O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti


-mavzu. Amaliyot obyektida amalga oshirilgan byudjet yoki korporativ xaridlarni tahlil qilish


Download 232.45 Kb.
bet5/7
Sana18.06.2023
Hajmi232.45 Kb.
#1562362
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
abdukadirov b

4-mavzu. Amaliyot obyektida amalga oshirilgan byudjet yoki korporativ xaridlarni tahlil qilish

Iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida korxonalar faoliyatini to‘g‘ri va optimal boshqarish birmuncha murakkab jarayondir. Jumladan, korxonaning pul mablag‘lari va pulga tenglashtirilgan qimmatliklari oqimini ratsional boshqarish korxonalar faoliyatining davomiyligini hamda uzluksizligini ta’minlaydi. Ya’ni pul mablag‘lari hisobini to‘g‘ri tashkil etish hamda ularni doimiy ravishda tahlil qilib turish korxona faoliyatining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytiradi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarini rivojlanishining xarakterli tomonlaridan biri unda moliyaviy bozorni va uning barcha jabhalarining tez sur’atlar bilan rivojlanayotganligi hisoblanadi.


Bozor iqtisodiyotida boshqaruv subyektlariga faqat axborotga ega bo‘lishning o‘zi kifoya qilmaydi. Bu axborot bilan ishlash, to‘g‘ri xulosalar chiqarish va ulardan ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida foydalanish zarur bo‘ladi. Korxonalar xo‘jalik faoliyatini samarali boshqarishda foydalaniladigan axborotlar manbalariga pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham kiradi.
Respublikamiz amaliyotida xo‘jalik subyektlarining pul mablag‘lari harakatini aks ettiruvchi moliyaviy hisobot shakli sobiq ittifoq davrida ham, mustaqillikning dastlabki yillarida ham mavjud bo‘lmagan. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1997-yil 15-yanvardagi 5-sonli buyrug‘i bilan ilk marotaba respublikamiz amaliyotida «Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot» shakli amal qila boshladi.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot - korxona faoliyatining muayyan hisobot davridagi pul mablag‘larining holatiga va joriy davrda pul mablag‘larining o‘zgarishini tavsiflovchi ma’lumotlar olish imkonini beradi.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot shakli korxonani samarali boshqarish uchun zarur axborotlarni berish bilan birgalikda tashqi foydalanuchilar uchun kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni ham shakllantiradi.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlari investorlar va kreditorlar uchun quyidagi masalalarning yechimini topish uchun asos bo‘ladi:
- kelib tushgan va sarflangan pul mablag‘larining tuzilmasi;
- pul mablag‘larining kelib tushishi va sarflanishi summasi;
- kelib tushgan va sarflangan pul mablag‘lari nisbat koeffitsiyenti (pul mablag‘lari oqimi koeffitsiyenti).
«Pul oqimlari to‘g‘risida»gi hisobot boshqa hisobot shakllari bilan birgalikda korxonaning eng likvid aktivlaridagi o‘zgarishlarni, uning moliyaviy tuzilmasini (jumladan, likvidlik va to‘lovga layoqatliligini), korxonalarning qiyoslama baholash maqsadida kelgusi pul oqimlarining joriy qiymatini modellashtirish imkonini beradigan doimiy ravishda o‘zgaruvchi tashqi va ichki omillar sharoitida pul oqimlari harakatini tartibga solish layoqatini baholash va tushunishga xizmat qiluvchi axborot taqdim etilishini ta’minlaydi.
Хalqaro buxgalterlar assotsiatsiyasi (FASV kengashi) taqdimotiga ko‘ra, «Pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi hisobot»ning asosiy maqsadi qilib kompaniyaning barcha investorlari va kreditorlarini pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan yetarli darajada ta’minlash hisoblanadi.
Хorijlik olimlar B.Nidlz va Х.Andersonlarning fikriga ko‘ra, pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotni tuzishning asosiy maqsadiga quyidagicha tavsif beriladi: «Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotning asosiy maqsadi bo‘lib, hisobot davrida korxonaning pul va pul mablag‘larini kirimi va chiqimi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni batafsil aks ettirish»3 hisoblanadi.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot undan foydalanuvchilarga xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvolidagi o‘zgarishlarni baholashga imkon beradi, ularni hisobot davrida qancha pul tushgani va qancha pul chiqqani to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining 9-son buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) «Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot»da quyidagi tushunchalardan foydalanilgan:
«pul mablag‘lari - kassadagi naqd pul va talab qilib olinadigan depozitlar, shuningdek bankning hisob-kitob, valyuta va boshqa schotlaridagi mablag‘lar;
pul ekvivalentlari - ma’lum pul mablag‘iga tez va oson almashtiriladigan hamda qiymatidagi o‘zgarishlar tufayli uncha ko‘p bo‘lgan qisqa muddatli, yuqori likvidli investitsiyalar (moliyaviy qo‘yilmalar);
pul oqimlari - pul mablag‘lari hamda ular ekvivalentlarining oqimi (tushumi) va chiqimi (sarflanishi, chiqishi)dan iborat;
pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot - hisobot davrida pul mablag‘i oqimlarini batafsil ko‘rsatuvchi ko‘rsatkichlar yig‘indisi;
operatsion faoliyat - xo‘jalik yurituvchi subyektning daromad keltiruvchi asosiy faoliyati, shuningdek subyektning investitsiya va moliya faoliyatiga oid bo‘lmagan o‘zga xo‘jalik faoliyati;
investitsiya faoliyati - pul ekvivalentlariga kiritilmagan uzoq muddatli aktivlar va boshqa investitsiya obyektlarini sotib olish va sotish;
moliyaviy faoliyat - xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyati bo‘lib, uning natijasida o‘z mablag‘i va qarz mablag‘lari miqdori va tarkibida o‘zgarishlar yuz beradi»4.
Pul mablag‘i ekvivalentlaridan asosan investitsiyalar va boshqa maqsadlar uchun emas, balki faqat qisqa muddatli majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlar uchun foydalaniladi. Investitsiyalarni pul ekvivalenti deb hisoblash uchun ular erkin ravishda naqd pulga aylantiriladigan bo‘lishi va qiymatining o‘zgarishida biroz xavf bo‘lishi lozim. Shu sababli investitsiya qisqa muddatda to‘lanadigan bo‘lsa, ya’ni xarid qilingan paytdan boshlab taxminan uch oy ichida to‘lanadigan bo‘lsa, uni pul ekvivalenti deb hisoblash mumkin bo‘ladi.
Bank zayomlari moliyaviy faoliyatga taalluqlidir, lekin talab qilingan paytda to‘lanadigan bank overdraftlari korxonalar pul mablag‘ini boshqarishning ajralmas qismi hisoblanadi. Shu munosabat bilan bank overdraftlari pul mablag‘ining tarkibiy qismi yoki ularning ekvivalenti hisoblanadi.
Pul oqimi pul mablag‘lari va pul ekvivalentlari moddalari o‘rtasidagi harakatni o‘z ichiga olmaydi, chunki ular operatsion, moliyaviy yoki investitsiya faoliyatiga kirmaydi yoki xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘larini boshqarishga taalluqlidir. Pul mablag‘larini boshqarish pul mablag‘lari va pul ekvivalentlarining ortiqchasini ishga solishni o‘z ichiga oladi.
«Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot, hisobot davri davomida operatsion, investitsiya yoki moliyaviy faoliyat natijasida xo‘jalik yurituvchi subyekt olgan pul oqimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishi lozim»5.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning operatsion faoliyati natijasida vujudga keladigan pul oqimi hajmi xo‘jalik yurituvchi subyekt amalga oshiradigan operatsion faoliyat natijasida olinadigan pul oqimlari harakati ssudalarini to‘lash, xo‘jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish quvvatlarini saqlab turish, dividendlarni to‘lash va moliyalashtirishning tashqi manbalariga murojaat qilinmay yangi investitsiyalar uchun qanchalik yetarli ekanini aks ettiruvchi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Operatsion faoliyatdan keladigan oldingi pul oqimining ayrim qismlari to‘g‘risidagi axborotdan operatsion faoliyatdan bo‘lajak pul oqimlarini prognoz qilish uchun axborotning boshqa turlaridan qo‘shib foydalanish mumkin bo‘ladi.
Operatsion faoliyatdan pul oqimi xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyatidan kelib chiqadi. Odatda, xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyati mahsulotni sotishga, ishlarni bajarishga yoki xizmat ko‘rsatishga qaratilgan bo‘ladi.
«Operatsion faoliyatdan asosiy pul oqimiga quyidagilar kiradi:
- tovarlarni sotish va xizmat ko‘rsatishdan tushgan pul;
- royalti, badallar, vositachilik haqi va o‘zga yo‘llar bilan pul mablag‘lari tushumi;
- tovarlar va xizmatlar uchun ularni yetkazib beruvchilarga pul to‘lovlari;
- xodimlarga va xodimlar nomidan to‘lovlar;
- sug‘urta kompaniyasining sug‘urta polislari bo‘yicha mukofotlari, talablari, yillik va o‘zga to‘lovlari bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari;
- soliqlar bo‘yicha pul to‘lovlari yoki uning o‘rnini bosuvchi to‘lovlar, agar ular investitsiya va moliya faoliyatiga taalluqli bo‘lmasa;
- savdo yoki dilerlik maqsadlarida tuzilgan bitimlar bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari;
- boshqalar»6.
Asosiy vositalar birliklarini sotish kabi ayrim operatsion faoliyatlar bo‘yicha foyda kelishi va zarar ko‘rilishi mumkin, ular sof foyda yoki zarar qatoriga kiritiladi. Lekin bunday bitimlar bo‘yicha pul oqimi investitsiya faoliyatidan chiqadigan pul oqimlariga kiritiladi.
Korxona vositachilik yoki savdo maqsadlari uchun qimmatli qog‘ozlar yoki ssuda olgan bo‘lishi mumkin, bunday holatlarda ular qayta sotish uchun xarid qilingan tovar - moddiy zaxiralarga o‘xshash bo‘ladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt investitsiya faoliyatidan keladigan pul oqimi to‘g‘risidagi axborotni alohida ko‘rsatib beradi. Investitsiya faoliyatidan pul oqimi to‘g‘risidagi axborot kelajakda daromad va pul oqimi miqdorini belgilaydigan resurslar bo‘yicha qilingan xarajatlar darajasini ko‘rsatadi. «Investitsiya faoliyatidan olingan asosiy pul oqimlariga quyidagilar kiradi:
- asosiy vositalarni, nomoddiy va o‘zga uzoq muddatli aktivlarni xarid qilishga pul to‘lovlari. Bu to‘lovlar tajriba-konstruktorlik ishlariga ajratilgan sarmoyalashtirilgan xarajatlar, shuningdek xo‘jalik sudi bilan amalga oshirilgan qurilishlar bilan bog‘liq bo‘lgan to‘lovlarni o‘z ichiga oladi;
- asosiy vositalarni, nomoddiy va o‘zga uzoq muddatli aktivlarni sotishdan olingan pul tushumi;
- boshqa subyektlarning aksiyalari yoki qarz majburiyatlarini hamda qo‘shma korxonalarda ishtirok etish huquqini sotib olishga doir pul to‘lovlari, pul ekvivalentlari hisoblangan yoki dilerlik maqsadlariga yoki savdo maqsadlariga saqlab qo‘yilgan to‘lov hujjatlari bo‘yicha to‘lovlar (veksellar kabi hujjatlar bo‘yicha to‘lovlar)dan tashqari;
- boshqa subyektlarning aksiyalari va qarz majburiyatlarini hamda qo‘shma korxonalarda ishtirok etish huquqini sotishdan kelgan pul tushumlari, pul ekvivalenti hisoblangan yoki dilerlik yoki savdo maqsadlari uchun saqlanayotgan veksel kabi to‘lov hujjatlari bo‘yicha tushumlar bunga kirmaydi;
- boshqa taraflarga berilgan bo‘naklar va kreditlar (moliyaviy muassasalarga berilgan bo‘naklar va kreditlardan tashqari);
- boshqa taraflarga berilgan bo‘naklar va ssudalar qaytarilishidan pul tushumlari (moliyaviy muassasalarga berilgan bo‘naklar va kreditlardan tashqari);
- fyuchers va forvard bitimlari, opsion bitimlar va svop bitimlar bo‘yicha to‘lovlar, ular diler yoki savdo maqsadlari uchun mo‘ljallangan holatlar bundan mustasno bo‘ladi yoki to‘lovlar moliyaviy faoliyat sifatida tasnif etiladi;
- fyuchers va forvard bitimlari, opsion bitimlar va svop bitimlar bo‘yicha pul tushumlari, ular diler yoki savdo maqsadlariga mo‘ljallangan holatlar bundan mustasnodir yoki to‘lovlar moliyaviy faoliyat sifatida tasnif etiladi;
- va boshqalar»7.
Bitim muayyan pozitsiyani xejlash8 (Xej. Xejlash - bitim himoya usuli bo‘lib, bunda subyekt taxmin qilingan yo‘qotishlarning o‘rnini qoplash niyatida xorijiy valyutada forvard, fyuchers bitimlari va boshqa bitimlar bo‘yicha aktivlar yoki majburiyatlarni sotib olish tarzida ifodalangan valyuta qiymati farqidan vujudga keladigan yo‘qotishlardan o‘zini xoli qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi) sifatida hisobga olinadi, bitim bo‘yicha pul oqimi sug‘urta qilinadigan pozitsiyadan pul oqimi sifatida faoliyat turiga kiritiladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy faoliyatidan bo‘ladigan pul oqimlari to‘g‘risidagi axborotni alohida ko‘rsatadi. Bu axborot moliyaviy faoliyatdan bo‘lajak pul oqimlarini taxmin qilish uchun zarur bo‘ladi.
«Moliyaviy faoliyatdan keladigan asosiy pul oqimlariga quyidagilar kiradi:
- aksiyalar yoki o‘z mablag‘i bilan bog‘liq boshqa vositalarni chiqarishdan keladigan pul tushumlari;
- subyektlar aksiyalarining haqini to‘lash yoki sotib olish uchun ularning egalariga to‘lovlar;
- ta’minlanmagan obligatsiyalar emissiyasidan, moliya korxonalari tomonidan berilgan ssudalardan, garovga qo‘yilgan va boshqa qisqa hamda uzoq muddatli zayomlardan pul tushumlari;
- zayomlarni to‘lash;
- moliyaviy lizing bo‘yicha majburiyatlarni qisqartirish uchun ijarachilarning to‘lovlari;
- va boshqalar»9.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt operatsion faoliyatidan vujudga kelgan pul mablag‘lari harakatini quyidagilardan foydalanib, ochib beradi:
- yalpi pul tushumlari va yalpi pul to‘lovlari asosiy turlari ochib beriladigan bevosita usul;
- bilvosita usul. Bu usulga muvofiq sof daromad yoki zararga joriy aktivlar va majburiyatlarning o‘zgarishiga, ishonchsiz operatsiyalarga, shuningdek operatsion investitsiya yoki moliya faoliyati natijasida olingan daromadlar va ko‘rilgan zararlarga qarab o‘zgartirish kiritiladi.


Download 232.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling