Dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog’liqligi: Tadqiqot ishi Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining “Oquv jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanib kuchaytirish” amaliy loyihasi (2022-2024 yy.) doirasida bajarilgan.
Tadqiqotning maqsadi: boshlang'ich sinf o'quvchilarida matnni o'qish va tushunish kompetensiyalarini shakllantirishning innovatsion pedagogik texnologiyalarini ilmiy-nazariy jihatdan łakomillashtirishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
boshlang'ich sinf o’quvchilarining o'qish savodxonligini, turli xususiyatga ega bo'lgan badiiy va axborotli matnlar mazmunini anglash kompetensiyalarini integrativ ijodiy topshiriqlar asosida rivojlantirish, o'quvchilarni kitobxonlikka qiziqtirishning motivatsion intellektual imkoniyatlarining ijtimoiy-pedagogik zaruriyati, dolzarb muammo ekanligi, pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash, ilmiy jihatdan asoslash;
boshlang'ich sinf o'quvchilarida matnni o'qish va tushunish kompetensiyalarini shakllantirishda samarali bo'lgan hissiy, irodaviy omillar, mazmunan anglash usullarini qo'llashning klasterli modelini ishlab chiqish va ilmiy-metodik asoslash;
matnni o'qish va tushunish kompetensiyalarini modellashtirilgan tizimini shakllantirish asosida o'quvchilarni badiiy adabiyot mutolaasiga qiziqtirishga yo'naltirilgan innovatsion pedagogik texnologiyalarning samaradorligini aniqlash;
boshlang'ieh sinf o'quvchilarida matnni o'qish va tushunish kompetensiyalarini shakllantirish orqali ularda kommunikativ ko'nikmalar (lug'at boyligi)ni rivojlantirishning retrospektiv usullarini ishlab chiqish va ta'lim jarayoniga tatbiq etish.
Tadqiqotning obyekti: sifatida umumiy o'rta ta'lim maktablarining boshlang'ich sinf o'qish dars jarayonlari tanlab Olinib, tajriba-sinov ishlariga Jarqo’rg’on tumanidagi 28-umumta’lim maktabi hamda termiz shahar 11-umumta’lim maktablarining 150 nafar 1-4 sinf o’quvchilari jalb qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |