O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim fan va innovatsiyalar vazirligi


JM Oʻzbekiston, MAN, ISUZU va yangi ochilayotgan korxonalar infratuzilmasi


Download 1.46 Mb.
bet7/9
Sana18.06.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1577581
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi madina1

4. JM Oʻzbekiston, MAN, ISUZU va yangi ochilayotgan korxonalar infratuzilmasi.
O’zbekistonda GMUzbekistan (shevrolet turkumi), MAN Uzbekistan ( yuk avtomobillari ishlab chiqarish ), San Avto ( “Isuzu” ) korxonalar muvaffaqiyatli faoliyat olib borilmoqda. Bu holat avtotransport vositalariga bilan shaxsiy tijoriy talabning ortib boryotganinidan dalolatdir.
Mamlakatimiz iqtisodiyotidayuz berayotgan jiddiy sifat o’zgarishlari alohida e’tiborga sazovordir.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-maydagi ,,Mashinasozlik va elektrotexnika maxsus sanoat xabi'' maxsus sanoat zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risidagi PQ-5128-son qarori, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ,,Avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid '' PQ-4397-son qarorlarining izchil amalga oshirilishi natijasida sanoat tarkibida yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan, raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarishi tobora ortib bormoqda. Samarqanddagi “SamAvto” zavodida tayyorlanayotgan “Isuzu” rusumli avtobuslar, yuk avtomobillari, ixtisoslashtirilgan transport vositalari – avtofurgonlar, suv tashish, sut tashish, chiqindi tashish mashinalari, avtominoralar, evakuatorlar ishonchliligi va foydalanishda qulayligi bilan xaridorlarga manzur bo‘lmoqda. “JV MAN Auto – Uzbekistan” qo‘shma korxonasida esa zamonaviy yuk tashish avtomobillari ishlab chiqarilmoqda.
MAN yuk avtomobillari Samarqandda ishlab chiqarilmoqda. U 2009 yil avgustida tashkil etilgan "JV MAN Auto-Uzbekistan" qo'shma korxonasining birinchi mahsulotidir. Qo'shma korxona "O'zavtosanoat" AJ va Gеrmaniyaning MAN Nutzfahrzeuge AG" kontsеrni hamkorligida tashkil etilgan bo'lib, bunda o'zbеk tomoniga 51foizli, nеmislar tomoniga esa 49 foizli ulush to'g'ri kеladi.
Mazkur qo'shma korxona "MAN SE" kompaniyalar guruhining MDH dav-latlari hududida tashkil etilgan birinchi zavodidir.
"O'zbеkiston Markaziy Osiyoda stratеgik pozitsiyalarni egallashi bilan MAN uchun muhim ahamiyat kasb etgan. Bizning munosabatlarimiz 18 yildan ziyod vaqtdan bеri davom etib kеlmoqda va u muqim asosga ega", – dеdi "MAN SE" kompaniyalar guruhi boshqaruv raisi Xokan Samuelson.
Aytish kеrakki, "MAN Nutzfahrzeuge AG" MAN kompaniyalar guruhining jahon bozorida rеlssiz transport vositalari ishlab chiqaruvchi va transport muammolarini hal etish yo'llarini ishlab chiquvchi еtakchi korxonalardan biri hisoblanadi. U turli maqsadlarga xizmat qiladigan yuk avtomobillari, yo'lovchi va sayyohlarni tashishga mo'ljallangan avtobuslar, shuningdеk, og'irligi 250 tonnnagacha bo'lgan maxsus transport vositalarini ishlab chiqaradi.
Umuman olganda, "MAN Nutzfahrzeuge AG" ning dunyo bo'ylab 30 ga yaqin asosiy sho'ba korxonalari mavjud. Avstriya, Polsha, Turkiya, Janubiy Afrika, Saudiya Arabistoni kabi davlatlarda "MAN Nutzfahrzeuge AG" kompaniyasining sho'ba korxonalari ishlab turibdi. "MAN Nutzfahrzeuge" kompaniyasi ilg'or Еvropa tеxnologiyalari va tеgishli tеxnik xizmat ko'rsatishni tatbiq etishdan tashqari, "JV MAN Auto-Uzbekistan" mahsulotlarini o'zining distribyutorlik tarmoqlari orqali MDH davlatlariga eksportga chiqarishga ham ko'mak bеradi.
Bundan yigirma yil avval, 1999 yil mart oyida Samarqand shahrida zamonaviy avtobuslar ishlab chiqarilib, Samarqand avtomobil zavodining tijoriy faoliyati boshlangan edi. Dastlab Turkiyaning “Koch” kompaniyasi bilan hamkorlikda zavodda 2 rusumdagi avtobus, 3 rusumdagi yuk tashish avtomobillari tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
Keyinchalik “SamAvto” mas’uliyati cheklangan jamiyati Yaponiyaning “ISUZU Motors” kompaniyasi va “Itochu corporation” korporatsiyasi bilan hamkorlik o‘rnatdi. Ayni paytda Samarqand avtomobil zavodida shahar ichida va shahardan tashqarida harakat qilishga mo‘ljallangan 7 turdagi zamonaviy avtobuslar, 36 xil yuk va maxsus avtomobillar tayyorlanmoqda.
Eng muhimi, o‘tgan davrda samarqandlik avtomobilsozlar o‘z milliy mahsuloti – LE60 past shasseli shahar avtobusini yaratib, uni keng ko‘lamda ishlab chiqarmoqda.
Bugungi kunda korxonada 1200 dan ortiq kishi mehnat qilmoqda. Shu paytgacha zavodda 33 ming 700 dan ortiq avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqarildi. Ushbu transport vositalari yurtimizda ushbu turdagi avtobus va yuk mashinalariga bo‘lgan ehtiyojni qondirish barobarida Markaziy Osiyo davlatlari hamda Rossiya, Ozarbayjon, Gruziyaga eksport qilinmoqda.
Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov zavod jamoasi va xorijlik hamkorlarni korxona tashkil etilganligining 20 yilligi bilan tabrikladi. “SamAvto”ning mamlakat iqtisodiyotida tutgan o‘rnini e’tirof etdi va zavod rahbariyatiga viloyat hokimligining esdalik sovg‘asini topshirdi.
Shuningdek, marosimda “ISUZU Motors” kompaniyasi va “Itochu corporation” korporatsiyasi vakillari so‘zga chiqib, samarqandlik avtomobilsozlar bilan hamkorlik ular uchun har tomonlama manfaatli ekanligini ta’kidlab, kelgusida ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish va mahsulot turini yanada ko‘paytirishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildi.
Tantanali marosimdan so‘ng, yaponiyalik hamkorlar Samarqand viloyati hokimligi va “O‘zavtosanoat” kompaniyasi vakillariga “ISUZU Motors” kompaniyasining “D-MAX” avtomobilini ko‘rsatib, kelgusida zavodda ushbu turdagi avtomashinalarni ham ishlab chiqarish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling