O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim fan va innovatsiyalar vazirligi


Radioelektronika va elektrotexnika


Download 1.46 Mb.
bet5/9
Sana18.06.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1577581
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi madina1

Radioelektronika va elektrotexnika respublika mashinasozlik majmuasining jadal rivojlanuvchi, istiqbolli tarmog‘i. Mamlakatimizda oltin, kumush, mis, rux, kremniy, volfram, kaolin, kvars qumi, uran xomashyosi kabi nodir ruda konlari hamda yetarlicha ishchi kuchi mavjudligi tarmoqning barqaror rivojlanishini ta’minlaydi.
Hozirgi vaqtda mashi na sozlik tarmoqlarida 100 mingga yaqin kishi mehnat qilmoqda.
To‘qimachilik sanoatining yuksalishi xomashyogagina bog‘liq bo‘lmay uni zamonaviy to‘quv dastgohlar, asbob-uskunalar bilan ta’minlashga ham bog‘liqdir. Bunday jihozlarni «O‘zbek to‘qimachilikmash» birlashmasida ishlab chiqariladi. Birlashma korxonalari Toshkent, Qo‘qon, Jizzax shaharlarida joylashgan.
Kimyo va neft-kimyo mashinasozligi 1941-yilda tashkil topgan. Uning yirik korxonasi Chirchiq shahridagi «O‘zbek kimyomash» zavodi dastavval kimyo, mikrobiologiya, selluloza-qog‘oz sanoati korxonalari uchun uskuna-jihoz ishlab chiqarar edi. Hozirda kimyo uskunalari, turbokompressorlar, ventilatorlar, nasoslar ishlab chiqarmoqda. Toshkent «Kompressor» zavodida qo‘shma kompres sor stansiyalar ishlab chiqariladi. Naman ganda
esa neft va gaz quduqlari uchun jihozlar ishlab chiqariladi.
Kommunal xo‘jaligi mashinasozligi tarmog‘ida Samarqand liftsozlik zavodi ishlamoqda. Zavodda yo‘lovchi va yuk liftlari, yog‘ochga ishlov beradigan stanoklar ishlab chiqariladi.
Mashinasozlik korxonalarining is tiqboli va hududiy joylashuvini inson omili belgilaydi. Qishloq aholisini ish bilan ta’minlash maqsadida mashina qismlarini ishlashga ixtisoslashgan kichik korxonalar qishloqlarda barpo etilmoqda.
O‘tgan asr o‘rtalarigacha O‘z be ki s ton ma shinasozligi faqatgina qishloq xo‘jaligi mashinalari ishlab chiqargan va ularni ta’mirlash hamda paxtani qayta ishlovchi korxonalarga mashina va uskunalar yetkazib bergan edi. Endilikda esa mashinasozlik majmuyining yarmigina agrosanoat majmuasi bilan bog‘liq.
Keyingi davrlarda O‘zbekiston mashinasozligida an’anaviy tarmoqlarni rivojlantirish bilan bir qatorda oz metall va ko‘p mehnattalab tarmoqlar jadal rivojlandi. Natijada ko‘p tarmoqli mashinasozlik tarkib topdi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling