O‘zbеkiston rеspublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti


Download 0.62 Mb.
bet4/6
Sana18.06.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1568510
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ММ 53 2 Hoshimov Sardor INNOVATSIYA FAOLIYATINI MOLIYALASHTIRISH (2)

Qonunchilik palatasining, Senatning qo‘mitalari ish rejalariga, Qonunchilik palatasining, Senatning hamda ular kengashlarining qarorlariga muvofiq o‘z majlislarida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining ular tomonidan qonunlarga rioya etilishi, Qonunchilik palatasi, Senat, ularning kengashlari va qo‘mitalari qarorlarining bajarilishi to‘g‘risidagi axborotini eshitishi mumkin. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish yakunlari bo‘yicha Qonunchilik palatasining, Senatning qo‘mitalari qarorlar qabul qiladi, qarorlar tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organiga yuboriladi.

Qonunchilik palatasining, Senatning qo‘mitalari o‘z ish rejalariga muvofiq vaqti- vaqti bilan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qonunlarning, Qonunchilik palatasi va Senat qarorlarining ijrosi holatini, huquqni qo‘llash amaliyotini joylarga chiqib o‘rganadi. Qonunchilik palatasining, Senatning qo‘mitalari, shuningdek Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a’zolari o‘rganish davomida davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan hujjatlarni, ekspert xulosalarini, statistika ma’lumotlarini va boshqa ma’lumotlarni so‘rab olishi va axborotini eshitishi, shuningdek o‘rganish natijalarini Qonunchilik palatasi, Senat ko‘rib chiqishi uchun kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.

Komissiya parlament tekshiruvini o‘tkazishda quyidagilarga haqli:

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining vakillarini, mutaxassislar, ekspertlar va olimlarni komissiya ishiga jalb etish;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan, boshqa tashkilotlardan, shuningdek fuqarolardan zarur ma’lumotlarni so‘rab olish;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslarini, shuningdek fuqarolarni tushuntirishlar berish uchun taklif qilish.

Komissiya bajarilgan ish to‘g‘risida Oliy Majlis palatalari tomonidan belgilangan muddatda ularni xabardor qiladi.

                  • O‘zbekiston Respublikasida pul vakredit tizimini mustahkamlash choratadbirlarini amalga oshirishga ko‘maklashadi, yagona narx siyosatini o‘tkazish, mehnatga haq to‘lash miqdorining belgilangan kafolatlarini hamda ijtimoiy ta’minot darajasini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqbol ko‘rsatkichlarini va eng muhim dasturlarini ishlab chiqishni hamda ularning ijrosini tashkil etadi;
  • boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat vaxo‘jalik boshqaruvining boshqa organlarini tuzish, qayta tashkil etish va tugatish to‘g‘risida takliflar ishlab chiqadi;
  • fan va texnikani rivojlantirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish chora-tadbirlariniamalga oshiradi;
  • fuqarolarning huquq va erkinliklarini, ularning mehnat qilishga, ijtimoiy va huquqiy himoyalanishga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash hamda himoya qilish chora-tadbirlarini ko‘radi, ijtimoiy ta’minot tizimini takomillashtiradi;
  • sog‘liqni saqlash, xalq ta’limini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi, madaniyatni rivojlantirishga ko‘maklashadi;
  • O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi va mudofaa qobiliyatini, davlat chegaralari qo‘riqlanishini ta’minlash, davlat manfaatlarini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash chora-tadbirlarini amalga oshirishga yordamlashadi;
  • davlat boshqaruvi organlarining tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini birgalikda o‘tkazish hamda respublika va xalqaro, ahamiyatga molik yirik ekologik dasturlarni amalga oshirish borasidagi ishlarini muvofiqlashtiradi, yirik avariyalar va falokatlarning, shuningdek, tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish choratadbirlarini ko‘radi;
  • O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardagi vakilligini ta’minlaydi, hukumatlararo shartnoma vabitimlar tuzadi, ularni bajarish chora-tadbirlarini ko‘radi;
  • tashqiqtisodiy faoliyat, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik sohasida rahbarlikni amalga oshiradi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling