O‘zbеkiston rеspublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti


Download 0.62 Mb.
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1568510
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ММ 53 2 Hoshimov Sardor INNOVATSIYA FAOLIYATINI MOLIYALASHTIRISH (2)

O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Oliy xo’jalik sudining raisi, Bosh prokurori, surishtiruv va tergov organlarining rahbarlari nomiga yo’llangan parlament so’rovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taaluqli bo’lishi mumkin emas;

.

Parlament so’rovlari bo’yicha axborot Senat majlisida muxokama qilinishi mumkin. Senat muhokama yakunlari bo’yicha qaror qabul qiladi.

Senat tomonidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish sohasidagi boshqa vakolatlari quyidagilardan iborat:

Senat har yili o’z majlisida O’zbekiston Respublikasi Hisob Palatasining hisobotini mazkur masala yuzasidan Qonunchilik palatasining qarori Senatga kelib tushgandan keyin eshitadi va muhokama qiladi;

Senatning O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotlari yuzasidan qarorlari mazkur qarorlar qabul qilingandan e’tiboran 10 kun ichida Qonunchilik palatasiga yuboriladi;

O‘zbekiston Respublikasida Oliy Majlis palatalari tomonidan amalga oshirilayotgan parlament nazoratining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi:

birinchidan, O‘zbekiston qonunlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari ijrosi ustidan nazoratni.;

ikkinchidan, O‘zbekiston Prezidentining muhim siyosiy masalalar bo‘yicha farmonlarini tasdiqlash orqali nazoratni amalga oshirishni;

uchinchidan, davlat budjetini tasdiqlash va uning ijrosini nazorat qilishni

; to‘rtinchidan, inson huquqlariga rioya qilinishi sohasidagi nazoratni;

beshinchidan, davlat organlarini shakllantirish va mansabdor shaxslarni saylash, tayinlash yoki tasdiqlash yo‘li bilan nazorat shaklini amalga oshirishni;

oltinchidan, parlament oldida hisobdor organlar va mansabdor shaxslarning hisobotlarini tinglash va ular faoliyati yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilish orqali nazoratni amalga oshirishni o‘z ichiga oladi.

.

Davlat budjeti loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqilayotganda u fraksiyalarning, deputatlar guruhlarining, Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining kelib tushgan mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda maromiga yetkazish uchun Vazirlar Mahkamasiga yuborilishi mumkin. Vazirlar Mahkamasi Davlat budjeti loyihasini maromiga yetkazadi va uni Qonunchilik palatasi qayta ko‘rib chiqishi uchun kiritadi. Davlat budjetining loyihasi bo‘yicha qaror Qonunchilik palatasi tomonidan joriy yilning 15 noyabridan kechiktirmay qabul qilinishi kerak. Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan Davlat budjeti ko‘rib chiqish uchun Senatga yuboriladi. Senatga kelib tushgan Davlat budjeti Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqiladi. Davlat budjeti yuzasidan qaror Senat tomonidan joriy yilning 15 dekabridan kechiktirmay qabul qilinishi kerak.


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling