O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi


KP markali po`latdan yasalgan stakan detalini shtamplab chiqish texnologiyasi


Download 1.79 Mb.
bet7/7
Sana18.02.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1210920
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi Islombek.docx1111

08KP markali po`latdan yasalgan stakan detalini shtamplab chiqish texnologiyasi
Zagatovka sifatida 08kp markali polat listni tanlab olamiz,va list yuzasini tazalab chiqamiz.Tozalash ichki kontur bo‘ylab ham, tashqi kontur bo‘ylab ham amalga oshiriladi. Shtamplar bilan tozalashning quyidagi usullari amalda mavjud:
1) Tozalashga qoldirilgan qo‘shimchalarni olish bilan tozalash
2) Matritsaga qaraganda qalinroq bo‘lgan puanson bilan tozalash, yoki bosqichli puanson bilan bir paytning o‘zida o‘yish va kalibrovkalash,
3) Konusi matritsada qisish bilan konturni (tashqi konturni) tozalash
Birinchi usul ko‘proq keng tarqalgan va detalning konturi bo‘ylab qirindini olishdan iborat bo‘ladi. Metallning qalinligi 3 mm gacha bo‘lganda odatda bir marta tozalash qo‘llaniladi, materiallar qalin bo‘lganda va oshirilgan aniqlik talab qilinganda – 2 yoki 3 marta tozalash zarur bo‘ladi. Tozalik tozalanadigan materialning sifati, ishchi uskunalarning holati va tozalashga qoldirilgan qo‘shimchaning kattaligiga bog‘liq bo‘ladi.
3-rasm. Tozalash usullari: a- tozalashga qoldirilgan qo‘shimchani olish bilan;
b- bosqichli puanson bilan; v- qisish bilan.
08KP markali po`latni bichish
Materiallarni shtamplash uning bir qismini chiqindilar ko‘rinishida yo‘qolishi bilan bog‘lanadi. Shtamplashda chiqindilar miqdori o‘yib olinadigan detallarning polosa yoki lentada joylashishiga bog‘liq bo‘ladi. O‘yib olinadigan detallarni zagotovkada joylashtirish usuli materialni bichish deb ataladi. Ishlab chiqarish ko‘lamlari katta bo‘lganda, yirik seriyali va yalpi ishlab chiqarishda materialni eng foydali bichish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi, chunki ratsional tanlangan bichim bunday sharoitlarda anchagina metallni tejash imkonini beradi. Metallni tejashning o‘ta muhim ahamiyati shu bilan izohlanadiki, shtamplangan detal materialining narxi ularning umumiy narxidan 65-70% ni tashkil qiladi, ish haqi esa bor-yo‘g‘i 5-15% ni tashkil qiladi. Bichishning 2 ta asosiy turi amalda mavjud – tutashmalar bilan (peremichkali) bichish (chiqindili bichish) va tutashmasiz (peremichkasiz) bichish (chiqindisiz bichish). Ko‘pincha tutashmali bichish qo‘llaniladi. Tutashmasiz bichish juda kam – oddiy shaklli detallar uchun va qirqish aniqligiga nisbatan qo‘yiladigan talablar unchalik yuqori bo‘lmagan hollarda qo‘llaniladi.
Detallarning qanday joylashishi va tutashmalarning mavjudligidan chiqadigan chiqindilar texnologik chiqindilar qatoriga kiradi. Teshiklarni o‘yishdan chiqadigan chiqindilar, shuningdek polosaning boshi va oxiridan chiqadigan chiqindilar faqatgina detalning konstruksiyasiga bog‘liq bo‘ladi va bichish usulining o‘zini xarakterlay olmaydi.
Amaliyotda qo‘llaniladigan bichish usullarini quyidagicha klassifikatsiyalash mumkin:

  1. polosa yoki lentada buyumning qatorlar soni bo‘yicha. Buyumlarning ma’lum bir o‘lchamlari va shakllarida ko‘p qatorli bichish ko‘proq foydali bo‘lib chiqishi mumkin (kamroq chiqindilar bilan). Ko‘p qatorli bichish odatda shtamplanadigan detallarning o‘lchamlari nisbatan unchalik katta bo‘lmaganda qo‘llaniladi;

4-rasm. Materialni bichish turlari
2) shtamplanadigan detallarning polosa yoki lentaga nisbatan joylashishi
bo‘yicha – bichish to‘g‘ri yoki egilgan bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri bichish ham, egilgan bichish ham buyumning o‘lchamlari va boshqa shart-sharoitlarga bog‘liq ravishda bir qatorli yoki ko‘p qatorli bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri va egilgan bichishni solishtirish shuni ko‘rsatadiki, egilgan joylashish faqatgina ensizroq polosani talab qilib qolmasdan (V > V1), balki uzunlik bo‘yicha detallarning ko‘proq sonini olish imkonini ham beradi, chunki bunda buyumlar orasidagi masofa (qadam) kamayadi (a > a1). Egilgan bichish, to‘g‘ri bichishda ko‘proq chiqindi chiqaradigan murakkab konfiguratsiyali detallar uchun qo‘llaniladi. To‘g‘ri bichish oddiy shaklli detallar uchun qo‘llaniladi.
3) detallarning bir-biriga nisbatan joylashishi bo‘yicha bichish –qatorli, shaxmat tartibida va qarama-qarshi bo‘lishi mumkin.Shaxmat tartibida bichish chiqindilar miqdori bo‘yicha aksariyat hollarda qatorli bichishga qaraganda afzal bo‘ladi. SHaxmat tartibida bichishda ham, qarama-qarshi bichishda ham buyumlarni to‘g‘ri yoki egilgan holda joylashtirish mumkin. Detallarning qatorli va shaxmat tartibida joylashtirishni solishtirish bilan shuni
ko‘rish mumkinki, shaxmat tartibida joylashtirishda polosaning kamroq kengligi
talab qilinadi.Qarama-qarshi bichish odatda T, П, Ш – simon shakldagi detallar uchunqo‘llaniladi, ular odatdagi to‘g‘ri yoki egilgan bichishda ko‘p chiqindi chiqaradi.
4) kombinatsiyalangan bichish – materialdan to‘liq foydalanish maqsadida materialning qalinligi va markasi bo‘yicha bir xil bo‘lgan ikkita yoki undan ko‘p detallar uchun qo‘llaniladi. Bichishning mazkur asosiy turlaridan tashqari, tutashmani qirqib olish bilan shtamplashga murojaat qilinadi (masalan, kichik va tor detallar –aytaylik soatlarning strelkalari uchun). Tutashmasiz bichish (chiqindisiz va kam chiqindili) to‘g‘ri, egilgan, qarama-qarshi, kombinatsiyalangan, bir qatorli, ko‘p qatorli va boshqa shu kabilar bo‘lishi mumkin
Yupqa devorli yassi tekis va fazoviyiy buyumlarni list, lenta, metalmas materiallardan tayyorlanadi. Listli shtamplash- shtamplash mashinalarida krivoship presslash presslarida bajariladi. Qalinligi 0.15-4 mmgacha bўlgan listli material yupka listli bўlib sovuklayin shtamplanadi. Qalinligi 4-60 mmgacha bўlgan listlar kalin listli bўlib, yupkarogi sovuklayin va kalinrogi issiklayin ishlatiladi.
Listli shtamplashni asosiy afzalligi. 1. pishiq, yupqa devorli, sodda va murakkab shakldagi detal va buyumlarni oson olish mumkin. Bunday detallarni boshqa usullar bilan olish juda qiyin yoki olib bo’lmaydi. 2. Katta ish unumli, ko’p metalni tejash va jarayonni soddaligi. 3. Bajarilayotgan operatsiyalarni keng mexanizatsiyalash va avtomatlash mumkin. Listdan shtamplash yo’li bilan, soat detallari, velosiped, mototsikl, avtomobil, metal idishlar, samolyot, vagon, xar hil ramalar, yirik yupqa va qalin devorli detallar va hakozolar tayyorlanadi. Listni shtamplash usuli bilan avtomobilni 75%, ximiya apparatlari detallarini 80% va metal idishlarni 95% tayyorlanadi. Listli shtamplashda asosiy ishchi organ shtamp ҳisoblanib, u ham ikki bo’lakdan iborat. Listli shtampovka usuli bilan detal bitta operatsiya bilan va bir necha birin-ketin operatsiyalar bilan bajarilishi mumkin. Listdan shtampovka qilish ishlarini ikki asosiy turga bo’lish mumkin. 1. listlarni bo’lish ishlari bu ishlarga listlarni ko’ndalangiga bo’ylamasiga kesib polosa yoki lentalar tayyorlash: polosa yoki lentalarni uchlarini turli shakllarga bo’lgan bo’laklarga bo’lish. 2. Listlarni bo’lish ishlari. Bunda detall yoyilmasini andozasi katta listlar ustiga qo’yilib, bichiladi.
08kp markali po’lat listtan tayyorlanadigan stakan detalini zagatovkasini shaxmat tartibida bichib chiqamiz:



Shaxmat tartibda bichish sxemasi


Stakan detalini polosa yoki list zagatovkadan sovuq holatda shtamplab olish texnologiyasi





5-rasm sovuq xolda shtamplash uchun shtamp sxemasi
1 pressning o‘rmalovchisiga (polzun) shtampning yuqori qismi mahkamlanadi, u yuqori plita bilan ishchi uskuna – 3 puansonni tutib turadigan 2 tutib turgichdan (puansoderjatel) tashkil topadi. Yuqori plita pressning o‘rmalovchisiga ilgak yoki boltlar bilan qotiriladi. Shtampning pastki qismi – 4 matritsa joylashgan va pressning 6 stoliga o‘rnatiladigan 5 pastki plita. Ishlovberiladigan 7 material matritsaga joylashtiriladi. Pressning o‘rmalovchisi pastga tushirilganda puanson materialga ta’sir ko‘rsatadi va uning bir qismini matritsaga surib kiritadi. Bunda material deformatsiyalanishni boshdan kechiradi va matritsaning shakli va o‘lchamlarini qabul qiladi, yoki qismlarga ajraladi.
List shtamplashning asosiy operatsiyalari.List shtamplashning barcha operatsiyalari, deformatsiyalanish darajasi va materialga ta’sir ko‘rsatadigan kuchlarning xarakteriga bog‘liq ravishda ikkita guruhga bo‘linadi:
a) ajratish operatsiyalari,
b) shakl o‘zgartirish operatsiyalari

08KP markali po’latdan stakan detalini shtamplab olish texnologiyasi




Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, sovuq va issiq kabi shtamplash turlari mavjud bo'lib, ular metall deformatsiyani o'z ichiga olgan bir xil printsipga muvofiq amalga oshirilgan bo'lsa-da, bir qator muhim farqlarga ega. Ma'lum bir haroratgacha oldindan qizdirilishini o'z ichiga olgan qismlarni shtamplash asosan yirik chiqarish korxonalarida qo’llaniladi.
а)bevosita б)teskari в)kombinatsiyalangan г)yon tomondan
1,4-Plunjer 2-idish-matritsa 3-deformatsiyalanuvchi mterial

Siqib chiqarish sxemalari va turlari (presslash)
Bu, birinchi navbatda, bunday texnologik operatsiyaning ancha murakkabligi bilan bog'liq bo'lib, uni sifatli amalga oshirish uchun dastlabki hisob-kitoblarni amalga oshirish va ishlov beriladigan ish qismini isitish darajasini aniq kuzatish kerak. Issiq shtamplash yordamida qozon tagliklari va boshqa yarim sharsimon mahsulotlar, korpuslar va kema qurishda ishlatiladigan boshqa elementlar kabi muhim qismlar turli qalinlikdagi metall plitalardan olinadi.



Guruhi

xarkteristikasi

Tip
Vakillari

Pakovka
korinishi

1

1

2

3

1




Chozilgan shakli




1.1

Tog’ri oq boylab

Vl,oq,shatun,
Balka



1.2

Egilgan oq boylab

Rul boshqarish
Richagi



2




O’qlar nosimmetrik dumaloq va kop qirrali




2.1

Dumaloq

SHesternalar,markazlar
gardishlar



2.2



Kvadrat,kopburchak,kop qirrali

Grdishlar,markazlar,
Gaykalar



2.3

Jarayonlar bilan

Kesib otish vilkalari



Issiq shtamplashdan oldin metall qismlarni isitish uchun aniq harorat sharoitlarini ta'minlashga qodir bo'lgan isitish uskunalari ishlatiladi. Ushbu funktsiyada, xususan, elektr, plazma va boshqa isitish moslamalari ishlatilishi mumkin. Issiq shtamplashni boshlashdan oldin, nafaqat ish qismlarini isitish tezligini hisoblash, balki sovutuvchi metallning qisqarishini hisobga oladigan tayyor mahsulotning aniq va batafsil chizmasini ishlab chiqish kerak. Metall qismlarni sovuq shtamplashni amalga oshirayotganda, tayyor mahsulotni shakllantirish jarayoni faqat pressning ishchi elementlari tomonidan ishlov beriladigan qismga ta'sir qiladigan bosim tufayli davom etadi. Sovuq shtamplash paytida bo'shliqlar oldindan qizdirilmaganligi sababli, ular qisqarishga tobe bo'lmaydi. Bu qo'shimcha mexanik tozalashni talab qilmaydigan tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini beradi. Shuning uchun bu texnologiya nafaqat qulayroq, balki tejamkor ishlov berish varianti hisoblanadi.

SHAKL O‘ZGARTIRISH OPERATSIYALARI


08KP markali po`latdan yasalgan stakan detail quyidagi operatsiyalar oqali shtamplab olinadi



Bukish operatsiyasi-ishlov beriladigan qismning qismlari orasidagi burchaklarnini shakllanishi yoki o'zgarishi



Cho‘zish (Vityajka) – yassi yoki ichi bo‘sh boshlang‘ich list zagotovkadan ichi bo‘sh zagotovka yoki buyumni hosil qilish



Burash (Zakatka) – ichi bo‘sh tayyorlamaning chekkalarida dumaloqlangan bortlarni hosil qilish
Bosish bilan to‘g‘irlash (Pravka davleniem) – zagotovka yuzasidagi qiyshiqliklarni to‘g‘irlash





Bosish bilan to‘g‘irlash (Pravka davleniem) – zagotovka yuzasidagi qiyshiqliklarni to‘g‘irlash

08kp markali po’latdan yasalgan detalni kombinatsiyalangan shtampda shtamplash sxemasi


Shtamplash operatsiyalarining bu asosiy turlaridan tashqari kombinatsiyalangan, ketma-ket va birlashtirilgan shtamplash qo‘llaniladi. Bunday holda shtampda bir nechta operatsiya bajariladi. Kombinatsiyalangan shtamplash ko‘p o‘tishli shtamplarda bajariladi va shtmplashni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish masalasini tubdan hal qilish imkonini beradi. Ko‘pincha bukish sovuq shtamplashning boshqa operatsiyalari – kombinatsiyalangan shtamplarda qirqish, o‘yish va o‘yib olish bilan bir paytda amalga oshiriladi.Kombinatsiyalangan shtamplar o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi:
1) ketma-ket harakat qiladigan shtamplar, bunda detalning tayyorlanishi zagotovkaning ketma-ket ko‘chishi bilan turli puansonlar ostida bir nechta o‘tishda bajariladi;
2) operatsiyalari birlashtirilgan shtamplar, bunda detalning tayyorlanishi
pressning bitta yurishida, zagotovkaning holatini o‘zgartirmasdan bajariladi. Konstruktiv belgilari bo‘yicha shtamplar 2 ta guruhga bo‘linadi:
1) yo‘naltiruvchisiz shtamplar,
2) yo‘naltiruvchi qurilmalarga ega bo‘lgan shtamplar.
Yo‘naltiruvchisiz shtamplar oddiy bo‘ladi, kichik og‘irlik va kichik gabarit o‘lchamlarga ega bo‘ladi, o‘rnatishda noqulay, ishlash uchun xavfli bo‘ladi. Yo‘naltiradigan qurilmalarga ega bo‘lmagan shtamplar faqatgina kichik seriyali ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Yo‘naltiruvchiga ega bo‘lgan shtamplarni tayyorlash anchagina murakkab, biroq ular oshirilgan mustahkamlikka ega bo‘ladi, o‘rnatish uchun qulay. Seriyali, yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Ekspluatatsion belgilari bo‘yicha shtamplar quyidagi turlarga bo‘linadi:
1) Zagotovkani o‘rnatish va uzatish usuli bo‘yicha. Berilgan holatda zagotovka qo‘lda va avtomatik tarzda uzatiladigan shtamplar qo‘llaniladi. Qo‘lda uzatiladigan shtamplar qo‘llaniladigan tayanchning konstruksiyasi bilan farqlanadi, avtomatik tarzda uzatiladigan shtamplar esa lenta yoki donabay zagotovkalarni uzatish usuli bo‘yicha farqlanadi.
2) Detallarni chiqarib yuborish usuli bo‘yicha. Bunda detallar shtamplardan matritsadagi teshik orqali qulab tushish bilan yoki qaytadan lentaga qo‘yish bilan, yoki shtampning yuzasiga itarib chiqarish va qo‘lda olish bilan, shuningdek orqaga itarib chiqarish yordamida va avtomatik tarzda tushirib yuborish bilan chiqarib
yuborilishi mumkin.
3) Chiqindilarni chiqarib yuborish usuli bo‘yicha. Ular polosa yoki lenta qoldiqlari ko‘rinishida chiqarib yuborilishi mumkin. Detallar yirik bo‘lganda chiqindi qo‘lda chiqarib tashlanadi. Detallarni kesishda chiqindi ikki yoki uch bo‘lakka bo‘laklanadi. Chiqindi pnevmatik, mexanik, prujinali itargichlar yordamida avtomatik tarzda chiqarib yuborilishi mumkin, ular asosan kichik detallarni ommaviy ravishda ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.

6-rasm. Stakan detalini shtamplab oluvchi kombinatsiyalangan shtampning sxemasi


XULOSA.



Stakan detallarini kombinatsiyalangan shtamplarda olish juda ko`p afvzalliklarga ega. Misol uchun, stakan detalini tan narxini ancha arzonlashiga olib keladi. Bir operatsiyali shtamplarda esa ko`p qiyinchiliklarga duch kelamiz. Har bir operatsiya uchun alohida shtamp zarur bo`ladi. Bu esa ko`p vaqt va energiya talab qiladi. Shuning uchun ham shtamplangan qismlarning narxini arzonlashtirish va ishlarni avtomatlashtirish uchun kombinatsiyalangan shtamplash qo'llaniladi, unda bir qator oddiy operatsiyalar birlashtirilgan yoki ketma-ket harakatlar bitta shtampda amalga oshiriladi. Shuning uchun ham mehnat unumdorligi oshadi va vaqtni kam sarflagan holda ko`p stakan detallarini olish mumkin. Hozirgi zamonda esa narx va sifat nuqtai nazardan kombinatsiyalangan shtamplar afvzal ko`riladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.




1.A.A.Yusupov, D.M. Berdiyev, F.S. Abdullayev Sovuq holatda shtamplash texnologiyasi. Darslik. - T.: 2021 - 250 b
2. “Listlarni shtamplash tеxnоlоgiyasi” kursidan amaliy tоpshiriqlar yuzasidan uslubiy ko’rsatma /Tоshk.davl.tеxn. uni-ti; Tuzuv: V.S. Raxmatullaеv, N.A.Maxmudоva. Tоshkеnt, 2013. 20 b.
3. Zubtsоv M.Е. “Listоvaya shtampоvka” Uchеbnik, L.Mashinоstrоеniе. 2002g. Uchеbnie posobie 230s.
4. Pоpоv Е.A. “Оsnоv tеоrii listоvоy shtampоvki” Uchеbnik M.Mashinоstrоеniе, 1977g


Internet saytlari
1. www.ziyo.net
2. www.madi.ru
3. www.uzsamauto.com
4. www.uzth.uz
5. www.uzautosanoat.uz
6. www.google.uz
7. www.materialscience.ru
Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling