O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi
Download 1.79 Mb.
|
Kurs ishi Islombek.docx1111
Shtamplarning klassifikatsiyasi
Sovuq holda shtamplash uchun mo‘ljallangan shtamplar 3 ta ko‘rsatkich bo‘yicha klassifikatsiyalanishi mumkin: 1) texnologik (operatsiyalar turi va ularni birlashtirish mumkinligi), 2) konstruktiv (yo‘naltirish usuli bo‘yicha), 3) eksplutatsion (zagotovkani uzatish va detallar hamda chiqindilarni chiqarib yuborish usuli bo‘yicha). Texnologik ko‘rsatkich bo‘yicha shtamplar bajariladigan operatsiyalarning turi bo‘yicha tiplashgan guruhlarga ajratiladi: qirqish, bukish, cho‘zish, shakl berish, hajmiy shtamplash uchun shtamplar, yig‘ish shtamplari, kombinatsiyalangan shtamplar. Operatsiyalarni birlashtirish mumkinligi bo‘yicha shtamplar oddiy (bir operatsiyali) va bir nechta operatsiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan kombinatsiyalangan shtamplarga bo‘linadi. Kombinatsiyalangan shtamplar o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi: 1) ketma-ket harakat qiladigan shtamplar, bunda detalning tayyorlanishi zagotovkaning ketma-ket ko‘chishi bilan turli puansonlar ostida bir nechta o‘tishda bajariladi; 2) operatsiyalari birlashtirilgan shtamplar, bunda detalning tayyorlanishi pressning bitta yurishida, zagotovkaning holatini o‘zgartirmasdan bajariladi. Konstruktiv belgilari bo‘yicha shtamplar 2 ta guruhga bo‘linadi: 1) yo‘naltiruvchisiz shtamplar, 2) yo‘naltiruvchi qurilmalarga ega bo‘lgan shtamplar. Yo‘naltiruvchisiz shtamplar oddiy bo‘ladi, kichik og‘irlik va kichik gabarit o‘lchamlarga ega bo‘ladi, o‘rnatishda noqulay, ishlash uchun xavfli bo‘ladi.Yo‘naltiradigan qurilmalarga ega bo‘lmagan shtamplar faqatgina kichik seriyali ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Yo‘naltiruvchiga ega bo‘lgan shtamplarni tayyorlash anchagina murakkab, biroq ular oshirilgan mustahkamlikka ega bo‘ladi, o‘rnatish uchun qulay. Seriyali, yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Ekspluatatsion belgilari bo‘yicha shtamplar quyidagi turlarga bo‘linadi: 1) Zagotovkani o‘rnatish va uzatish usuli bo‘yicha. Berilgan holatda zagotovka qo‘lda va avtomatik tarzda uzatiladigan shtamplar qo‘llaniladi. Qo‘lda uzatiladigan shtamplar qo‘llaniladigan tayanchning konstruksiyasi bilan farqlanadi, avtomatik tarzda uzatiladigan shtamplar esa lenta yoki donabay zagotovkalarni uzatish usuli bo‘yicha farqlanadi. 2) Detallarni chiqarib yuborish usuli bo‘yicha. Bunda detallar shtamplardan matritsadagi teshik orqali qulab tushish bilan yoki qaytadan lentaga qo‘yish bilan, yoki shtampning yuzasiga itarib chiqarish va qo‘lda olish bilan, shuningdek orqaga itarib chiqarish yordamida va avtomatik tarzda tushirib yuborish bilan chiqarib yuborilishi mumkin. 3) Chiqindilarni chiqarib yuborish usuli bo‘yicha. Ular polosa yoki lenta qoldiqlari ko‘rinishida chiqarib yuborilishi mumkin. Detallar yirik bo‘lganda chiqindi qo‘lda chiqarib tashlanadi. Detallarni kesishda chiqindi ikki yoki uch bo‘lakka bo‘laklanadi. Chiqindi pnevmatik, mexanik, prujinali itargichlar yordamida avtomatik tarzda chiqarib yuborilishi mumkin, ular asosan kichik detallarni ommaviy ravishda ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling