Ombor operatsiyalarini avtomatlashtirish Reja Omborlarda logistik jarayonlarni avtomatlashtirish


Download 26.5 Kb.
bet1/2
Sana29.03.2023
Hajmi26.5 Kb.
#1305624
  1   2
Bog'liq
3. Ombor operatsiyalarini avtomatlashtirish


Ombor operatsiyalarini avtomatlashtirish
Reja
1. Omborlarda logistik jarayonlarni avtomatlashtirish
2. Dronlardan tovarli palletlarni nazorat qilish va qayta hisoblash

Kelajakda omborda ishlash ilmiy-fantastik filmlarning syujetiga o‘xshaydi va bu futurologlarning fikri yoki gadjet ixlosmandlarining fantaziyalari emas. Bugungi kunda ham yirik G‘arb kompaniyalari barcha operatsiyalarni yanada qulay, aniq va xavfsiz qiladigan innovatsiyalarga katta sarmoya kiritmoqda. Ushbu texnologiyalar bugungi kunda sinovdan o‘tkazilmoqda va 5-10 yil ichida logistika markazlari va xablarda keng qo‘llanilishi mumkin.





Omborlarni robotlashtirish 2019 yilning dekabr oyida DB Schenker kompaniyasi o‘zining Leypsigdagi taqsimot markazida robotlashtirilgan omborni ilk loyihaning bir qismi sifatida sinab ko‘rganini eʼlon qildi. Ushbu loyiha barcha jihozlarni yangilashni o‘z ichiga olmaydi, lekin oddiygina omborga sunʼiy aql bilan ishlaydigan mashinalarni qo‘shadi, bu yesa insondan kamroq xato qiladi va og‘ir yuklarni mukammal darajada qayta ishlaydi. Hozircha bu texnologiya juda qimmat, ammo yaqin muddat ichida kompaniyaning omborlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Robotlar ombor atrofida erkin harakat qila olishi, odamlar va uskunalar o‘rtasida manevr qila olishi sababli o‘zlari va boshqalar uchun navigatsiyaning to‘liq xavfsizligini taʼminlash imkonini beruvchi vizual idrok tizimi bilan jihozlangan.


Kompaniya maʼlumotlariga ko‘ra, robotlar mavjud omborlarda logistik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun moslashuvchan yechimdir, chunki ular korxonani qayta qurmasdan samaradorlikni oshirish imkonini beradi. Shuning uchun pochta buyurtmalarini bajarishda muntazam operatsiyalarni avtomatlashtirish va tezlashtirish uchun avtonom qurilmalar sinovdan o‘tkazilmoqda. Kompaniyaning avtomatlashtirish natijasida ish joyidan ozod bo‘lgan xodimlari yanada murakkab vazifalar bilan shug‘ullanish mumkin.
Gideon Brothers avtonom logistik robotlar stereoskopik kameralar yordamida fazoda harakat qiladi. Sunʼiy aql yordamida ular atrofdagi makon xaritasini yaratadilar va saqlaydilar. Shu bilan birga, bu mashinalar 800 kg gacha bo‘lgan yuklarni ko‘chirishga qodir va tez batareya almashtirish tizimiga ega, bu esa uzilishlar vaqtini sezilarli darajada kamaytiradi.
Ishga tushirilgandan bir necha hafta o‘tgach, ilk loyiha ko‘plab yuklash va tushirish nuqtalarini qo‘shish uchun kengaytirildi. Tizimning yuqori moslashuvchanligi DB Schenker xodimlari saʼyi xarakatlari bilan kengaytirilib, o‘z vaqtida va joyidamuntazam ravishda sozlash ishlari amalga oshirilganidan dalolat beradi. Faqat birinchi foydalanish oyi uchun robotlarning har biri bir haftada taxminan 26 km masofani bosib o‘tdi. Pilot loyihaning ish natijalari yakunlangandan so‘ng batafsil taqdim etiladi va baholanadi.
Google Glass, dronlar va boshqa yordamchi qurilmalardan foydalanish
Bozorda Google Glass paydo bo‘lgach, ko‘plab foydalanuvchilar undan xayratlanishdi. Biroq, tez orada bu shov-shuv biroz kamaydi va qurilmani ishlatishning faqatgina bir necha usuli qoldi. Xususan, aqlli ko‘zoynaklar xarakatlanish yoki yo‘nalishni belgilashda videoga olish uchun ishlatiladi.
Bugungi kunda ko‘plab xalqaro logistika kompaniyalari ombor xodimlari Google Glass kabi qurilmalardan foydalanadilar. 50 dan ortiq turli chakana savdo do‘konlariga mahsulot yetkazib beruvchi gollandiyalik Active Ants kompaniyasi xodimlari riteylerlar uchun buyurtmalarini yig‘ishda navigatsiyani osonlashtiradigan va qo‘llarini har qanday manipulyasiya uchun erkin qoldiradigan aqlli ko‘zoynaklardan foydalanishga qaror qilishdi. Qizig‘i shundaki, Active Ants omborining ikkita ishchisi ishtirokidagi bir hafta davom etgan tajriba natijalari taʼsirli edi. Xususan, ular Google Glass yordamida maxsus dastur bilan birgalikda yo‘l qo‘yilgan xatolar sonini 12% ga kamaytirish va shu bilan birga mahsulot tanlash tezligini 15% ga oshirish mumkinligini ko‘rsatdi. Bunday ko‘rsatkichlar Amazon kabi yirik savdo kompaniyalarning millionlab dollar mablag‘larini tejashi mumkin.
UVL Robotics kompaniyasida dronlardan tovarli palletlarni nazorat qilish va qayta hisoblash uchun foydalanadi. Bir necha dronlar 10-12 soat davomida 30-40 ming dona palletni hisoblay oladi. Bunday texnologiyalar asosiy xodimlarning vaqtidan samaraliroq foydalanish imkonini beradi.
Taqsimot markazlari (TM) da ovozli boshqaruv tizimlarini joriy yetish natijalari ham qiziqarli hisoblanadi. Texnologiyaning maqsadi-ombor operatorlarining qo‘llari va ko‘zlariga tushadiganyuklamani kamaytirishdir, shuning uchun qo‘lda ishlaydigan terminallar naushnik va nutqni taniydigan mikrofon bilan almashtirildi. Endi terminal ekranidagi matn o‘rniga, xodim vazifani bajarish bo‘yicha bosqichma-bosqich ko‘rsatmalar bilan ovozli xabarlarni oladi (masalan, mahsulotni qayerdan olish, qanday miqdorda va to‘plangan buyurtmani qayerdan olish) va ovoz chiqarib javob beradi. Natijada xodim endi axborotni o‘qish bilan ovora bo‘lmaydi, uning qo‘llari bo‘shab, diqqati to‘liq vazifani bajarishga qaratiladi.
Shunisi ham muhimki, axborot ishchining qulog‘iga yetib kelganligi sababli, xodimlar atrof-muhit sharoitiga yaxshiroq yo‘naltirilgan. Bu murakkab ombor tipologiyasida va atrofida harakatlanuvchi ko‘p sonli obʼektlar bilan ishlash xavfsizligini oshiradi.
X5 Retail Group va “Magnit” allaqachon bunday texnologiyalardan foydalanadi – ombor xodimlari o‘z ovozlarini taniydi va ovozli ko‘rsatmalar ularning tezroq harakat qilishiga yordam beradi. Sinov muddati natijasiga ko‘ra “Magnit” savdo markazida beshta filialida xodimlarning ish unumdorligi 11% ga oshgan.
“Magnit” savdo markazidagi pick-by-voice texnologiyasi «AyVoys”kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi. Har bir xodim o‘z ovoziga moslashgan individual eshitish vositasini oladi. Agar tizim siz aytgan narsani tan olmasa, uni takrorlashingizni so‘raydi. Shu bilan birga, agar odamda nutq nuqsoni yoki aksenti bo‘lsa, texnologiya kelajakda uni xatosiz tanib olish uchun xodim ovozining modelini o‘qiydi va quradi. Bugungi kunda beshta taqsimot markazida 200 dan ortiq kishi yangi tizim bilan ishlamoqda. Texnologiya amalga oshirilgandan so‘ng, har bir TM 45% xodimlarni ovozli nazoratga o‘tkazadi.
Ombor ishchilari uchun ekzoskeletlar. Hech kimga sir emas, omborda ishlash oson emas. Asosiy yuk xodim tanasining orqa tomoniga va oyoqlariga tushadi. Ko‘p kompaniyalar allaqachon xodimlari kamroq charchab ko‘proq ish bajarishiga yordam beruvchi ekzoskeletlarni sinab ko‘rishmoqda. Robot-yordamchilari yoki tashqi skeletlar sifatida ham tanilgan ekzoskeletlar inson tanasiga joylashtirilgan elektromexanik qo‘llab-quvvatlash qurilmalaridir.Ular yo‘qolgan funksiyalar yoki tana qismlari uchun mo‘ljallangan, insonning mushak kuchini oshiradi va mexanik / shlangi organlar bilan tashqi ramka orqali jismoniy imkoniyatlarini kengaytiradi. Ergonomik mo‘ljallangan avtomatik liniya mashinalarida ishlarni bajarishdan tashqari, omborlarda robot yordamchilaridan ham foydalanish mumkin. Ular xodimlar og‘ir predmetlarni ko‘tarishi va joylashtirishi kerak bo‘lgan hollarda ortish va tushirish operatsiyalari uchun ishlatiladi.Xususan, bunday qurilmalardan foydalanish ombor xodimining bel va orqa mushaklaridagi yukni cheklashga yordam beradi. Tananing bu qismlaridagi haddan tashqari yuklama ko‘pincha xodimlarning ish qobiliyatining pasayishiga va nogiron bo‘lib qolishiga olib keladi.
Qo‘shma Shtatlarda bunday o‘zgarishlar harbiy logistikada foydalanish uchun olib borilmoqda. Raytheon og‘ir yuk ko‘tarish bilan shug‘ullanuvchi harbiy logistiklar uchun mo‘ljallangan XOS 2 modelini ishlab chiqmoqda. Lockheed Martin firmasi askarlarning jismoniy imkoniyatlarini kengaytirish uchun HULC universal ekzoskeletini ishlab chiqdi. Qurilma murakkab joylarda harakat qilishni osonlashtiradi va inson charchog‘ini kamaytiradi. HULC shuningdek, askarga 60 kggacha yukni (ramkaga mahkamlangan) ko‘tarish va olib yurish imkonini beradi.
Yuk xarakatini nazorat qilish uchun korporativ blokcheyn
Blokcheyn texnologiyalari nafaqat shov-shuvli obro‘, balki foyda hamdir. Agar token va kriptovalyutalarni hisobga olmasak, blokcheyn texnologiyasi logistikada allaqachon barcha operatsiyalarni muvaffaqiyatli, tez va aniq hisobga olish uchun ishlatiladi.
Tipik yetkazib berish ssenariysi 15 tomonni: yuk jo‘natuvchilar va yuk qabul qiluvchilar, 3PL operatori (mijozlarga keng qamrovli logistika xizmatlarini taqdim yetadigan tashkilot), tashuvchilar, davlat xizmatlari, banklar, sug‘urta kompaniyalari va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Tovarlarning bir partiyasini yetkazib berishni tashkil qilishda ular 200 dan ko‘proq qog‘ozli xabarlarni almashishadi: POD (inglizchadan rroof of delivery– yetkazib berishni tasdiqlash), schet-fakturalar, BOL (bill of lading, konosament– yukga bo‘lgan xuquqni tasdiqlovchi hujjat). Ushbu hujjatbozlik ishlarini bajarish qiymati 300$ ni, yoki transportirovkalash qiymatidan 10-15% tashkil etadi.
Mutaxassislar blokcheyn texnologiyasi yaqin kelajakda xalqaro savdo faoliyatida logistikaga yiliga 50 milliard dollar iqtisod qilishni, agar yetarlicha rivojlantirilsa 500 milliard dollargacha tejash imkonini beradi deb taxmin qilishmoqda. Bu imkoniyatga smart-shartnomalar tufayli erishiladi. Bundan tashqari, tarqatish ryestri hujjatlardagi xatolar sonini kamaytiradi, tovarlar yetkazib berish vaqtini kamaytiradi va firibgarlikni aniqlash imkonini beradi.

Xalqaro konteynerlarni tashish zamonaviy iqtisodiyotdagi eng byurokratik tarmoqlardan biridir, chunki ko‘plab mamlakatlar, davlat idoralari va kompaniyalari yetkazib berish jarayonida ishtirok etadilar, ularning har biri hujjatlar va buxgalteriya tizimlari bilan ishlash uchun o‘z qoidalariga ega. Misol uchun, Sharqiy Afrikadan Yevropaga refrijeretorda tovarlar yetkazib berish uchun taxminan 30 ta odam va tashkilotlardan pechat va ruxsatnomalar talab etiladi, bular albatta bir birlari bilan 200 dan ortiq holatlarda o‘zaro aloqaga kirishishlari kerak. Bunday logistika uchun hujjatlarni qayta ishlashning umumiy qiymati transportning fizik qiymatidan 15 dan 50% oralig‘ida baholanmoqda. Jahon iqtisodiy forumining maʼlumotlariga ko‘ra, logistika va taʼminot zanjirlari savdosi uchun byurokratik to‘siqlarni kamaytirish jaxon YaIMni 5% va global savdoni 15% ga oshiradi. Shu bilan birga, mutaxassislarning fikriga ko‘ra, blokcheyn bu to‘siqlarni olib tashlaydigan yagona texnologiyadir.
Blokcheyn loyihalarini amalga oshirgan kompaniyalar soni hali juda ko‘p emas. Maʼlumki, Maersk va IBM savdo operatsiyalarini raqamlashtirish va yuk tashishni nazorat qilish bo‘yicha global tizimni yaratish uchun birlashdilar. Ularning tizimi har bir manfaatdor shaxsga konteyner bilan nima sodir bo‘layotganini va real vaqtda qayerda joylashganini tushunish uchun taʼminot zanjiri bo‘ylab tovarlar harakatini kuzatish imkonini beradi. Maersk / IBM platformasi barcha manfaatdor tomonlarni birlashtiruvchi va ularga konteyner, yuk va hujjatlar holati haqida to‘liq maʼlumot beruvchi uzelga aylanadi. Manfaatdor tomonlar bojxona hujjatlari holatini shuningdek, baholash veksellari va boshqa maʼlumotlarni ko‘rish mumkin. Blokcheyn texnologiyasi ruxsatsiz aralashuvlardan himoyalangan hujjatlar uchun xavfsiz maʼlumot almashishni va saqlashni taʼminlaydi.
Isroildagi eng yirik yuk tashish kompaniyasi ZIM konosamentni raqamlashtirishni sinovdan o‘tkazdi. Bu logistikadagi asosiy hujjatdir, chunki u jo‘natilayotgan tovarlar uchun barcha zarur maʼlumotlarni o‘z ichiga olgan kvitansiya va shartnoma vazifasini bajaradi: yuk, miqdor va manzilning tavsifi, shuningdek, tovarlar qanday tashilishi, qayta ishlanishi va to‘lanishi kerak. Sinov davomida konteynerlar Xitoydan Kanadaga hech qanday muammosiz yetkazib berildi. ZIM va ilk ishtirokchilar markazlashmagan tarmoq orqali asl elektron hujjatlarni muvaffaqiyatli chiqardi, uzatdi va oldi. Shuningdek, Accenture konsalting kompaniyasi anʼanaviy konosamentni va konsolidatsiyalashgan xaqiqiy manbani yetkazib berish zanjiridagi barcha manfaatdor tomonlar uchun zarur bo‘ladigan blokcheynga asoslangan tizimni ishlab chiqmoqda.


Xulosa
Logistika operatori Geodis ombor operatsiyalari uchun ekzoskeletlardan foydalanishni boshladi. Niderlandiyadagi Venlo distribyutorlik markazida yuk tashuvchilar og‘ir yuklarni ko‘tarishda jarohatlanishlarning oldini olish uchun tashqi ekzoskeletlardan foydalanadi.Ekzoskeletlar yig‘ish va qadoqlash jarayonida ishtirok yetuvchi xodimlarga, ish smenasida yuklarni ko‘tarish va tashishga majbur bo‘lganlarga beriladi. Ishlatiladigan qurilmalar passiv tipda bo‘lib, prujinali mexanizmi tufayli og‘irliklarni burish va ko‘tarish vaqtida tananing orqa tomonini qo‘llab-quvvatlaydi, ammo harakatni moslashtirmaydi."Geodis logistics" menejerlarining so‘zlariga ko‘ra, "Venlo" omborida ishlatiladigan ekzoskelet modeli ishchi yelkasidagi yukni 40% ga kamaytiradi. Ayni paytda ekzoskeletlardan ish smenasiga 4000 kg dan ortiq yuk tashishga majbur bo‘lgan uch nafar xodim foydalanmoqda.
Aqsh, Yaponiya va Isroil kabi davlatlar tomonidan ekzoskeletlarni ishlab chiqishda ancha salmoqli natijalarga erishildi. Xuddi shunday tadqiqotlar Rossiya va Janubiy Koreyada ham olib borilmoqda.

Download 26.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling