O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim fan va innovatsiyalar vazirligi


Oʻzbekiston mashinasozlik sanoatining tarmoqlari boʻyicha monitoring


Download 1.46 Mb.
bet4/9
Sana18.06.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1577581
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi madina1

3. Oʻzbekiston mashinasozlik sanoatining tarmoqlari boʻyicha monitoring.
Mashinasozlik majmuasi-iqtisodiyotning barcha sohalari uchun mashina vauskunalar ishlab chiqaruvchi, aholini televizor, muzlatkich singari xilma-xil iste’mol buyumlari bilan ta’minlovchi sanoat tarmog’i uyg’unligidir.



Metallurgiya mashinasozligi
Kimyo mashinasozligi
Energetika mashinasozligi

Avtomobilsozlik
Temiryo'l mashinasozligi
Samolyotsozlik




Mashinasozlik tarmoqlari








Radioelektronika
Elektron hisoblash mashinalari
Elektrotexnika

Qishloq xo'jaligi mashinasozligi
Traktorsozlik
Turli tarmoqlar uchun mashinalar

2-rasm. O'zbekiston mashinasozligi tarmoqlari.



Mashinasozlik buyumlari murakkab dastgohlar vositasida, yuqori malakali
mehnat evaziga yaratiladi. O‘rta hisobda har bir mashinaning tannarxi unga sarflangan
xomashyo – metall tannarxidan yuzlab marta ortiq bo‘ladi.
Mashinasozlikning turli tarmoqlari bir xil miqdorda metall ishlatmaydi.
Agar bir dona mashinani yasash uchun ko‘p metall (yoki boshqa material
ko‘p) kerak bo‘lsa, bunday mashinasozlikni ko‘p metall yoki ko‘p material
talab qiluvchi mashinasozlik deyiladi. Kon va metal lur giya asbobuskunalar
i, temiryo‘l vagonlarini ish lab chi qarish bunga misol bo‘ladi.
Shunday qilib, sarf qili nadigan material va malakali mehnat miq dori, xomashyo
hamda tay yor ma shi na larni tashish sharoiti mashinasozlik zavodlarini:
a) transport magistrallari; b) malakali kadrlar; d) iste’molchilar; e) yirik metal -
lurgiya korxonalari mavjud yerlarda joylashtirish tamoyillarini belgilab
beradi.
O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun an’anaviy ixtisosli sohalar hisoblangan paxta,
pilla, kanop yetishtirish va ularni qayta ishlash qo‘l mehnatini ko‘p talab qiladi.
Shu sababli qishloq xo‘jaligining ixtisoslashgan sohalarini mexanizatsiyalashni
ta’minlovchi, ya’ni yer haydash, ekin ekish va ishlov berish, hosilni yig‘ib olish
hamda tayyor xomashyoni qayta ishlashda qo‘llanadigan mashina va asboblar
ishlab chiqaradigan qishloq ma shinasozligi tarmoqlari vujudga keldi. Bu zavodlar paxtachilik uchun traktor seyalkalari, kultivatorlar, g‘o‘zapoya
yuladigan, ko‘rak teradigan va chuviydigan, o‘g‘it aralashtira digan, qishloq
xo‘jaligi zararkunandalarini yo‘qotishda zaharli moddalarni purkaydigan
mashinalar ishlab chiqaradi. 1994-yilda O‘zbek–Isroil qo‘shma korxonas
ida paxta teradigan mashinaning yangi modeli yaratildi.
Suv omborlari, kanallar qurilishi va ularni loyqadan tozalashda, suvni
yuqoriga ko‘tarishda, umuman, irri gatsiyada qo‘llaniladigan mashinalar
ishlab chiqaruvchi irrigatsiya mashinasozligi ham agrosanoat majmuasi
ehtiyojiga ko‘ra vujudga keldi. Irrigatsiya mashinasoz ligining markazi
Andijon viloyati hisoblanadi.
Paxtachilik rivojlangani sayin trak tor lar ga, paxta tashiydigan mashina va me xanizmlarga ehtiyoj orta bordi. Shuning uchun Toshkent traktor
zavodi – TTZda universal traktorlar, paxtani qop-qanorsiz tashishga
mo‘ljallangan ag‘darma tirkamalar ishlab chiqarila boshlandi.
Toshkent, Andijon, Samarqand va Kattaqo‘rg‘onda paxta tozalash
hamda yog‘ sanoati uchun mashina va uskunalar ishlab chiqaruvchi mash
inasozlik zavodlari joylashgan. Milliy iqtisodiyotda, ayniqsa, qishloq
xo‘jaligida mashina va mexanizmlar ko‘plab qo‘llanilayotganidan ularga
ehtiyot qismlar yetkazib beradigan hamda sozlaydigan korxonalar deyarli
barcha viloyatlarda barpo etilgan. Samarqanddagi «Paxtamash» zavodi
ehtiyot qismlar ishlab chiqaradigan korxonalarning eng yirigidir.
Bog‘dorchilik, uzumchilik va polizchilikda qo‘llaniladigan mashina va
moslamalar «O‘rta Osiyoqishloqmash» birlashmasida ishlab chiqarilmoqda.
O‘tgan asrning o‘rtalaridan boshlab elektrotexnika sanoati alohida tarmoq
tarzida shakllandi. O‘ndan ortiq elektrotexnika zavodlari ishladi. EHM ishlab
chiqaradigan «Algoritm» zavodiga asos solindi. EHM uchun mikroelektronika elementlari, mikro sxemalar, masofadan turib boshqarish sistemalari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradigan «Zenit» zavodi ishga tushirildi.1990-yilda konsern «O‘zeltex sanoat» uyushmasiga aylantirildi. Uyushma tarkibida 50 dan ortiq korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Uyushma korxona lari bilan Rossiya, Turkiya, Janubiy Koreya, AQSH, Singapur va boshqa mamlakatlar firmalari hamkorligida 20 dan ortiq qo‘shma korxonalar tashkil etildi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling