O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi


Download 1.79 Mb.
bet1/7
Sana18.02.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1210920
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi Islombek.docx1111


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI

KURS ISHI


Topshirdi: Abduvaliyev. I
Qabul qildi: Berdiyev. D

Toshkent - 2023


MUNDARIJA


KIRISH…………………………………………………………………………………...


I.BOB.Texnologiya fani maqsadi va vazifalari…………………………………………


1.1.Texnologiya haqida ma’lumot……………………….………………………………


1.2. Po’lat ishlab chiqarish…………………………………….…………………………


II.BOB. Texnologik qism……….………………………………………………………..


2.1.08KP markali po`latdan yasalgan stakan detalini shtamplab chiqish texnologiyasi........................................................................................................................


2.2.O`lchamlari d=38 mm S= 2 mm r= 2 mm H= 40 mm bo`lgan 08 KP markali po`latdan tayyorlangan stakan detal zagatovkasini shtamplash texnologiyasini ishlab chiqish.................................................................................................................................


Xulosa.................................................................................................................................


Foydalanilgan adabiyotlar...............................................................................................



KIRISH
Mamlakatimiz mustaqillik yillarida iqtisodiyotda ma‘muriy buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechilib, bozor islohotlarini bosqichma-bosqich amalga oshirilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur‘atlar bilan o’sishini ta‘minlash va iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi.
Barpo etilayotgan ishlab chiqarish korxonalari hozirgi zamon talablariga javob beruvchi, yuqori unumdorlikka ega, kompyuter texnologiyalari yuqori darajada tadbiq etilgan to’qimachilik texnologik mashinalari va jihozlar bilan jihozlanishi zarurligini qat‘iy ta‘kidlab o’tish maqsadga muvofiq. Bunday vazifalarni ishlab chiqarish sohasidagi yuqori malakali muhandis - mutaxassislar hal etishlari kerak bo’ladi. Bu yo’nalishdagi ishlarni davom ettirish maqsadida O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Xarakatlar strategiyasi to’g’risida Prezident SH.M.Mirziyoyev farmoni qabul qilingan va uni uchinchi yo’nalishdagi iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishga yo’naltirilgan. Unga ko’ra 2017-2021 yillarda umumiy qiymati 40 millard AQSH dollari miqdoridagi 649 ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro’yobga chiqarish rejalashtirilmoqda. Natijada keyingi 5 yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 baravar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizgacha, qayta ishlash tarmog’i ulushi 80 foizdan 85 foizgacha oshadi. Bu investitsiyalarni salmoqli ulushi sanoatni yanada rivojlantirishga va ilg‘or mashinasozlik sanoatiga ega bo‘lishdir.
Sanoat va xalq xo‘jaligini rivojlanishini hamda ularni yangi texnika bilan muntazam ta‘minlash darajasi bevosita mashinasozlik rivojlanishini darajasiga bog‘liqdir.
Hozirgi vaqtda, zamonaviy yuqori unumdorli dastgohlar, asboblar, texnologik jihozlar, mexanizasiyalash va avtomatlashtirish vositalarini qo‘llagan holda mahsulot tayyorlash muhimdir. Ular turli sharoitda ishlaydi. Shu sababdan ularni loyihalashda texnik iqtisodiy va ekspluatasion talablarni hisobga olgan holda materiallarni tanlash mexaniklar esa ularni tayyorlash usullarini samarali tanlash lozim. Shundagina talab etilga talablarga javob beradigan sifatli, puxta, belgilangan muddatda, sharoitda ishlaydigan mashina, dastgox, asbob va jihozlarga ega bo‘lish mumkin.
Zamonaviy mashinasozlikda metallarga ishlov berishning asosiy usullaridan
biri – sovuq holatda shtamplash texnologiyasi hisoblanadi. Uning yordamida
olinadigan detallar shtamplarning (qoliplarning) shakllari va o‘lchamlariga mos
keladigan shakl va o‘lchamlarga ega bo‘ladi. Sovuq holatda shtamplash texnologiyasi orqali sanoatning barcha sohalari –umumiy mashinasozlik, priborsozlik, aviatsiya va avtomobil sanoatida keng qo‘llanilishga ega bo‘lgan, jumladan, zamonaviy avtomobilsozlikda 70-80% gacha, samolyotsozlikda 75-80% gacha shtamplangan detallarni o‘z ichiga oladi, bir qator keng iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishda esa shtamplangan detallar soni 95-98%gacha (detallarning soni bo‘yicha) etadi.
Quyidagilar list shtamplashning asosiy afzalliklari bo‘lib hisoblanadi: qirqishning ratsional turlarini qo‘llanilishi hisobiga foydalaniladigan materiallarning tejalishi va mahsulot tannarxining pasayishiga erishilishi. List shtamplashda materialni tejash omili yetarlicha muhim ahamiyat kasb etadi, chunki materialning bahosi detalning umumiy bahosining 75-85% ni tashkil qiladi vafaqatgina 15-20% xarajatlar ish haqi va boshqa qo‘shimcha xarajatlarga to‘g‘ri keladi:sovuq holatda shtamplash operatsiyalarining yuqori malakaga ega bo‘lmagan ishchi tomonidan bajarilishi – shtamplovchining ishi oddiy harakatlar bilan bajariladi; yetarlicha murakkab detallarning tez yuruvchan presslarda bir yoki ikki yurish bilan olinishi; ishlov berishning boshqa usullari bilan olish qiyin bo‘lgan yoki boshqa usullar bilan olishning iloji bo‘lmaydigan o‘ta murakkab shaklli detallarning olinishi;detallar o‘lchamlarining aniqligi 6-12 kvalitet oraliqdagi aniqlikda ta’minlanishi; shtamplangan detallarning mustahkamligi boshlang‘ich materialning mustahkamligiga qaraganda 40-80% ga oshirilishi; 4list shtamplash jarayonlarini keng ko‘lamda mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish imkoniyati. Umuman olganda, yuqorida sanab o‘tilgan afzalliklar, quyilgan vabiriktirilgan detallarni listli materiallardan shtamplangan detallar bilan almashtirishda detallarning massasini 25-50% ga, metall sarfini 30-70% ga va mehnat sarfini 50-80% gacha kamaytirish imkonini beradi. Biroq list shtamplash bir qator kamchiliklarga ham ega, ularning asosiylaridanbiri shtamplar narxining yuqoriligi bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi kunda shtamplarning narxi mahsulot tan narxining 15-20% ni tashkil qilmoqda. List shtamplashning hozirgi kundagi rivojlanishi quyidagi yo‘nalishlarbo‘yicha amalga oshiriladi: quyilgan, biriktirilgan detallarni shtamplangan yoki shtamplangan payvandlangan detallar bilan almashtirish;amaldagi texnologik jarayonlarni yaxshilash va yangi texnologiyalarniyaratish;chiqindisiz va kam chiqindili qirqishni qo‘llash, zagotovkalarni(zagotovkalarni) hisoblash aniqligini oshirish hisobiga metall sarfini kamaytirish; detallarning aniqligini oshirish;shtamplash jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish hisobiga unumdorlikni oshirish; qattiq qotishmalarni qo‘llash hisobiga shtamplarning mustahkamligini, po‘latlarning yedirilishga bardoshliligini oshirish, shtamp detallarini me’yorlashtirish (normalash).

I.BOB.Texnologiya fani maqsadi va vazifalari


Texnologiya haqida ma’lumot


Texnologiya (grekcha: „techno“ — hunar, usta va „logos“ — fan, taʼlim) ilmiy-praktika asosida xom-ashyoni tayyor mahsulotga aylantirishning usullari.


Texnologiya (yunoncha techne — sanʼat, mohirlik, uquv) — sanoat, qurilish, transport, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda mahsulotlar olish, ularga ishlov berish va ularni qayta ishlash usullari tartibga solingan tizim; shu usullarni ishlab chiqish, joriy qilish va takomillashtirish bilan shugʻullanadigan fan. Har bir sohaning oʻziga xos texnologiyasi boʻladi: kon ishlari texnologiyasi, mashinasozlik texnologiyasi, qurilish texnologiyasi, qishloq xoʻjaligi va boshqalar.
Masalan, qurilish ishlari texnologiyasi bir qancha operatsiyalar yigʻindisidan tashkil topgan: yer ishlari (yerni tekislash, kotlovan va transheyalar kazish); poydevor yotqizish; devor tiklash (gʻisht terish, panel oʻrnatish); antiseysmik belbogʻlar va temirbeton ustunlar ishlash; qavatlararo va tom yopmalarini montaj qilish, tom yopish; elektr, gaz va suv tarmoqlarini oʻtkazish; pardoz ishlari va h.k. Har qaysi operatsiyani oʻziga xos bajarish usullari bor. Mas., pardozlashda avval devor tekislanadi (mayaklar oʻrnatiladi), qora suvoq, keyin toza suvoq qilinadi, soʻngra oqlanadi (boʻyoq beriladi) yoki gulqogʻoz (oboy) yopishtiriladi.
Amalda texnologik jarayonlar qanchalik puxta ishlangan, tavsiya etilayotgan usullar chuqur tajriba va ilmiy yondashuvga asoslangan boʻlsa, tayyorlanadigan mahsulot (avtomobil, bino yoki inshoot va b.) shunchalik sifatli boʻladi. Texnologiyaning fan sifatidagi roli va vazifasi mahsulot tayyorlashning eng zamonaviy va samarali usullarini yaratishdan iboratexnologiya Fan va texnika rivojlanib borgan sari texnologiya ham yangilanib va oʻzgartirib turiladi. Har qaysi sohada texnologiyani ishlab chiqish uchun texnologik hujjatlarni ishlab chiqish, tipaviy texnologik jarayonlar, standartlashtirilgan jihozlar va uskunalardan foydalanishning yagona tartibi boʻlishi lozim.
Texnologiya mahsulot ishlab chiqarish uchun sanoat protseslarda foydalanuvchi materialning, xom-ashyonining yoki ayrim mahsulotning bichimini, oʻlchamini, xususiyatini, kuyini oʻzgartirish shartlaridan iborat
Umumiy sanoat protsesning boʻlagi boʻlib hisoblanuvchi ishlab chiqarish, tashiish, saqlamoq, nazorat qilish haqidagi ish-harakatlar ham texnologiya deb ataladi. Jamiyatning oʻzgarishiga bogʻliq ishlab chiqarishning, hizmatning, oʻqitishning, v.b. turli sohalarga innovatsiya texnologiyasi tushunchasi kirilmoqda.
Hozirgi vaqtda texnologiya:

  • oldingi qatordagi texnologiya;

  • qoldiqsiz texnologiya;

  • ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi;

  • xalqaro standartga mos texnologiya boʻlib boʻlinadi.

Neft, gaz, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va boshqa texnologiyalar ishlab chiqarish talablariga mos ravishda ishga oshirilmoqda.
Ta’lim texnologiyalari fanining predmeti, maqsad va vazifalari:
Ta’lim-tarbiya mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o’tishi bilan kengayib taraqqiy etib borishi natijasida uning shakl, usul va vositalari ham takomillashib bormoqda. Hozirgi inson faoliyatining asosiy yo’nalishlari shu faoliyatdan ko’zda tutilgan maqsadlarni to’liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga, ya’ni texnologiyalarga aylanib bormoqda. Xuddi shu kabi ta’lim-tarbiya sohasida ham so’nggi yillarda ta’lim texnologiyalari faol tarzda amal qila boshladi.
Texnologiya – biror ishda, mahoratda, san’atda qo’llaniladigan usullar, yo’llar yig’indisi (Izohli lug’at).
Texnologiya – ishlov berish, holatni o’zgartirish san’ati, mahorati, qobiliyati va metodlar yig’indisi (V.M.Shepel). Pedagogik texnologiya – o’qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, usullari, yo’llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig’indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni belgilovchi psixologik va pedagogik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi; u pedagogik jarayonning tashkiliy- uslubiy vositalaridan iborat (B.T.Lixachev). Pedagogik texnologiya – rejalashtiriladigan ta’lim natijalariga erishish jarayoni tavsifi (I.P.Volkov).

Texnologik qism


Po’lat ishlab chiqarish



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling