng bo‘lgan zamonaviy “Yog‘-moy ishlab chiqarish kompleksini tashkil etish” loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unga muvofiq mazkur klaster tomonidan $3 200 000 hamda Hukumat komissiyasi ko‘magida “Agrobank”ning 10 000 000 000 so‘m kredit mablag‘i ajratilgan. E’tiborlisi, loyiha to‘la quvvatda ishga tushishi bilan yiliga 50 000 tonna chigitni qayta ishlab, 11 000 tonna sifatli yog‘, 29 000 tonna shrot, 20 000 tonna sheluxa ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilmoqda. Qisqa qilib aytganda, bunda yiliga jami $12 400 000 qiymatidagi mahsulot ishlab chiqarilib, budjetga $1 000 000 dollaridan ortiq tushum qabul qilinadi. Bundan tashqari, yiliga $8 800 000 ga teng qiymatda import qilinayotgan yog‘ mahsuloti qisqartiriladi.
Bozorni sifatli, xavfsiz, arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirish uchun avvalombor, ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish zarur hisoblanadi. Jumladan, yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqarishda ham korxonalar sonini ko‘paytirish uchun tizimda mavjud muammolarga barham berish talab etiladi. Bu sa’y-harakat o‘z navbatida, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning eng muhim sharti hisoblanadi.
Ushbu maqsadlarni o‘zida jamlagan “G‘ijduvon agroklaster yog‘-moy” MChJ ham to‘la quvvatda ishga tushishi bilan yiliga 50 000 tonna chigitni qayta ishlab, 11 000 tonna sifatli yog‘, 29 000 tonna shrot, 20 000 tonna sheluxa ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi. Albatta bu yerda ham yiliga $12 400 000 lik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, budjetga $1 000 000 dan ortiq tushumlar tushishi ta’minlanadi. Muhimi esa yana 140 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanidagi eng kenja korxona sanalgan “Graf yog-moy ekstraksiya” masʼuliyati cheklangan jamiyati Respublika tovar- xomashyo birjasida paxta texnik chigiti savdolarida qatnashuvchi va shu xomashyoni birjadan oluvchi korxonalar roʻyxatiga kiritildi.
Yogʻ-moy ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonaning aholi nisbatan tigʻiz yashayotgan “Koʻshk” mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgani eʼtiborga molikdir. Dastlabki bosqichdayoq bu yerda 40 kishini muqim ish oʻrni bilan taʼminlash imkoni yuzaga keldi. Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etuvchi “Graf yog’-moy ekstraksiya” loyihasini roʻyobga chiqarishga esa 1 million 200 ming AQSH dollari miqdorida mablagʻ sarflandi. Uning salmoqli qismini moliyaviy muassasaning kredit sarmoyasi tashkil etdi. Maʼlumotga koʻra, bu yerda yiliga 15 ming tonna chigitni qayta ishlash, 2 ming 500 tonnadan ziyod paxta yogʻi, koʻplab miqdorda chorva ozuqasi tayyorlash mumkin. U xorijiy texnologiya bilan jihozlangan.
Diqqatga molik tomoni shundaki, “Graf yog-moy ekstraksiya” keyingi bir oy ichida Gʻijduvonda oʻz faoliyatini boshlagan yogʻ-moy ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ikkinchi korxonadir. Sal avvalroq loyiha qiymati 4,4 million AQSH dollariga teng “Gʻijduvon agroklaster yogʻ-moy” masʼuliyati cheklangan jamiyati ishga tushgani haqida xabar bergan edik.
G‘IJDUVON AGROKLASTER YOG‘ MOY" mas’uliyati cheklangan jamiyati

Download 273.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling