O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
Sirtqi ta`lim yo`nalishi
3-bosqich S0603-20 guruhi talabasi
Xakimova Zarnigor
Jahon tarixi o`qitish metodikasi fanidan
“Fransiyadagi Ikkinchi imperiyaning mohiyati mavzusini o‘qitishda pedagogik texnalogiyalarni o‘rni” mavzusida tayyorlagan
KURS ISHI
Tekshirdi: _______________________
MUNDARIJA
KIRISH
I BOB. FRANSIYADA IKKINCHI IMPERIYANING O‘RNATILISHI
Ikkinchi imperiya davrida Fransiya
Fransiyaning ikkinchi imperiya davridagi ijtimoiy-siyosiyahvoli.
1.3 Ikkinchi imperiya davrida ijtimosyosiy harakatlar va imperiyaning inqirozi
1.4 Ikkinchi imperiyaning Fransiya tarixida tutgan o`rni va tarixiy ahamiyati.
II BOB. TARIX O‘QITISH METODIKASIDA PEDAGOGIK TEXNALOGIYALAR
2.1 Tarix o‘qitish metodikasida pedagogik texnalogiyalardan foydalanish
2.2 Interfaol pedagogik texnalogiyalar
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Tarix tafakkur mahsuli. O’tmishda yuz bergan har bir hodisa ma’lum ma’naviy ruhiy, ijtimoiy- siyosat tasirida yuz bergan.
Insoniyat tarixida feodal jamiyatda shaxsiy erkinlik vakolati cheksiz darajali jamiyat bo’lmagan. O’rta asrlarda feodal huquqlarining umumiy talablariga bo’ysungan vassal o’z xo’jaynidan boshqa hech kimni tan olmas edi.
Islom Karimov takitlaganidek: “Xalqlarning ozodlik, mustaqillik, baxt – soadatga azaliy intilishi o’z, hayotidagi chuqur o’zgarishlarni harakatga keltiruvchi kuchdir ” .1
Kurs ishning dolzarbligi bir qancha sabablar bilan izohlanadi:
- birinchidan, XVII asrda Fransiyadagi milliy – ozodlik jarayoning borishi va fransuz xalqining bosqinchilarga qarshi milliy – ozodlik harakati fransuz tarixshunosligada alohida o’rin to’tadi;
- ikkinchidan, Fransiyada siyosiy markazlashuv jarayoning xususiyatlari va amalga oshirilishi o’sha davr siyosiy muhiti uchun katta ahamiyat kasb ettirdi;
- uchunchidan, XVIII asrda Fransiyada siyosiy tuzum va iqtisodiy hayot boshida G’arbiy Yevropa davlatlariga nisbatan ancha revojlangan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |