O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti
Download 232.45 Kb.
|
abdukadirov b
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliyot davomida bajariladigan ishlar Ish kunlari taqsimoti
- Institutdan tayinlangan rahbar
AMALIYOT O‘TASH REJA JADVALI
* Eslatma: Talaba institutdan biriktirilgan amaliyot rahbari bilan maslahatlashgan holda, haftaning shanba kunlari o‘rgangan bilim, ko‘nikma, malaka va amaliy ma’lumotlarga asoslanib, bitiruvoldi malakaviy amaliyot to‘g‘risida amaliyot daftarida xulosalar yozadi. Institutdan tayinlangan rahbar M.Pulatova _______ (ismi-sharifi) (imzo) Amaliyot o‘tash joyidan tayinlagan rahbar Aliyev Abrorjon Abdumalik o’g’li ________ (ismi-sharifi) (imzo) 1-mavzu. Amaliyot obyektining moliyaviy rejalari bilan tanishish Moliyaviy rejani yaratishning asosiy konsepsiyasi bankning missiyasi hisoblanadi, yaʼni moliya bozorining eng istiqbolli tarmoqlarini, eng daromadli segmentlarida ishlaydigan kuchli moliyaviy supermarketni yaratishdir. Xususan, bankning 2021-yildagi moliyaviy natijasini eng yaxshi tavsiflovchisi bu, chempionlik sari intilish tamoyiliga amal qilgan holda, mijozlarga eʼtibor qaratishdir, shu bilan birga, yetakchi oʻrinlarga erishish va uni saqlab qolishga eʼtibor qaratuvchi muhim jihatlardan biridir. Moliyaviy-reja bankning asosiy maqsadi sifatida – butun mamlakat boʻylab toʻliq moliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi Oʻzbekistonning zamonaviy, innovatsion va jadal rivojlanayotgan bankining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. 2022-yilda bank, yangi avtomatlashtirilgan bank tizimi va uning ishlashi uchun uskunalarni joriy etish boʻyicha, ishlarni davom ettiradi. Bu qadam yangi interaktiv xizmatlarni joriy etish, mijozlarga tezkor va kechayu kunduz xizmat koʻrsatish imkonini beradi. Dastur ishga tushirilgandan soʻng, biznes-jarayonlarning aksariyati avtomatlashtiriladi, bu esa oʻz navbatida mijozlar uchun eng qulay aloqa kanallari orqali mavjud boʻlgan, maʼlumotlarni tahlili va modellashtirish vositalariga asoslangan, shaxsiylashtirilgan aloqalarga oʻtishni osonlashtiradi. Xarajatlarni yanada samarali boshqarish, foyda-xarajat tahlili modelini joriy etish va tartibga soluvchi kapitalni samarali taqsimlash hisobiga, biznes unumdorligi sezilarli darajada yaxshilanadi. 2022-yilda Bank oʻz oldiga foizli biznesni yanada faol surʼatlarda rivojlantirish, oʻz saʼy-harakatlarini chakana va kichik biznesni kreditlashga qaratish vazifasini qoʻymoqda, bu esa oʻz navbatida uning kredit portfelini diversifikatsiya qilishga yordam beradi. 2022-yil oxiriga kelib, Bank oʻz aktivlarini 19,4 trln soʻmgacha oshirishni rejalashtirmoqda, majburiyatlarni 17,3 trln. soʻmgacha va umumiy kapitalni 2,1 trln soʻmgacha. 2021-yilda Bankning yalpi daromadi (filiallar oʻrtasidagi operatsiyalardan tashqari sof daromad) 6,166 mlrdga miqdorga rejalashtirilgan va xarajatlari (filiallar oʻrtasidagi operatsiyalardan tashqari sof daromad) 5,462 mlrd. soʻm miqdorida. Daromadlarning oʻsishiga biznesning barcha strategik yoʻnalishlarini tizimli rivojlantirish orqali erishiladi. Bank korporativ mijozlarni shartli ravishda ikkita asosiy segmentga ajratadi: yirik korporativ mijozlar; kichik biznes vakillari. Katta biznes segmenti bir nechta banklarda xizmat koʻrsatilishni afzal koʻradigan, katta miqdordagi pulga ega boʻlgan va butun moliyaviy xizmatlardan foydalanadigan eng talabchan mijozlar hisoblanadi. Bunday mijozlar toʻlovlar va kreditlash da tezkorlikni, shuningdek, murakkab moliyaviy vositalarni oʻz ichiga olgan mahsulotlarni talab qiladilar. Ular mijozining faoliyat yuritayotgan sohani oʻziga xos xususiyatlarini biluvchi, yuqori malakali bank xodimlari bilan ishlashni afzal koʻradilar. Bank individual moliyaviy yechimlarni taklif qilish orqali, ushbu segmentdagi mijozlarga xizmat koʻrsatish koʻlamini rivojlantirishni rejalashtirmoqda. Bank qisqa muddatli kreditlash, savdoni moliyalashtirish, valyuta operatsiyalari va likvidlikni boshqarish mahsulotlari sohasida, oʻz mahsulot turlarini kengaytiradi. Shu bilan birga, xizmatlar koʻrsatish tezligini oshirish, ayniqsa, kredit ajratishda muhim ahamiyatga ega. Bank mijoz menejerlari va mijozlar vakillari oʻrtasida operativ hamkorlik qilish mexanizmlarini yaratadi. Kichik biznes segmenti Bank uchun katta qiziqish uygʻotadi, sababi maqbul daromadlilik darajasini taʼminlaydi, shu bilan birga mijozlar bazasini samarali diversifikatsiya qilish imkonini beradi. Iqtisodiy islohotlar va davlat tomonidan kichik biznesning faol qoʻllab-quvvatlanishi tufayli, Bankning potentsial mijozlari soni jadal surʼatlar bilan oʻsib bormoqda. 2022-yilda kichik biznesni moliyalashtirish uchun, yirik xalqaro moliya institutlaridan, kredit liniyalarini jalb qilish boʻyicha faol ishlar olib boriladi, bu ayni paytda bankning xalqaro miqyosdagi nufuzini oshiradi. 2022-yilda kichik biznes bilan shugʻullanuvchi mijozlariga xizmat koʻrsatish jarayoni, masofaviy va raqamli kanallar orqali xizmat koʻrsatishni rivojlantirishdan iborat boʻlib, ularga oʻzlarining biznes mablagʻlarini nazorat qilish va boshqarish uchun qulay yechim taqdim etiladi. Raqamli kanallarni yanada rivojlantirish mijozlar bilan ishlovchi menejerlarini ishini yengillashtiradi va tarmoq xususiyatlarini hisobga olgan holda, shaxsiylashtirilgan xizmatlarning yangi paketlarini joriy etish imkoniyatlarini ochib beradi. Mijozlar bazasini yaratishda asosiy eʼtibor, katta miqdordagi naqd pul qoldigʻiga va yaxshi hisob-kitoblarga ega boʻlgan mijozlarga qaratiladi. Bu 2022-yil oxirigacha yuridik shaxslarning hisoblaridagi qoldiqlarni 9,5 trln soʻmgacha oshirish imkonini beradi. Korporativ mijozlarning milliy valyutadagi hisoblariga xizmat koʻrsatish prognozlarga koʻra, kamida 103,6 mlrd.soʻm miqdorida ldaromad keltiradi. Chet el valyutalari hisoblariga va tashqi iqtisodiy faoliyati uchun xizmat koʻrsatish esa, 269,6 mlrd. soʻm miqdoridagi daromad keltiradi. Resurs bazasi barqarorligini taʼminlash maqsadida, yuridik shaxslarning muddatli omonatlarini jalb etishga alohida eʼtibor qaratiladi. 2022-yil oxirigacha ularning qoldigʻini 3043 milliard soʻmga (shu jumladan xorijiy valyutada) yetkazish rejalashtirilgan boʻlib, foiz xarajatlari 335,4 milliard soʻmni tashkil etadi. Olingan mablagʻlar Bankning faol operatsiyalarini moliyalashtirishning, yaʼni kreditlashning asosiy manbai boʻladi. 2022-yilda kredit portfelini 11,9 trln. soʻmgacha oshirish rejalashtirilgan boʻlib, shundan 8,3 trln soʻm milliy valyutadagi kreditlar va 3,6 trln. soʻmlik soʻm ekvivalentidagi xorijiy valyuta kreditlari tashkil etadi. 2022-yilda Kichik kreditlash boʻyicha kredit portfeli qoldigʻini 1,7 trln. Soʻmga yetkazish taxmin qilinmoqda. Chakana savdo biznesni, xususan, chakana kreditlashni rivojlantirish asosan kredit portfelini umuman diversifikatsiya qilish imkoniyati bilan bogʻliq ustuvor yoʻnalish hisoblanadi. 2022-yilda chakana kredit portfelining qoldigʻi 6,5 trln. soʻm deya taxmin qilinmoqda. Emissiyaning prognoz qilinayotgan hajmi va foiz stavkalarini hisobga olgan holda, bank 2022-yilda jismoniy shaxslarni kreditlashdan 1132 mlrd.soʻm daromad olishni moʻljallamoqda. 2022-yilda chakana savdo biznesini rivojlantirish uchun bank quyidagilarni amalga oshirishi lozim: muntazam toʻlovlar, pul mablagʻlarini oʻtkazish, tovar va xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish, mablagʻlarni tejash kabi oddiy operatsiyalarni qulay, tez va foydali amalga oshirish. Shu maqsadda mehnatga haq toʻlash loyihalari, jismoniy shaxslarning hisoblari oʻrtasida pul mablagʻlarini oʻtkazish, overdraft va moliyaviy aktivlar bilan taʼminlangan kredit liniyalariga alohida eʼtibor qaratiladi. Mijozlarni masofaviy identifikatsiyalashning yangi usullarini joriy etish orqali, jamgʻarma mahsulotlarini rivojlantirish va plastik kartochkalardan foydalanishni ommalashtirish zarur; xalqaro toʻlov tizimlariga ega plastik kartalar boʻyicha hamkor dasturlarni ishlab chiqish va rivojlantirish. 2021-yilda Bank bosh ofisi xodimlari oʻrtasida VISA bilan hamkorlikda xorijiy valyutada toʻlash imkoniyatiga ega boʻlgan, soʻmlik ish haqi kartalarini chiqarish boʻyicha, yangi hamkorlik dasturi ishga tushirildi. 2022-yilda Bank ushbu mahsulotni ommaviy bozorga chiqarishni va uni barcha mijozlariga taklif qilishni rejalashtirmoqda; mijozlar bilan uzoq muddatli va yaqin munosabatlar oʻrnatish. Ushbu vazifani hal qilish uchun mijozlarning ehtiyojlarini tushunish va har bir mijoz segmentiga individual yondashuvni topish muhimdir. Bank alohida mahsulotlarga qaraganda jozibaliroq boʻlgan mahsulot paketlarini ishlab chiqadi. Bunday paketlarni tuzish uchun bank mijozlar maʼlumotlarini toʻplash, saqlash va tahlil qilish imkoniyatlarini kengaytiradi. Bank 2022-yilda jismoniy shaxslarga xizmat koʻrsatishdan 245,8 milliard soʻm daromad olishi kutilmoqda. Shu bilan birga, plastik kartochkalardan foydalangan holda koʻrsatilgan xizmatlardan (kartalarni chiqarish, tranzaksiyalarni amalga oshirish, toʻlovlarni qabul qilish va bankomatlardan naqd pul berishdan olingan daromadlar) 199,0 mlrd.soʻmni tashkil etadi. Chakana savdo boʻlimlarida koʻrsatilgan xizmatlardan (pul oʻtkazmalari, hisobdan-hisobga pul oʻtkazish, naqd pul yechib olish) daromadlari 46,8 mlrd.soʻmni tashkil etishi kutilmoqda. Bundan tashqari, chakana savdo mijozlari Bank uchun strategik ahamiyatga ega, chunki ularning mablagʻlari Bank resurs bazasining asosiy qismini tashkil qiladi va ularning chiqib ketish xavfi past. 2022-yilda jismoniy shaxslarning omonatlari boʻyicha qoldiqlarni 6,7 trln. soʻmni tashkil etadi, shundan muddatli depozitlar 5,7 trln. soʻm. Joriy oʻrtacha depozit stavkalarini, yaʼni xorijiy valyutadagi depozitlar boʻyicha 5% va milliy valyutadagi depozitlar boʻyicha 40% gacha, shuningdek, depozitlar boʻyicha yangi potensial mahsulotlarni hisobga olgan holda, nafaqat milliy valyutada, balki xorijiy valyutalardagi qoldiqlarni ham bosqichma-bosqich oshirish kutilmoqda. 2022-yil uchun foiz xarajatlari bashorati (filiallararo depozitlar boʻyicha foizlarni hisobga olmaganda) 3,216 mlrd soʻm. Foizlar boʻyicha harajatlarning oʻsishi mijozlar hisoblaridagi naqd pul qoldiqlarining koʻpayishi bilan bogʻliq. Bundan tashqari, Markaziy bankning uzoq muddatli resurs bazasiga nisbatan, joriy talablari saqlanib qoldi, ularni bajarish uchun Bank bir yildan ortiq muddatga qoʻshimcha ravishda, “qisqa” resurslardan qimmatroq boʻlgan muddatli depozitlarni jalb qilishi kerak boʻladi. 2022-yilda foizsiz xarajatlar darajasi 3,580 mlrd. soʻmga rejalashtirilgan. 2022-yilgacha oʻsish, yigʻim va komissiya daromadlarining, shuningdek, spot va konversion operatsiyalardan olingan valyuta farqlari koʻrinishida, daromadlarning oshishi kutilmoqda. 2022-yil uchun operatsion xarajatlar prognozi 1286 mlrd. soʻmni tashkil etmoqda. Operatsion xarajatlarning oʻsishiga taʼsir qiluvchi asosiy xarajatlar moddalariga quyidagilar kiradi: Xodimlarning ish haqi va boshqa nafaqalari shaklidagi xarajatlari; Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning eskirishi; Maʼmuriy harajatlar, reklama aksiyalarini oʻtkazilishi, soliqlar, yuridik, konsalting, audit, sugʻurta xizmatlari va boshqa operatsion xarajatlar. Yuqoridagi tendensiyalar va prognozlarni hisobga olgan holda, Bankning 2022-yil uchun sof foydasi kamida, 250 milliard soʻm miqdorida taxmin qilinmoqda. Shu bilan birga, aktivlar rentabelligi (ROA) 3,3% ni, umumiy kapitalning rentabelligi (ROE) 32,1% va operatsion samaradorlik koyeffitsiyenti (CIR) 37,4% ni tashkil qiladi. Download 232.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling