O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat


Download 208.83 Kb.
bet6/7
Sana18.06.2023
Hajmi208.83 Kb.
#1591748
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Radjabov Sardor kurs ishi

XULOSA VA TAKLIFLAR


Bugungi kunda ko‘plab mamlakatlar, xususan O‘zbekiston ham rivojlanishning bozor yo‘lidan ketmoqda. Bozor iqtisodiyotini olg‘a tomon harakatlantiruvchi kuch bu raqobatdir. U ishlab chiqarishni kengaytirish, mahsulot sifatini oshirish va uning narxini pasaytirishni rag‘batlantirib, ishlab chiqaruvchilarni fan-texnika taraqqiyoti bilan hamnafas qadam tashlashga, zamonaviy texnika va texnologiyalar, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etishning progressiv usullaridan foydalanishga majbur qiladi.
Bozor iqtisodiyotining ustivor sohasi biznes va tadbirkorlik bo‘lib, ularning tashkiliy shakllari kiichk va o‘rta korxona hamda mikrofirmalar, qishloq xo‘jaligida esa dehqon va fermer xo‘jaliklari hisoblanadi. Kichik va o‘rta biznes iqtisodiyotning nodavlat sektorida karvonboshi hisoblanadi.

  1. Biznes-reja amaliyotda asosan ikki bosqichda tayyorlanib,bu bosqichlarning har birida mos keluvchi vazifalar bajariladi. Biznes-rejaning hayotiyligi ko‘p jihatdan uni tayyorlovchilar, birinchi navbatda iqtisodchilarning malakasi va tajribasiga bog‘liq bo‘ladi

  2. Biznes-rejaning resurslar bilan ta‘minlanganligi ushbu hujjatning muhim bir talabi va shu bilan bir paytda uning hayotiyligini aks ettiruvchi ko‘rsatkich hamdir. Bu erda rejadagi davr uchun mahsulot ishlab chiqarishda qachon, qancha va qanday resurslar talab qilinishi va ularni qoplash manbalarini aniqlash kabi masalalar hal etilishi lozim.

  3. Rezyume qisqa shaklda va ishonchli tarzda biznes-rejaning asosiy pozitsiyalari, moliyalashtirish ehtiyoji, bozor salohiyati va barcha va boshqalar haqida axborot beradi.

  4. Biznes-reja samaradorligini baholash sof keltirilgan daromad, daromadlilik indeksi, o‘zini qoplash davri, ichki daromadlilik normasi kabi ko‘rsatkichlar yordamida amalga oshiriladi.

  5. Inflyatsiyani hisobga olgan holda investitsiya jarayonlarida pul oqimlarini to‘g‘rilash bilan bog‘liq hisob-kitoblarda ikkita asosiy tushuncha – pul mablag‘larining nominal va real (haqiqiy) qiymatidan foydalanish qabul qilingan.

Download 208.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling