O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti elektronika va aftamatika fakulteti tja 184-20 guruh talabasi Toshtemirov Ulug’bekning Raqamli boshqarish tizimi fanidan
Download 87.25 Kb.
|
Ulug\'bek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi: Toshtemirov.U. Qabul qildi: Mirzayev .Sh Qarshi-2023 yil O’lchash axborotlariga ishlov berish asoslari
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI QARSHI MUHANDISLIK IQTISODIYOT INSTITUTI Elektronika va aftamatika fakulteti TJA 184-20 guruh talabasi Toshtemirov Ulug’bekning Raqamli boshqarish tizimi fanidan MUSTAQIL ISHI Bajardi: Toshtemirov.U. Qabul qildi: Mirzayev .Sh Qarshi-2023 yil O’lchash axborotlariga ishlov berish asoslari Reja: 1. Mikroprotsessor va uni funksiyasi 2. Xotirlash kurilmalari Kirish Barchaga ma’lumki, o‘lchashlaming umumiy nazariyasi metrologiyaning asosiy muammolari bo‘lib hisoblanadi. “O'lchash” tushunchasi ham falsafiy (anglash nazariyasida), ham maishiy (bir litr suvga qancha tuz zarur), ham tijoriy (o'lchangan miqdorga to‘lov qilish, masalan, elektr energiyasi uchun), ham texnik (mahsulot tayyorlashda kerak bo‘lgan komponentlaming o'lchami, vazni, parametrlari), ham ilmiy nuqtayi nazardan talqin qilinishi mumkin. Qaysi talqinda bo'lishidan qat’iy nazar, o'lchash natijasining aniqlik bilan hamohang bo'lishligi zarur talablardan biridir. Bu esa o‘z navbatida, olingan o'lchash natijalariga tayangan holda, qaror qabul qilishda yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan tavakkalchilikni (risk) ta’minlash uchun zurur hisoblanadi. Qaror qabul qilish esa o'z navbatida turli subyektlarning o'zaro kesishuvida amalga oshiriladi. O'lchash birliligini ta’minlash inson oldida asrlar osha o'ta muhim masala bo'lib kelgan, u hozir ham aktual, kelajakda ham shunday bo'lib qoladi, zero, vaqtga bog'liq tarzda talablar ham ortib bormoqda. Umuman olganda, o'lchash orqali haqiqiylikdan abstraksiyaga o'tish amalga oshiriladi, ya’ni, obyektlaming haqiqiy xossalari va holatlaridan ulaming xossalarini baholovchi kattaliklar va bu kattaliklaming qiymatlariga o'tish. Boshqacha qilib aytganda, borliqni anglash nuqtayi nazarida o'lchash - inson (yoki mashina) ongi tomonidan haqiqiylikni aks ettirish va qayta tiklash deb qaralishi mumkin Protsessor o‘ziga juda katta miqdordagi elektron sxemalarini olgan murakkab elektron qurilmadir. Protsessor ikkilik informatsiyalarni qabul qilib, berilgan komanda asosida ular ustida operatsiya bajarib belgilangan adresga ѐki qurilmaga informatsiya uzatadi. Unda operatsiyalar amalga oshirilish tezligi markasiga qarab bir a sekundiga o‘nlab million operatsiya bajarishi mumkin. Texnik nuqtai nazardan protsessorni asosiy texnik xarakternistikasi chastotasi va necha razryadliligi. Protsessor chastotasi vaqt birligida bajara oladigan operatsiyalar sonidir. Xozirgi zamon protsessorlarin takt chastotasi mega gerslaradadir va uni sekundiga operatsiya bajarish sonlari milyard operatsiya atrofida. Protsessorni bir takt davomida nechta bayt informatsiyani qayta ishlashi protsessor razryadlari sonini belgilaydi. Xozirda 32, 64, 128 razryadli protsessorlar ishlab chiqarilmoqda. Kompyuter texnologiyalarida protsessor o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun u bir necha qurilmalar bilan birga o‘rnatilishi lozim. Ular tarkibiga: - Operativ xotira, - Aloka kanallari(shina), - Informatsiyalarni kiritishg va chiqarish kurilmalari, - Informatsiyalarni kiritish va chiqarish portlari, - Doimiy xotira, - Tok manbai - Registr larni misol qilish mumkin. Bu qurilmalarni barchasi ona platasiga yigiladi. Ona plata ma’lum markadagi protsessorlar uchun birxil bo‘ladi. YA’niy ona platani tanlashda protsessor markasini e’tiborga olish zrur. Sanab utilgan kurilmalar faqat raqamli signallarni(informatsiyalarni) qayta ishlashga mo‘ljallanilgan. Bu asosiy qurilmalarga informatsiyani uzatishda boshqa kurilmalar raqamli kurinishga keltirib beradi. Kompyuter texnologik qurilmaslrini shartli sxematik ravishda quydagicha ifodalash mumkin: Ushbu sxemada kompyuterli texnologiyalarni umumiy sxemasi ko‘rsatilgan. Informatsiyalarni kiritish va chikarish kurilmalarida kiritilaѐtgan informatsiyani protsessor qurilmasi qabul qila oladigan formaga- raqamli informatsiyaga keltirish bloklari va qayta ishlash natijalarini kayta zaruriy formaga keltirish bloklari mavjud bo‘ladi. Protsessor o‘z tarkibiga arifmetik logik bloknni xam oladi va unda barcha operatsiyalarni bajarilishini tashkil etadi. OP operativ xotira operatsiyalarni bajarilishida oraliq natijalarni saqlab turish uchun xizmat kiladi. TXQ (tashqiy xotira) esa programma , berilganlar va natijalarni saqlash uchun qo‘llaniladi. Boshqarish pulti Boshkarish qurilmasiChiqarish qurilmasi esa operatsiyalarni bajarilishini boshlanishiga start beradi va operatsiyalar bajarilishini tashkil etadi. Kesh xotirasi informatsiya almashinuvini tezlashtirish uchun qo‘llaniladi. U arifmetik mantiqiy qurilma tarkibida tashkil etiladi. Bu sanab o‘tilgan ichki xotira qurilmalardan tashqari, ichki xotira tarkibiga kiruvchi registr qurilmasi xam mavjud. Kompyuter protsessoriga kiritilaѐtgan informatsiya birinchi navbatda registrga to‘planib, protsessor komandasi asosida keyingi qurilmaga uzatiladi. Ichki xotirlsh qurilmalarini texnik jixatdan ikki turgun xolatni saqlay oladigan fizik kurilma ѐki elektron sxemadan iborat. Ularni bir xolati ―0‖ ikkinchi xolat ―1‖ deb olinadi. Ikki turgun xolatga misol qilib quydagilarni keltirish mumkin: yacheyka zaryadlangan – zaryadlanmagan, sxemadan tok o‘tmoqda – tok o‘tmayapti, yacheyka magnitlangan – magnitlanmagan. Kompyuter tizimlarini tashkiy xotiralari informatsiyalarni saklash uchun qullaniladi. Ularda programmalar, berilganlar, olingan natijalar saqlanishi mumkin. Kattik disk, egiluvchan disk va magnit lentalarda informatsiyalarni ѐzib saklash magnit maydoni ta’sirida yacheykalarni magnitlanib qolishiga asoslangan. Lazer disklarda informatsiyalarni ѐzilishi va ѐzilishi optikaga asoslangan. Lazer nuri ѐrdamida plastik disk yulaklariga informatsiya ѐziladi, informatsiyani o‘qish esa qaytgan lazer nurini qayta ishlashga asoslangan. Flesh xotira esa qattiq jisimli maxsus strukturaga informatsiya ѐzishga asoslangan. Tashqiy xotirlash qurilmaslari bir birlaridan informatsiyalarni ѐzish va o‘qish tezligi, informatsiyani saqlash xajmi bilan farqlanadi. Operativ xotilash qurilmasini ko‘p xollarda RAM( Random Access Memory) deb ataladi. Birinchi kompyuterlar uchun ishlab chiqarilgan operativ xotiralar SDRAM (sinxronnoye dinamicheskoye OZU) deb atalib, yarim o‘tkazgichli kristallarni kichik yacheykalarni zaryadlanishiga asoslangan. Ularda tok oqishlari kuzatilishi borligi uchun ularni davriy zaryadlab turish zarur buladi. Ularni modullar sifatida tayѐrlanib, xar bir modulni xotirlash xajmi 16 - 256 Mbayt ni tashkil etishi mumkin. Ko‘pchilik xozirgi zamon kompyuterlari DIMM (Dual-In-line Memory Module ) – dinamik xotira modullari bilan ishlashga mo‘ljallangan. Xozirda qullanilaѐtgan kompyuterlarda Rambus DRAM (RIMM) i DDR DRAM deb ataluvchi tez ishlovchi xotirlash qurilmalari qo‘llanilmoqda. AR-o‘zgaritirishdan keyin quyidagi birlamchi ishlov berish amallarini bajarish lozim: dreyfni kompensatsiyalash; boshlang‘ich ma’lumotlarni saqlash; datchiklarning boshlang‘ich parametr-larini chiqish signalining o‘zgarish tezligi va ruxsat etilgan qiymatlari diapazonlariga mosligini tekshirish; boshlang‘ich ma’lumotlarning o‘rtacha qiymatlarini hisoblash (boshqalaridan ajralib turadigan «begona» qiymatlarni tashlab yuborish mumkin); raqamli filtrlashni qo‘llash; filtrlangan ma’lumotlarni saqlash. Raqamli filtrlashdan keyin bajariladigan amallar: o‘lchov birligini qayta hisoblash – masshtablash (lozim bo‘lganda); chiziqlantirish; ma’lumotlarga ishlov berishning boshqa turlari, masalan statistik tahlil; avtomatik tizimlarda – qaror qabul qilish uchun kirish ma’lumotlarini tahlil qilish, masalan boshqarish signallarini ishlab chiqishda. Boshlang‘ich ma’lumotlarning ishonchliligi va halokatli signallash. Bunda nafaqat shunchaki qiymatlar solishtiriladi, balki kritik qiymatga juda yaqin qiymatlar to‘plami halokatli signallar ishlab chiqilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Kirish kattaligi ikkinchi chegara qiymatni bosib o‘tgandagina halokatli signal ishlab chiqiladi. Ma’lumotlarga ishlov berishning boshqa amallari. Xatoliklarni ta’sirini kamaytirish uchun o‘lchashlarda ular o‘rtacha qiymat bilan olinadi. Masalan, ARO‘ signallar to‘plami uchun zaruridan 10 marta tez qilib dasturlangan bo‘lsa, unda qo‘pol qiymatlar interval bo‘yicha o‘rtacha qiymat bilan olinadi. O‘rtacha qiymatlarni topish vaqtida ushbu qiymatga mos bo‘lmagan, ya’ni juda katta yoki juda kichik qiymatlar tashlab yuboriladi. O‘lchashlardagi kirish signallar ko‘pincha dreyfni yoki datchiklarni kalibrlash xatoliklarini kompensatsiyalashni talab etadi. Shuning uchun kirish kuchaytirgichlari va ARO‘ lar sinovdan o‘tkaziladi va lozim bo‘lganda kuchlanishning ma’lum va aniq etaloni bo‘yicha kalibrlanadi. Hozirda kalibrlash jarayoni dasturiy ta’minot orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Ma’lumotlarni tahlil qilish uchun dasturiy ta’minot. Ma’lumotlarni filtrlash va tahlil qilish uchun tijorat dasturlari xilma-xil. Akademik va ilmiy faoliyatda keng qo‘llaniladiganlarida biri – bu MATLAB hisoblanadi. MATLAB – bu signallarga ishlov berish va ma’lumotlarni grafikli aks ettirish, ma’lumotlarni matritsali hisoblash va sonli tahlil qilishlarni umumiy muhitga birlashtiruvchi muhandislik paketi. Download 87.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling