O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti


Download 232.45 Kb.
bet3/7
Sana18.06.2023
Hajmi232.45 Kb.
#1562362
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
abdukadirov b

Korxona rahbari Muxammadov Bobirmirzo Mirzoxid o’g’li ________
(ismi-sharifi) (imzo)


(muhr o‘rni)


2-mavzu. Amaliyot obyektining asosiy moliyaviy ko'rsatkichlarini tahlil qilish

Xo‘jalik subyektining pul mablag‘larini ko‘paytirish, ularning ko‘payish vaqtini hisob-kitob qilish va natijaga erishishda tahlil muhim rol o‘ynaydi. Pul mablag‘larini oqilona boshqarish masalasi doimo mulk egalari va menejerlar e’tiboridagi masala bo‘lib kelgan. Negaki jo‘natilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha hisob - kitoblarning o‘z vaqtida amalga oshirilmasligi oqibatida tadbirkorlik subyektining qarshi tomon oldidagi majburiyatlari ham ortib boradi. Natijada tadbirkorlik subyektining moliyaviy ahvoli va natijaviyligida salbiy holatlar kuzatila boshlaydi. Shu sababli, pul mablag‘lari bilan yetarli ta'minlash, ularni to‘g‘ri boshqarish masalasiga doimo ham muhim ahamiyat ega masala sifatida qaralmog‘i lozim.


Pul oqimlarini tahlil etishning maqsadi va vazifalariga quyidagilarni kiritish lozim:
Pul oqimlarini tahlilining maqsadi - moliyaviy hisobot ma’lumotlari asosida pul oqimini ob'ektlari, faoliyat turlari, shakli va davri bo‘yicha o‘rganish orqali tadbirkorlik subyektining pul mablag‘larini ichki va tashqi omillarga bog‘liq holdagi o‘zgarishlarini retrospektiv va perspektiv tahlilini amalga oshirish orqali ularni maqsadli boshqarishni yo‘lga qo‘yishdan iborat.
Tahlil vazifalari:
-pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotni tasniflash, pul oqimini tarkib qatorlari bo‘yicha o‘rganish;
-pul oqimini joriy tahlilini va istiqboldagi prognozlarini tashxislash;
-pul oqimining sof kirimi va chiqimiga baho berish orqali biznes samaradorligiga baho berish;
-pul oqimining moliyaviy holat va barqarorlikka ta'sir darajasini, ular naqdligining likvidlik va to‘lov layoqatliligining ta'sirini baholash;
-operatsion va moliyaviy richaglar orqali pul oqimini moliyaviy koeffisentlarda baholash;
-pul oqimini taktik boshqarishning aniq chora-tadbirlarini belgilab berish va ularning amalga oshirish.
Tahlil uchun zarur bo‘lgan ma’lumot moliyaviy hisobotning 4-shakli bo‘lgan «Pul oqimlari to‘g‘risida» gi hisobotdan olinadi. Tuzish davriyligi bo‘yicha yarim yillik va yillik muddat belgilangan.
Inflyasiya darajasi, moliyaviy hisobotlarni tuzish davriyligining uzoqligi, hisobga olish va kassali usulning muvofiq kelmasligi, pul oqimi to‘g‘risidagi analitik ma’lumotlarni olish imkoniyatlari cheklanganligi, axborotlarning ishonchligidagi muammoli jihatlar tahlilning eng muhim kamchiliklari hisoblanadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘lari bilan ta'minlanganligi va ular oqimini tahlil qilishning o‘ziga xos xususiyatlariga tadbirkorlik subyekti pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlarini keltirib chiqarish, shuningdek keltirib chiqarilgan pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlaridan maqsadli va samarali foydalanish juda qiyin jarayon. Ya'ni pulni topish qiyin uni ishlatish undanda qiyin.
Faoliyatda, xo‘jalik jarayonlarida tadbirkorlik subektlarida doimo pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlariga zaruriyat seziladi. Negaki barcha munosabatlar ushbu oqim xarakati bilan boshlanadi va tugaydi. Barcha moliyaviy munosabatlar ham ushbu birlik orqali tartiblanadi.
Har bitta tadbirkorlik subyekti yetarli miqdorda pul va pul ekvivalentlari bilan ta'minlangan holdagina uning ishlab chiqarish, tijorat va moliyaviy faoliyati uzluksizligi ta'minlanadi. Agar ta'minotda uzilish bo‘ladigan yoki zaruriy likvid mablag‘lar yetishmovchiliklar kuzatiladigan bo‘lsa bunday subyektning nafaqat operatsion faoliyati emas balki butun xo‘jalik faoliyatida tanglik yuzaga keladi, moliyaviy ahvoli qiynlashadi va uni boshqarish yanada murakkablashadi.
Tadbirkorlik subyektlarining daromad keltiruvchi faoliyat turlari, shakllari qanchalik farqli bo‘lmasin, ularning pul mablag‘lari va pul ekvivalentlariga bo‘lgan ehtiyojlari bir xil sabablardan kelib chiqadi. Bu uzluksiz va davomli faoliyatni amalga oshirish aktivlarni sotib olish va joylashtirish, o‘z majburiyatlariga amalga oshirish, investorlarga daromadlarini to‘lash yuzasidan zaruriy amallarning bir xilligidan kelib chiqadi.
Pul mablag‘larining manbalarida birinchi navbatda xususiy kapitalning shakllanishiga ahamiyat qaratish lozim. Xususiy kapital tadbirkorlik subyektining boshlang‘ich kapitalidir. Ushbu kapital asosiy va aylanma kapital minimumini ta'minlab beradi.
Pul mablag‘laridan samarali foydalanishni tashkil etish ko‘p jihatdan mas'uliyati cheklangan jamiyatlarda pul mablag‘larining harakatini optimal boshqarishni tashkil etilanligiga va ular ustidan nazoratni yo‘lga qo‘yilganlik darajasiga bog‘liq. Biroq, ko‘plab mas'uliyati cheklangan jamiyatlarda pul mablag‘lari va pul ekvalentlarini boshqarish va doimiy nazorat qilishdagi kamchiliklar tufayli moliyaviy natijaviylikdagi ijobiy holat, debitorlik majburiyatlarining oshirib yuborish, undirilmagan qarzdorlikning ko‘payishi hisobiga moliyaviy holat yomonlashganligini ko‘rish mumkin. To‘g‘ri bu holat keyingi faoliyatlar uchun manba sifatida qaralishi mumkin, lekin ularning doimiy aylanishdan chetlanishlari tufayli mas'uliyati cheklangan jamiyat ish faolligi, likvidligi sustlashadi, moliyaviy ahvoli qiyinlashadi. Shu sababli, pul mablag‘larini boshqarishda har bitta mas'uliyati cheklangan jamiyatning pul mablag‘lari va pul ekvalentlarining faoliyati uzluksizligini ta'minlash, majburiyatlarning ortib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan taktik boshqaruvini yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rish lozim bo‘ladi. Pulni aylanish doiraviy aylanishlarini tarmoq va faoliyat turlari bo‘yicha farqlanishini quyidagi jadval ma’lumotlaridan ham aniq ko‘rish mumkin.
Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotning tuzilishi va asosiy elementlari asosan quyidagilarda ko‘rish mumkin:
xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy ahvolini tahlil qilish bilan shug‘ullanayotgan har bir xodim moliyaviy hisobot shakllarini, shu jumladan, pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot shaklini erkin o‘qiy olishi, uning moddalarini tushunishi, shuningdek xulosalar chiqarish va tavsiyalar berishni bilishlari kerak.
Pul oqimlari to‘g‘risida hisobotda pul mablag‘lari harakati bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy resurslardagi barcha o‘zgarishlar aks ettiriladi. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda operatsion, investision va moliyaviy faoliyatdan pul mablag‘larining harakati aks ettiriladi.
Pul mablag‘lari oqimini tahlil qilish uchun 4-shakl «Pul mablag‘lari to‘g‘risidagi hisobot» moliyaviy hisoboti, shuningdek, 1-sh shaklidagi «Xo‘jalik yurituvchi subyekt (tashkilot) moliyaviy faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida» gi statistika hisoboti asosiy ma’lumot manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tadbirkorlik subyektining pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlarini keltirib chiqarish imkoniyatlarini baholashda foydalidir, hamda foydalanuvchilarga har xil tadbirkorlik subyektlariga tegishli kelgusi pul oqimlarining keltirilgan (diskontlangan) qiymatini baholash va solishtirish modellarini ishlab chiqish imkonini beradi.
U shuningdek, turli xil tadbirkorlik subyektlarining operatsion faoliyat ko‘rsatkichlari haqidagi hisobotlarining qiyoslanuvchanligini oshiradi, chunki u bir xil operatsiya va hodisalarning turlicha hisobga olinishi oqibatlarini bartaraf qiladi
Xo‘jalik yurituvchi subyekt menejerlarining eng muhim e’tibori pul tushumlarini ko‘paytirishga va xarajatlarni kamaytirishga qaratiladi. Bu borada, birinchi navbatda ishlab chiqarish va sotish jarayonlarida debitorlik majburiyatlarini doimiy nazorat qilish, zaxiralarni tartiblash, kreditorlik majburiyatlar va qarzlarga bog‘lanmaslik siyosatini yuritilishi talab etiladi. Shu sababli, pul oqimini quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha doimiy o‘rganib turish talab etiladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning pul oqimlarini moliyaviy hisobot ma’lumotlari asosida jamlangan qatorlari bo‘yicha tahlil qilish ularning umumiy o‘zgarishlariga gorizontal va vertikal usullarda baho berishdan boshlanadi (3.7-jadval).



Download 232.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling