O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomli toshkent davlat texnika universiteti


Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta'minlash quyidagi asosiy talablarga binoan amalga oshiriladi


Download 427.36 Kb.
bet7/16
Sana18.06.2023
Hajmi427.36 Kb.
#1563065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
16.03 Қодиров А

Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta'minlash quyidagi asosiy talablarga binoan amalga oshiriladi:
gidrotexnika inshootlari xavfining yo‘l qo‘yiladigan darajasini ta'minlash;
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi deklaratsiyalarini taqdim etish;
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini davriy tekshirish va deklaratsiyalash;
gidrotexnika inshootlaridan foydalanishning uzluksizligi;
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta'minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, shu jumladan, ularning xavfsizligi mezonlarini belgilash, gidrotexnika inshootlarining holatini doimiy nazorat qilish maqsadida ularni texnika vositalari bilan jihozlash, gidrotexnika inshootlariga zarur malakaga ega bo‘lgan xodimlar xizmat ko‘rsatishini ta'minlash;
gidrotexnika inshootlarida favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelish xavfini eng ko‘p darajada kamaytirish tadbirlar majmuini oldindan o‘tkazish.
Gidrotexnika inshootlarining loyihachilari quyidagilarga majburdir:
yangi gidrotexnika inshootlarining qurilishini va amaldagi gidrotexnika inshootlarining rekonstruksiyasini loyihalashtirishni Shaharsozlik kodeksiga muvofiq bajarishga;
qonun hujjatlariga muvofiq, mulkchilik shaklidan qat'i nazar, gidrotexnika inshootlarini qurish (rekonstruksiya qilish) uchun loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazilishida qatnashishga;
xavfsizlik rejimida va kerak bo‘lganda kaskad rejimida gidrotexnika inshootlaridan foydalanish qoidasini ishlab chiqishga.
Inshootlarga ta’sir etadigan kuchlar va yuklar
Qurilish konstruksiyalari, bino zaminlari va inshootlarni loyihalashda doimiy va vaqtinchalik (uzoq va qisqa muddatli muhim ) yuklar hamda ta’sirlar (harorat, namlik, seysmik) va boshqalar hisobga olinadi.
Doimiy yuklar o'zining me’yoriy va undan yuqori qiymatlarida inshoot qurilishi hamda uni foydalanish davrida doimiy ta’sir qiladi. Doimiy yuklarga inshootning o‘z og‘irligi va undagi doimiy qurilmalar (transformator, gidroagregat va b.); tog’ bosimi, yuzaga ta ’sir qiluvchi grunt bosimi; normal dimlangan sathda filtratsiyaga qarshi hamda drenaj qurilmalar; kesimlardagi beton, temir-beton konstruksiyalarining qurilish choklaridagi gidrostatik, filtratsiya va g'ovaklardagi suv bosimi hamda qarshi bosim kiradi.

Download 427.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling