O’tkazilgan adabiyotlar sharxi asosida quyidagi xulosalarga kelish mumkin;
1. Smolalar, ularning turlari, tarkibi, olish usullari va ishlatilish soxalari keltirildi.
2. Toshko’mir hosil bo’lishi, tarkibi, xossalari vauni piroliz, gidrgenizatsiya, gazifikatsiya qilish jarayonlari, ulardan olinadigan mahsulotlar va ularning xossalari va jarayonning borish parametrlari o’rganildi.
3. Toshko’mir smolasi tarkibi, xossalari, olinishi smola olish jarayoni parametrlari unga ta’sir etuvchi omillar o;rganildi.
II.BOB. OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING TAXLILI
2.1. Ko’mirning texnik taxlili
GOST 25543 bo'yicha tasniflash parametrlarini normallashtirgan standart usullar bilan amalga oshirildi :
uchuvchi moddalarning rentabelligi - GOST 6382;
kul tarkibi - GOST 11022;
uglerod va vodorod tarkibi - GOST 2404.
2.2. Shorg’un toshko’mirining pirolizi
Shorg’un ko’mirini pirolizlash uchun 2.1.-rasmda keltirilgan laboratoriya ustanovkasi yig’ildi.
|
1-haydash idishi;
2-ten;
3-difligmator;
4-metalli o`tkazgich;
5-termometr;
6-kondetsalanuvchi moddani yig`uvchi kolba;
7-shishali o`tkazgich;
8-sovutgich;
9-vakum nasos.
|
2.1.-Rasm. Piroliz qurilmasi
|
Ushbu piroliz qurilmasi yordamida Boysun ko’miri piroliz qilindi va olingan natijalarni tadqiq qilish uchun fizik-kimyoviy usullardan foydalanildi.
2.1-jadval
Boysun ko’mirini pirolizlash natijasida olingan gaz, suyuq va qattiq fraksiyalar(1 kg mahsulotga nisbatan)
№
|
Nomi
|
Massasi(g)
|
Umumiy massaga nisbatan ulushi(%)
|
1
|
Koks(qattiq mahsulot)
|
915
|
91,5%
|
2
|
Toshko’mir smolasi(suyuq mahsulot)
|
38
|
3,8%
|
3
|
Koks gazi(gaz mahsulot)
|
43
|
4,3%
|
Do'stlaringiz bilan baham: |