O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi muhandislik–iqtisodiyot instituti magistratura bo‘limi qo‘lyozma huquqida uo‘T
«SHARG`UNKO`M IR» aksiyadorlik jamiyati
Download 1.01 Mb.
|
Ilhom magistr dissertatsiya
3.3. «SHARG`UNKO`M IR» aksiyadorlik jamiyati
Ushbu ko’mir konining qurilishi 1943 yilda boshlangan. «Sariosiyo» temir yo’li bekatidan «Toqchiyon» (hozirgi Sharg’un shahri) 12 kilometr uzunlikdagi temir yo’l shaxobchasi qurildi, ko’mir tashish uchun 18 kilometr uzunlikdagi osma-yuk kanat yo’li, xodimlarni va tovar moddiy boyliklarini tashish uchun 20 kilometr masofaga avtoyo’l qurildi. 1958 yili Sharg’unko’mir koni ishga tushirilib, yiliga loyiha quvvati 400 ming tonnaga mo’ljallangan. Shaxtaning qurilishida A.Eshqulov, H.Tursunov, P.Xursanovlar jonbozlik ko’rsatdilar. Ularning Boysundagi ko’mir konidan qo’lda ko’mir qazib chiqarib, otalari va bobolarining izlaridan borishdi. Ular Hukumatimizning orden va medallari bilan taqdirlanib, proxodkachilar brigadasi boshlig’i Parda Xursanov «Hurmatli shaxtyor» unvoniga ega bo’ldi va uning uch ug’li shaxtyorlar sulolasining davomchisi bo’lishdi. Shaxtani ekspluatatsiyaga 1958 yilda topshirgandan so’ng «Sharg’unko’mir» shaxta boshqarmasi tashkil topib, boshqarmaga har xil yillarda V.I.Tanishev, A.U.Usmanov, E.Yu.Yusupov, G.M.Ibragimov, A.I.Buravlev, N.K.Kurbaniyazov, M.K.Galimov, H.P.Hursanov, U.A.Rashidov, K.L.Xonov, Ch.T.Ochildiyev, K.S.Zokirov, N.A.Djurakulov, S.X.Kucharovlar rahbarlik qildilar. Oltmishinchi yillarning boshida Sharg’unko’mirning 95 % mayda fraksiyali (13 mm) ekanligi ko’mir mahsulotining sotilishini qiyinlashtirdi. Yosh tashkilotni ishlatish maqsadida tashkilotda briket fabrikasi qurilib, 1965 yili ishga tushirildi va briketlangan (qadoqlangan) ko’mir sotila boshlandi. Osma kanat yo’li 1960 yilda qurilib, ko’mir transportirovkasi masalasi to’la-to’kis hal bo’ldi, 1978 yilda ushbu yo’l kapital ta’mirlanib, qayta ishga tushirildi. Shaxtaning bugungi kungacha bo’lgan tarixida eng yuqori ko’mir qazib olish ko’rsatgichi 1990 yilda erishilgan bo’lib, u 220 ming tonnani tashkil etgan. Zaboylardan qazib olingan ko’mir skrepkali konveyerlar orqali vagonetkalarga ortilib, elektrovozlar yordamida tashqaridagi ko’mir omboriga chiqarib tashlanadi. Ko’mir omboridan ko’mir bunkerlarga ortilib, undan osma-kanat yo’lidagi vagonetkalarga ortilib, 18 kmlik masofaga briket fabrikasiga olib kelinib, temir yo’l vagonlariga yuklanib, mijozlarga jo’natiladi. «Aksioner jamiyatlari va aksionerlar haq-huquqini himoyalash to’g’risidagi» O’zbekiston Respublikasining 06.05.2014 yildagi 370-?aroriga OAJ «Sharg’unko’mir» aksiyadorlar yig’ilishining 21.06.2014 yildagi yig’ilishi bayonnomasi, 11.09.2014 yildagi 187-buyruqqa asosan «Sharg’unko’mir» ochiq aksiyadorlik jamiyati 11.09.2014 yildan e’tiboran «Sharg’unko’mir» aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilgan. «Sharg’unko’mir» AJ asosan SSSSH markali toshko’mir qazib chiqaradi, fraksiyasi 13 mm, kaloriyasi 8100 kkal/kg. Yillik quvvati – 100 ming tonna, aniqlangan ko’mir zahirasi – 35,6 mln.tonnani tashkil etadi. O’zbekiston Respulikasi Prezidentining 2014 yil 17 noyabrdagi PQ-2264 sonli va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 6-iyundagi 161-sonli qarorlariga asosan 101,3-mln dollar (o’z mablag’lari 11,8 mln dollar, Xitoy Eksimbanki krediti-89,5 mln.dollar) miqdorida investitsiya jalb qilish hisobidan «Sharg’unko’mir» aksiyadorlik jamiyatini modernizatsiya qilish loyihasini amalga oshirish ko’zda tutilgan. Loyihani amalga oshirish muddati 2018-2021 yillar. Kutilayotgan natijalar: 1. 2022 yildan boshlab, yillik toshko’mir qazib olish va sotish 900 ming tonnaga yetkaziladi. 2. Qo’shimcha 450-500 dan ortiq ish joylari yaratiladi. 3. Ko’mir mahsuloti «O’zbekenergo» DAK ning Yangi-Angren va Angren issiqlik elektrostansiyalari, «O’zqurilishmateriallari» AK ga qarashli sement zavodlariga, «Qishloq qurilish invest» korxonalari va boshqa iste’molchilarga yetkazib beriladi. Bundan tashqari bir qancha chet davlatlarga ham eksport qilinishi kutilmoqda. «Sharg’unko’mir» AJ da aksiyalar taqsimoti quyidagicha: Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling