O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomli toshkent davlat texnika universiteti


Download 427.36 Kb.
bet8/16
Sana18.06.2023
Hajmi427.36 Kb.
#1563065
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
16.03 Қодиров А

Vaqtinchalik yuklar inshootdan foydalanishning ma’lum davrlarida ta’sir qilmasligi mumkin.
Vaqtinchalik uzoq muddatli yuklarga inshoot zamini va konstruksiyasining deformatsiyasidan yoki harorat ta’siridan hosil bo‘ladigan gruntning (asosiy bosimdan tashqari) qo'shimcha bosimi hamda yig'ilib qolgan cho‘kindilar bosimi kiradi.
Qisqa muddatli yuklarga — kemalardan hosil bo'ladigan yuklar, to’lqin , shamol, qor va muzlar ta’siridagi yuklar; transport hamda ko'tarish mexanizmlaridan hosil bo'lgan ko'taruvchi kuchlar; oquvchan jismlar ta’siridagi yuklar; inshootni normal foydalanish davridagi gidravlik zarba bosimi; bosimli va bosimsiz vodovodlardagi pulsatsiya yuklanishlari kiradi.
Maxsus yuklar jadallashgan (maksimal) dimlangan sathda betonli, temir-betonli konstruksiyalarining qurilish choklarida va hisobiy kesimlaridagi qo'shimcha suvning gidrostatik bosimi hamda qarshi bosimi; filtratsiyaga qarshi va drenaj qurilmalari normal ishlamaganda qo'shimcha filtratsiya bosimi; seysmik ta’sirlar, to'liq yuklarni tashlaganda gidravlik zarba bosimi; harorat va namlik ta ’sirlari kiradi.
Demak, kelib chiqishi va fizik tabiati bo'yicha kuchlar (yuklar) quyidagilarga bo'linadi:

  1. inshootning o'z og'irligi va undagi qurilmalar (ko'priklar, zatvorlar, har xil ko'tarib-tushirish mexanizmlari, transformator, gidroagregatlar va b.);

2) normal dimlangan sathda suvning statik, dinamik, to'lqinsimon, filtratsiya, muallaq va pulsatsiya bosimlari;
3) tog’ bosimi, zamin va qirg'oqlardagi grunt bosimi hamda inshootning yuqori biefidagi cho'kindilar bosimi;
4) muzlardan hosil bo’ladigan yuklar va ta’sirlar — statik (muz qatlamining kengayishi) hamda dinamik (muzli oqimlarda muzlarning urilishi);
5) shamol bosimi;
6) qor bosimi;
7) transport va ko‘taruvchi mexanizmlardan hosil bo’ladigan kuch;
8) kemalardan hosil bo’ladigan yuklar;
9) yer qimirlashda paydo bo’ladigan seysmik ta’sirlar;
10) yuklardan, transport vositalaridan hosil bo’ladigan vaqtinchalik har xil kuchlar.

Download 427.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling