Tadqiqotning maqsadi: Boysun ko’mirini pirolizlash orqali toshko’mir smolasi, koks, koks gazlarni olish va ular asosida impor mahsulotlar olishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari: Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni hal qilish kerak:
* toshko’mirni tarkibi va xossalarini aniqlash, toshko’mirni piroliz qilishning nazariy asoslarini o’rganish;
* piroliz jarayonini amalga oshirish uchun laboratoriya qurilmasini ishlab chiqarish;
* jarayon borishi sharoitlarini (harorat, bosimi) o’rganish;
* piroliz jarayoni parametrlarining piroliz mahsulotlarining tarkibiga ta'sirini o'rganish;
* olingan moddalarni fizik-kimyoviy analiz usullaridan foydalanib isbotlashdan iborat.
Tadqiqotning_ilmiy_yangiligi'>Tadqiqotning ilmiy yangiligi: O’zbekistonda birinchi marta Boysun ko’mirini piroliz qilsih jarayoni parametrlari aniqlandi. Olingan mahsulotlar tarkibi va xossalari o’rganildi.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: Disssertatsiya ilmiy tadqiqot ishida Boysun ko’mirining piroliz jarayoni va olingan mahsulotlar tadqiq qilindi. Bunda toshko’mir qatroni chiqish unumi ulardan olingan moddalar o’rganildi.
Tadqiqot ishining ilmiy farazlari piroliz jarayonida toshko’mir smolasining hosil bo’lishi har xil destruksiya reaksiyalari natijasi va jarayon parametrlarini tadqiq qilishdan iborat.
Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharxi: ishning adabiyotlar sharxi qismida tabiiy va sintetik smolalar ulardan olinadigan moddalar va ishlatilish soxalari, toshko’mirni pirolizlash orqali olinadigan moddalar, ularning ratkibi va xosslari, toshko’mir smolasi asosidagi turli mahsulotlarni ishlatilish soxalari tug’risida dunyoda olib borilayotgan ishlar xaqida ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu ma’lumotlarning aksariyati asosan so’nggi yillarda chop etilgan ilmiy ishlar taxlilidan iborat. Adabiyotlar sharxini shakllantirishda foydalanilgan adabiyotlarning katta qismi rivojlangan davlatlarda chop etilgan ilmiy jurnalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |