O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universiteti


Download 14.48 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi14.48 Kb.
#1603848
Bog'liq
anatatsiya


OZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TALIM,
FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
FARGONA DAVLAT UNIVERSITETI

Fakultet: Pedagogika va psixologiya Magistrant: Botiraliyeva Nargiza


Alijonovna
Kafedra: Boshlangich talim uslubiyoti Ilmiy rahbar: filologiya fanlari doktori (DSc), Akbarova Zuhro Akmaljanovna
O‘quv yili: 2021-2023 Mutaxasisligi: 70110501 talim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlangich talim)


MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI


Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan dastlabki kunlardanoq yangi, rivojlangan jamiyat qurish yo‘liga kirdi. Zahmatkash halqimiz o‘zining fidoiy mehnati va tinch hayoti bilan dunyodagi taraqqiy topgan mamlakatlar qatoridan mustahkam o‘rin egallash maqsadida barcha sohalarda chuqur islohotlarni amalga oshira boshladi. Kelajagi buyuk davlat barpo etish borasida amalga oshirilayotgan barcha tarixiy o‘zgarish va yangilanishlar yurtdoshlarimiz qalbi, ongi va shuuriga ulkan ta’sir ko‘rsatmoqda. XXI asrga qadam qo‘ygan o‘zbek xalqining milliy taraqqiyot yo‘lidagi bosh g‘oyasi – bu ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir. Albatta ushbu g‘oyani amalga oshirishda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy yo‘nalishlar bilan bir qatorda barkamol avlodni voyaga yetkazish, ular nutqini o‘stirish muhim o‘rin tutadi.
Bola nutqining rivoji ko‘p jihatdan uning ruhiyatiga, sog‘lom, tetik o‘sishiga bog'liq. Ahloqiy sifatlariga o‘quv dasturini o‘zlashtirishda me’yorli bajarilishini ta’minlashiga, qo‘llanmalarning monandligiga bog‘likdir.


Tadqiqotning maqsadi va vazifalari.
Muammoga oid ijtimoiy-falsafiy, psixologik, o‘qituvchilik va metodik
manbalarni o‘rganish.
Nutq o‘stirishga oid o‘qituvchilik-psixologik va ilmiy-metodik
adabiyotlarni tahlil qilish;
Maktabgacha ta’lim yoshidagi o‘quvchilarni fikr ifodalash darajasini
qiyoslash;
O‘quvchilarning nutq malakalari qay tarzda rivojlanganligini aniqlash;
Nutq o‘stirishga doir materiallarni tayyorlash;
Nutq o‘stirish bo‘yicha ishlab chiqilgan usullarning samaradorligini
tajribada tekshirish.
Tadqiqot predmeti O‘quvchilar nutqini rivojlantirish
usullarini tadqiq etish.
Tadqiqot obyekti - O‘quvchilar nutqini rivojlantirish jarayoni.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Ilmiy va pedagogik adabiyotlarni o‘rganish orqali o‘quvchilar nutqini rivojlantirishga doir metodlar tahlil qilindi.
Ishining tuzilishi va tarkibi. Magistrlik dessertatsiyasi kirish, 3 bob, boblar bo‘yicha xulosalar, umumiy xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, 82 sahifani tashkil etadi.
Bajarilgan ishning asosiy natijalari: Magistrlik dessertatsiyasining asosiy mazmuni 3 ta yuqori Impact factorli xorij jurnalida, shuningdek, respublika miqiyosidagi o‘tkazilgan konferensiyalarda chop etilgan 1 ta ilmiy tezisda o‘z ifodasini topgan.
Xulosa va takliflarning qisqacha umumlashtirilgan ifodasi: Ushbu ishda boshlang‘ich sinflarda bolalar nutqini rivojlantirishda metodlarni qo‘llashning afzalliklari to‘liq yoritilgan bo‘lib, o‘quvchilar nutqini rivojlantirishga doir ishlarni tashkil etish bosqichlari, o‘quvchilar nutqini rivojlantirishga doir ishlarning metodikasi borasida atroflicha muhokama qilingan.


Ilmiy rahbar: f.f doktori DSc Akbarova Zuhro Akmaljanovna


Magistratura talabasi: N. Botiraliyeva
Download 14.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling