Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat agrar universiteti


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirishda mikrokreditlardan foydalanish amaliyotining tahlili


Download 356.08 Kb.
bet10/14
Sana19.06.2023
Hajmi356.08 Kb.
#1599884
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
‘’Qishloq xojaligi mahsulotlarini yetishtirish uchin mikrolizingdan

2.2.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirishda mikrokreditlardan foydalanish amaliyotining tahlili

Qishloq hududlarida tadbirkorlikni rag‘batlantirishga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan qo‘yidagi muammo va to‘siqlar mavjudligini ko‘rsatmoqda.


Qishloqda kichik biznesning tarmoq tarkibida asosan qishloq savdo va umumiy ovqatlanish ko‘pchilikni tashkil etadi. Sanoat, qurilish va xizmat ko‘rsatish sohalarida kichik biznesning rivojlanishi nisbatan sust kechmoqda. Bu, o‘z navbatida, kichik biznesning iste’mol bozorlarini nisbatan qisqa muddatlarda mahsulotlar bilan to‘ldirish imkoniyatlarini cheklab qo‘ymoqda.
Qishloqda kichik biznesning mahsulot eksport qilish jarayonidagi ishtirokini qoniqarli deb bo‘lmaydi.
Bularga asosan quyidagi omillar sabab bo‘lmoqda:
- qishloqda xususiy tadbirkorlik va kichik biznesning rivojlanishi uchun mavjud bo‘lgan mehnat, xom ashyo, ilmiy-texnik va boshqa salohiyatdan to‘liq foydalanilmayotganligi;
- qishloqda xususiy tadbirkorlik va kichik biznes sub’ektlarida daslabki sarmoya va ortiqcha mablag‘larning yetishmasligi;
- qishloqda bank kreditlari, xalqaro moliya tashkilotlari kredit resurslaridan foydalanish darajasini sustligi;
- qishloqda kreditni sug‘urtalash, kafolat bilan ta’minlash hamda uni qaytarish bilan bog‘liq muammolar;
- qishloqda xususiy tadbirkorlik va kichik biznes sub’ektlariga xizmat ko‘rsatuvchi bank tizimi va boshqa infratuzilmalarning yetarli darajada taraqqiy etmaganligi;
- mol yuboruvchilar va xaridorlar o‘rtasidagi munosabatlarning chigallashuvi;
- qishloqda xususiy tadbirkorlik va kichik biznes mahsulotlarining sifati yuqori emasligi oqibatida talabning pastligi;
- qishloqda xususiy tadbirkorlik va kichik biznes sohasida puxta tayyorlangan, savodli va ishbilarmon menejerlar va mutaxassislar tayyorlash tizimining nomukammalligi, kichik biznes xodimlarining iqtisodiy va huquqiy bilim saviyasi pastligi va boshqalar.
Bu kabi muammolarni samarali hal etish uchun respublika hukumatining kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan strategik dasturlari amalga oshirilishini davom ettirish zarur. Bunday kontseptsiya asosida nomutanosibliklarni bartaraf etishga, hududlarning iqtisodiy salohiyatidan samaraliroq foydalanishga imkon beruvchi tuzilmaviy o‘zgarishlar yotmog‘i lozim.
Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish kontseptsiyasi qo‘yidagilar asosida shakllantirilmog‘i zarur:
- qishloqda xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishning mintaqa – tarmoq dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, barcha tarmoqlarda xususiy korxonalar, jamiyatlar, shirkatlar tuzish bo‘yicha shaxsiy tashabbuslarni rag‘batlantirish;
- qishloqda xususiy tadbirkorlik va kichik korxonalarning kredit manbalari va sarmoyalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, davlat tomonidan kreditni kafolatlash jamg‘armalarini yaratish;
- qishloqda xususiy tadbirkorlik va kichik biznesda xizmat ko‘rsatuvchi bozor infratuzilmalarini yanada kengaytirish va rivojlantirish;
- qishloqda xususiy tadbirkorlik va kichik korxonalarning xom ashyo, texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, kichik biznes korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sotishning samarali tizimini yaratish;
- qishloqda xususiy tadbirkorlik va kichik biznes korxonalarini tashkil etish va ular faoliyatining me’yoriy-huquqiy negizini takomillashtirish;
- qishloqda xususiy tadbirkorlik va kichik biznes faoliyati ko‘rsatkichlarining hisobi va tahlili tizimini soddalashtirish;
- qishloqda xususiy tadbirkorlik va kichik biznes uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini rivojlantirish;
- qishloqda biznes xatarlari (risklari)dan himoyalanish tizimini ta’minlash uchun sug‘urta xizmatining ahamiyatini oshirish .
Xududlarda xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish kontseptsiyasida asosiy e’tibor birinchi navbatda iqtisodiy salohiyatga ega bo‘lgan kichik biznes sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash, tarmoq va hudud uchun zarur, ammo past rentabelli sohalarning rivoji uchun qo‘lay imkoniyatlar yaratish, respublikaning ijtimoiy–iqtisodiy siyosati yo‘nalishlari va maqsadlariga mos faoliyat yuritayotgan xo‘jalik tuzilmalarini rag‘batlantirish, hududiy ahamiyatga ega mahsulot ishlab chiqaruvchi kichik korxonalarga soliq imtiyozlari belgilash, lizing xizmati va investitsion xatarlarni sug‘urtalash tizimini kengaytirish va moliyaviy imkoniyatlari chegaralangan kichik biznes korxonalarining bank kreditlaridan foydalanishiga yo‘l ochuvchi sharoitlarni ta’minlash vazifalariga qaratilmog‘i kerak.
Xususiy tadbirkorlik va kichik biznes sohasida band firmalar ko‘pincha yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni tashkil etishga urinishlari bilan ajralib turadi. Ular faoliyatining strategiyasi asosan qo‘yidagilardan tashkil topadi:
Birinchidan, yuqori texnologiyali ishlab chiqarish asosida rivojlanayotgan firmalar raqobat kurashidan manfaatdor emas. Shu sababli ular bozordagi yuqori foyda keltiradigan bo‘shliqni egallashga harakat qilib, tor darajada ixtisoslashgan mahsulot ishlab chiqarishga intiladilar.
Ikkinchidan, bunday firmalar, masalan, elektronika bilan shug‘ullanuvchi firmalar, yirik korxonalardan butlovchi qismlarni sotib olish orqali ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga harakat qiladilar.
Uchinchidan, ko‘pchilik firmalar ishlab chiqarish jarayonini yengillashtirish maqsadida yoki bitta turdagi mahsulot ishlab chiqarishga yoki bir turdagi texnologiyaga ixtisoslashadi. Ular ana shu mahsulot yoki texnologiyani iste’molchilarning talabiga moslashga harakat qilishadi. Yirik korxonalarga esa keng iste’molchilarning talabini qondirishga mos bo‘lgan andozali mahsulotlarni ishlab chiqarish xos. Kichik korxonalarning yirik korxonalardan farqi va afzalliklari ham ana shunda.
To‘rtinchidan, deyarli barcha kichik korxonalar mustaqillikni saqlab qolishga intilib, tashqaridan mablag‘ jalb etmaslikka harakat qiladi. Mutaxassislarning fikricha, kichik firmalar mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi rivojlanib borishi bilan mustaqillik va o‘ziga xos bo‘lgan ijtimoiy-madaniy muhitni shakllantirishga intiladilar.
Xususiy mulk mavqeini yanada oshirish uchun qo‘yidagilarga asosiy e’tibor qaratilishi maqsadga muvofiqdir :
1. Erkin iqtisodiyot tamoyillarini keng joriy etish orqali ochiq iqtisodiy muhitni qaror toptirish.
2. Ma’muriy to‘siqlarni olib tashlash.
3. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida minitexnologiyalarni keng joriy etish uchun xususiy tadbirkorlikning ixcham shakllarini rivojlantirish va buning uchun davlat ko‘magini ko‘chaytirish maqsadga muvofiqdir.
4. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va sanoat tovarlari narxlarining shaklanishida ma’lum nisbatni ta’minlash zarur.
5. Faoliyat natijalaridan olinadigan daromadning erkinligini ta’minlash
Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va qo‘llab-quvvatlash zaruriyati davlatning oldiga bir qator vazifalarni qo‘yadi:
1. Huquqiy kafolatlar berish, himoyalash va tartibga solish vazifasi – tadbirkorlarning barqaror rivojlanishini hamda ularning boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bilan teng sharoitlarda faoliyat yuritishini ta’minlashga imkon beruvchi qonuniy-me’yoriy hujjatlarni qabul qilish hamda ularga rioya etilishi ustidan nazorat yuritishni nazarda tutadi.
2. Rag‘batlantirish vazifasi – xususiy tadbirkorlik tashabbusi, adolatli raqobat kurashi hamda ularga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar faoliyatini turli iqtisodiy dastaklar yordamida rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash choralarini o‘z ichiga oladi.
3. Taqsimlash vazifasi – ijtimoiy adolat va himoyalash vositasi sifatida daromadlarni qayta taqsimlash, shuningdek, tadbirkorlarning moddiy-texnikaviy resurslardan imtiyozli asoslarda foydalanishiga sharoit yaratish maqsadida resurslar taqsimotiga tuzatishlar kiritish bilan bog‘liq.
4. Axborot-maslahat ta’minoti vazifasi – tadbirkorlarning axborot ta’minoti tizimidan teng sharoitlarda, to‘siqlarsiz foydalanish imkoniyatini yaratish, ular uchun iqtisodiy muammolarning samarali yechimini topish, xom ashyo va resurslar ta’minoti, ilg‘or texnika va texnologiyalarni qo‘llash yuzasidan maslahatlar berishni nazarda tutadi.
5. Ijtimoiy kafolatlash vazifasi – ijtimoiy ta’minot va himoyalashning samarali tizimini yaratish, shuningdek, tadbirkorlarning ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniy tadbirlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
6. Tashqi iqtisodiy faoliyatni muqobillashtirish vazifasi – xalqaro bozorlarda tadbirkorlarning manfaatlarini himoyalash, imtiyozli bojxona tariflari va soliqlar orqali eksport uchun qulay iqtisodiy muhit hosil qilish tadbirlaridan iborat.
O‘zbekistonda xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni davlat tomonidan tartibga solish va qo‘llab-quvvatlash quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilishi talab etiladi:
- tadbirkorlarning ishbilarmonlik faolligini oshirish, fuqarolarning tadbirkorlik faoliyati bilan erkin shug‘ullanishlari va undan manfaatdorligining kafolatli tizimini yaratish hamda ularning qonuniy huquqlari va manfaatlarini muhofaza qilish;
- kichik biznes korxonalari yaratilishi va faoliyatining me’yoriy-huquqiy negizini takomillashtirish;
- kichik biznes korxonalarning kredit manbalari va sarmoyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
- biznes xatarlaridan barqaror himoyalanishni ta’minlash uchun sug‘urta tizimining ahamiyatini oshirish;
- tadbirkorlik sohasiga investitsiyalarni (shu jumladan, chet el investitsiyalarini), zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni jalb etish;
- kichik biznesda xizmat ko‘rsatuvchi bozor infratuzilmalarini kengaytirish va rivojlantirish;
- kichik korxonalarning xom ashyo, axborotlar va texnologiyalardan erkin va to‘siqlarsiz foydalanish imkoniyatini kengaytirish, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotni ichki va tashqi bozorlarda sotish tizimini takomillashtirish;
- kichik biznes faoliyati ko‘rsatkichlarining buxgalterlik hisobi va tahlili tizimini takomillashtirish, ular uchun davlat statistika, buxgalteriya va soliq hisobotining soddalashtirilgan tartibini joriy etish;
- tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari samarali faoliyat yuritishi uchun ularni zaruriy iqtisodiy, statistik, ishlab chiqarish-texnologik, ilmiy-texnik va boshqa xil axborotlar bilan ta’minlash;
- soliqlar, yig‘imlar va tariflar buyicha imtiyozlar belgilash, kichik biznes uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini rivojlantirish va boshqalar.
Ma’lumki, har bir rivojlangan davlatlarning o‘ziga xos taraqqiyot dasturi bo‘lib, ushbu dasturlari orqali turli sohalarda peshqadamlar qatorida bo‘ladi. Lekin o‘ziga xos bo‘lgani bilan iqtisodiy sohada umumiy tamoyillarga amal qiladilar. Ularning rivojlanish tarixini kuzatadigan bo‘lsak, avvalo, davlat tomonidan tadbirkorlar huquqini himoya qiluvchi qonunlar ishlab chiqilgan. Ushbu qonunlar rivojlanish dasturini mustahkamlovchi omil bo‘lib, xalq manfaatini ko‘zlab uni amalda qo‘llash uchun har qaysi sohalar orqali odamlar ongiga singdiriladi. Xalq qaysi sohaga yaqinroq bo‘lsa, ushbu sohada qonunning ijrosini ta’minlash ijobiy natija beradi.
Endi Sharq va G‘arb davlatlarining ko‘zga tashlanadigan farqiga e’tibor qaratsak. Ma’lumki, Sharq madaniyati va turmush tarzi ijtimoiy xarakterga asoslangan bo‘lib, ko‘proq ijobiy natijalarni keltiradi. G‘arb davlatlarida esa asosan individual ya’ni, bir shaxs sifatida faoliyat olib boradi. E’tiboringizga havola qilmoqchi bo‘lgan misollarimiz dunyoning ikki tomonidagi kompaniyalarning o‘z xodimlariga nisbatan munosabat va ularga oid motivatsion usullardan iborat.
Bozor iqtisodiyotida mutaxassislarning nafaqat yaxshi ishga joylashish uchun doimo kurashadi, balki kompaniyalarning malakali ishchi kuchi orqali ham raqobat olib boradi. Firmaning malakali mutaxassisi – uning rivojlanish garovi bo‘lib, bunday mutaxassislar qancha ko‘p bo‘lsa, xizmat ko‘rsatish yoki ishlab chiqarilgan mahsulotlari shunchalik raqobatbardoshliligi bilan ajralib turadi.
G‘arb mamlakatlarining firmalari bunday kurashga oldindan tayyorlanib kelib, hozirgi kunda ushbu muammolarni hal etishda xodimlarini ushlab qolishning o‘zlariga xos siyosatini amalga oshiradilar. Bunda asosiy motivatsion usul – pul bilan mukofotlash yo‘lini qo‘llaydilar. Firmaning oldiga qo‘ygan maqsadlarini sifatli amalga oshirish va xodimlarni o‘z lavozimida barqaror ishlashini ko‘zlab, o‘z vazifasini yuqori ko‘rsatgichlar bilan bajargan xodimlarga qo‘shimcha haq to‘laydilar. Bu usul G‘arbda «Pay for Performance», ya’ni ma’nosi «Bajarilgan ish uchun haq» deb ataladi. Shuningdek, G‘arb davlatlarining firmalarida bir qancha mehnat uchun haq to‘lashning samarali usullari qabul qilingan.

Download 356.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling