O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
BIOLOGIYA YO‘NALISHI
3-kurs 20.67- guruh talabasi
Maxmutaliyeva Mohichehra Alisherjon qizining
Genetika va genomika asoslari fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Noallel genlarning ta’sirida belgilarning irsiylanishi (polimeriya)
Topshirdi: __________ _________________
Qabul qildi: __________ ________________
2022-2023-o‘quv yili
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………..…..………….…3
I BOB TUR ICHIDA DURAGAYLASHDA IRSIYAT QONUNLARI….....…5
1.1. Diduragay chatishtirish …………………….....……………………...………11
1.2. Genlarning o‘zaro ta’siri …………………………………………..….......….15
II BOB. POLIMERIYA ………...………...…………………………………….20
2.1. Polimeriya uning xillari …………………..……………………………...…..20
2.2. Polimeriyaga oid masala ishlash usullari ……………………...………..…...23
2.3. Polimeriyaga oid masalalar ………………………………....…………….…25
XULOSA………………………………………………………………………....34
ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………………………………….……….……36
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Ilm-fan bilan shug‘ullanish bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi. Prezidentimiz aytganlaridek, “Bir narsani bilishimiz kerak: ilmsiz, innovatsiyasiz oldimizga qo‘ygan maqsadlarga hech qachon erisha olmaymiz.”1
Shundan kelib chiqadiki, genetika fani ham juda ko‘p innovatsion natijalarga erishish mumkin bo‘lgan fandir. Ushbu mavzuni o‘rganish va yangi tushuncha, ko‘nikma va bilimlarga ega bo‘lish lozimligi mavzuning dolzarbligini belgilab beradi.
XIX asr oxirida hujayraning tuzilishini va fiziologiyasini o‘rganish, jinsiy hujayraning hosil bo‘lishini o‘rganish, xromosomalar doimiyligini bilish ishlari olib borildi. Irsiyatning moddiy asosi hujayra yadrosidagi xromatin ekanligi aniqlandi. Konyugatsiyalashni aniqladi va ulardan biri ota va ikkinchisi ona xromosoma ekanligi aniqlandi.
Irsiyatning xromosoma ta’limoti jinsi aniqlash va uning rivojlanishi bilan bog‘liq masalalarni yechishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Polimer ta’sir - allel bo‘lmagan bir xildagi bir nechta genning bitta belgining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishiga aytiladi. Bunday genlar yig‘indisi ko‘p bo‘lsa, organizm belgilari kuchli rivojlanadi, kam bo‘lsa sekin rivojlanadi. Polimer hodisa organizmning miqdoriy belgilarida uchraydi. Misol: hayvonlar og‘irligi, o‘simliklar bo‘yi, tarkibi va boshqalar. Polimeriya hodisasida allel bo‘lmagan genlar nazoratida hosil bo‘ladigan 2 yoki undan ko‘p genlar bir belgining rivojlanishiga o‘xshash ta’sir ko‘rsatadi. Bu hodisani 1908-yilda shved genetigi Nilson Ele o‘rgangan.
Sariq va oq onli bug‘doy chatishtirilganda F2 da monogibrid chatishtirishga xos bo‘lgan 3:1 nisbat yuz bergan. Keyinroq doni shunday, ya’ni sariq tusdagi boshqa bug‘doy formasini (ССDD x ssdd) chatishtirib СсDd oraliq tusli don oladi. Bunda 15 qism sariq, 1 qism oq donli bo‘ladi. 15 qism to’q sariqdan och sariqga o‘zgarib boradi. Bunda allel bo‘lmagan С va D genlar donning rangini belgilaydi. Retsissiv (ssdd) genlar oq rang hosil qiladi. Rangning o‘zgarishi genotipda ishtirok etuvchi dominant genlar soniga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |