O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti
Download 247.5 Kb.
|
Kurs ishi Shahlo
- Bu sahifa navigatsiya:
- KURS ISHI Tekshirdi. Lutfullayev Jahongir Amirivich MUNDARIJA KIRISH I BOB. YORDAMCHI SO‘ZLAR
- XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI Bo‘shlamg‘ich ta’lim va sport ishlari yo‘nalishi Sirtqi bo‘lim 2-bosqich 509 guruhi talabasi Tursunmurodova Shahlo Ona tili marfalogiya fanidan “Ko‘makchi va uning vazifasi haqida ma’lumot” mavzusida tayyorlagan KURS ISHI Tekshirdi. Lutfullayev Jahongir Amirivich MUNDARIJA KIRISH I BOB. YORDAMCHI SO‘ZLAR 1.1 Yordamchi so‘zlar haqida ma’lumot 1.2 Yordamchi so‘zlarning turlari II BOB. KO‘MAKCHI VA UNING VAZIFASI 2.1 Ko‘makchi haqida umumiy ma’lumot 2.2 Ko‘makchining turlari va uning vazifalari 2.3 Boshlang‘ich sinflarda ko‘makchi mavzusini o‘qitish metodlari XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH Ta`limning uzviyligi va uzluksizligi amalda bo'lgan bugungi kunda barcha sohalarni yangi sifat bosqichiga o'tishi zaruratga aylanmoqda. Xususan,“O‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash, O‘zbekistondagi millat va elatlarning tillarini saqlash va rivojlantirish, davlat tili sifatida o‘zbek tilini o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratish, o‘zbek tili va til siyosatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalish va vazifalarini hamda istiqboldagi bosqichlarini belgilash maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 oktyabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-son Farmoniga muvofiq “2020-2030 yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiya” sining tasdiqlanishi mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga erishish; ta’lim tashkilotlarida davlat tilini o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish, uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish”1 ga qaratilganligi soha mutaxassislari uchun kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalarni qo‘ydi. Ta'lim rus va boshqa mahalliy tillarda olib boriladigan oliy ta'lim muassasalarida o‘zbek tilini o‘qitish ijtimoiy fanlar ichida muhim o‘rin tutadi. Boshqa millat vakillarining davlat tili hisoblangan o‘zbek tilini puxta egallashlari, milliy, madaniy qadriyatlarni o‘rganish va ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lishlarini taqozo etiladi. O‘zbekistonda yashab, o‘qish va ishlash jarayonida mahalliy millat vakillari bilan teng munosabatda bo‘lib, barcha sohalarda erkin fikr almashish hamda mutaxassisliklari doirasida davlat tilida ish yuritish uchun o‘zbek tilini yetarli darajada egallashlari ko‘zda tutiladi. Ma’lumki, 5210200 – Psixologiya (Sport), 5230200 – Menejment (Sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish) ,5230200 – Menejment (Jismoniy tarbiya va sport menejmenti), 5112300 – Maktabgacha va boshlang‘ich jismoniy tarbiya va sport ta’limi, 5230400 – Marketing (Sport), 5610500 – Sport faoliyati (faoliyat turlari bo’yicha), 5610500 – Sport faoliyati (adaptiv jismoniy tarbiya va sportyo’nalishlarida "O'zbek tili" fanidan amaliy mashg'ulotlar rejalashtirilgan. Amaliy mashg'ulotlarda o'qitishning eng ilg'or pedagogik texnologiyalaridan, xususan, ilmiy-nazariy tafakkurni shakllantirishga yo'naltirilgan metodilardan foydalangan holda talabalarning "O'zbek tili" fanidan mashg'ulotlarda egallangan bilimlarini nazorat qilish, uni mustahkamlash ko'zda tutiladi. "O'zbek tili" fanidan rejalashtiriladigan amaliy mashg'ulotlar talabalarning amaliy bilimlarini nazorat qilish vositasi bo'libgina qolmay, ayni vaqtda ularning bilim doirasini kengaytirish, nazariyani amaliyotga tatbiq etish, fikrni mustaqil bayon eta olish malakasini shakllantirish omili hamdir. Ta'lim rus va boshqa mahalliy tillarda olib boriladigan oliy ta'lim muassasalarining birinchi bosqichida o‘zbek tili o‘quv fani bo‘yicha shu bosqich uchun belgilangan nutqiy ko‘nikmaga, leksik-grammatik bilimlarga ega bo‘lishlari, mustaqil ravishda o‘zbek tilida fikr yurita olish uchun til materiali va vositalaridan bakalavriat bosqichi hajmida va ungacha bo‘lgan davrda o‘rganilgan materiallar hajmida to‘g‘ri va mustaqil foydalana bilishlariga erishishlari lozim. "O‘zbek tili" fanini o‘qitish konsepsiyasi shu til bo‘yicha egallanadigan nutqiy faoliyatning asosiy to‘rt turi: gapirish, nutqni tinglab tushunish, o‘qish va yozish amallari bo‘yicha taqozo etiladigan malaka va ko‘nikmalar me'yorini belgilab beradi. Bunda o‘qishda, mehnat jarayonida va oilada, jamoat joylarida yuzaga keladigan turli nutqiy vaziyatlarda mustaqil ravishda fikr almasha olish va fikr bayon eta bilish, eshitilgan materialni idrok etish, shuningdek, yozma manbalarni o‘qish orqali axborot olish, voqea-hodisalarga o‘z munosabatini bildirish, ixtisoslik leksikasini o‘zlashtirish, o‘z kasbi doirasida davlat tilida ish yuritish mumkin. Download 247.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling