O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi muhandislik–iqtisodiyot instituti magistratura bo‘limi qo‘lyozma huquqida uo‘T


Download 1.01 Mb.
bet6/16
Sana18.06.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1594641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Ilhom magistr dissertatsiya

1.3. Toshko’mir smolasi
Ko’mirni qayta ishlashni asosiy usullari ko’mirni quruq haydash va gazifikasiyalashdir. Ko’mirni quruq haydash uni havosiz qizdirib kimyoviy parchalashdan iborat. Ko’mirni quruq haydashning ikki xil varianti farqlanadi: yarimkokslash va kokslash. Birinchi jarayon 500 – 550 oC da, ikkinchisi 900 – 1050 oCda amalga oshiriladi[19].
Toshko’mirni yarim kokslashdagi bosh vazifa - suyuq uglevodorod (benzin) olish va bu bilan birga yarim koks (CO, CO2, H2, N2, CH4 va boshqalar) gazlar aralashmasi hosil bo’ladi. Yarim koks metallurgiyada ishlatiladi. Undan kalsiy karbid olishda va ko’mirni gazifikasiyalashda foydalaniladi. Toshko’mirni yarim kokslashda temperatura 550 oCdan oshmasligi kerak. Chunki yuqori temperaturada suyuq uglevodorodlarning unumi kamayadi[20].
Bir tonna toshko’mirdan 110 m3 gaz, 750 – 800 kg yarim koks va 8 kg smola va qoramoy olish mumkin[21].
Toshko’mirni kokslash – katta sanoat ahamiyatiga ega. Kokslash jarayoni koksokimyoviy zavodlarda amalga oshiriladi. U yerda yog’li ko’mir qayta ishlanadi (uchuvchan moddalarning chiqishi 35 – 40 %). Jarayon germetik yopiladigan kamerali (trubali) pechlarda olib boriladi va pechning sig’imi 30 – 40 tonnagacha boradi. Pechning ichki devorlari issiqqa chidamli silikatli g’ishtlar bilan qoplangan bo’ladi[22].
Toshko’mirni kokslashda asosiy mahsulotlar :

  • Koks gazi – undan toshko’mirni smolasi va boshqa mahsulotlari bilan birga kontaktda bo’lganidan keyin - texnik benzol (oson qaynovchi arenlar aralashmasi) olinadi[23].

  • Toshko’mir smolasi – uni haydash yo’li bilan arenlarga, fenollarga, piridin hosilalariga ajratiladi. Bular qimmatbaho xomashyo bo’lib, ulardan bo’yoqlar, erituvchilar, portlovchi moddalar, dorivor va arfyumer mahsulotlar, petisidlar ishlab chiqariladi[24].

Haydashdan keyin qoladigan qoldiqdan (smola):
Toshko’mir peki asfalt tayyorlashda va to’ldiruvchi vosita sifatida foydalaniladi[25].
Moyli ko’mirdan olingan koks metallurgiyada, gazli ko’mirdan olingani esa sintez gaz va kalsiy karbid ishlab chiqarishda ishlatiladi[26].
Qo’ng’ir ko’mirni yarim kokslash – qoramoy olish maqsadida bajariladi. Ko’mir qizdirilgan gaz bilan qarama – qarshi ravishda 600 – 700oC gacha qizdiriladi[27].
Qo’ng’ir ko’mirni yarim kokslashdagi mahsulotlar :

  • Yarim koks gazi – uchbu jarayon borayotgan pechlarni qizdirish uchun ishlatiladi (boshqa yoqilg’ilardan foydalanish maqsadga muvofiq emas);

  • Yengil moy, past sifatli benzin bo’lgani uchun undan surkov moylarini erituvchi yoki motor yoqilg’isi sifatida foydalaniladi;

  • Qo’ng’ir ko’mir qoramoyi – alkanlarni olishda foydalaniladi.

  • O’rtacha moy, tarkibida fenol bo’ladi, dizel yoqilg’isi sifatida yaroqli;

  • Og’ir moy, undan alkanlarning yuqori qatori gomologlari ajratiladi (parafin);

  • Qo’ng’ir ko’mir koksi – issiqlik berish qobiliyati : 25100 – 29300 KDJ/kg;

  • Smola osti suvi – undan fenol, ketonlar va ammiak ajratiladi[28].


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling