O‘zbekiston respublikаsi oliy tа’lim, fаn vа innovаtsiyаlаr vаzirligi termiz dаvlаt universiteti mаgistrаturа bo‘limi


Download 1.91 Mb.
bet2/32
Sana19.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1614238
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
IQTISODIYOT TАRMOQLАRIGА TO`G`RIDАN TO`G`RI XORIJIY INVESTITSIYАLАRNI JАLB ETISH VА UNING SАMАRАDORLIGINI OSHIRISH YO’LLАRIi

Tadqiqot ishning obyekti boʻlib, mamlakat iqtisodiyotida toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni rivojlanishiga xos koʻrsatkichlar tizimi hisoblanadi.
Ishning maqsadi: Ishning maqsadi mamlakat iqtisodiyotida toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar rivojlanish tendensiyalarini tadqiq etish hamda shu asosda investitsiyalardan samarali foydalanish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir.
Tadqiqot metodlari : Tadqiqot ishida guruhlash, qiyosiy tahlil, tarkibiy tahlil usullaridan foydalanildi.
Olingan natijalar va ularning yangiligi:

  • toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishning umumnazariy asoslari yoritilgan hamda toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishning milliy iqtisodiyot uchun ahamiyati ochib berilgan;

  • investitsiya dasturlari sifatini oshirish va xorijiy investitsiyalarni davlat tomonidan boshqarishda davlat organlarining oʻzaro munosabatlari mexanizmi takomillashtirilgan;

  • mintaqaviy xususiyatlar va nisbiy ustunliklarni aniqlash asosida joylardagi ishlab chiqarish salohiyatidan kelib chiqib, xorijiy investitsiyalarni hududlarning alohida istiqbolli tarmoqlariga oqilona jalb qilish boʻyicha chora tadbirlar ishlab chiqilgan;

  • O‘zbekistonda investitsion muhitni yaxshilash va uning jozibadorligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati dissertatsiyada ishlab chiqilgan nazariy va metodologik asoslarning mamlakat investitsiya siyosatida xorijiy investitsiyalarning samaradorligini baholash va ularni jalb qilish mexanizmini takomillashtirish boʻyicha ilmiy apparatni boyitishi bilan belgilanadi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati davlat investitsiya dasturlaridagi xorijiy investitsiya ishtirokidagi loyihalarni sifatli ishlab chiqish, mamlakat nisbiy ustunliklarini hisobga olgan holda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqishni takomillashtirish, hududiy rivojlantirish dasturlari sifatini oshirishda foydalanish mumkinligi bilan belgilanadi. Tadqiqot ishida taklif etilgan amaliy tavsiyalar mamlakatimizga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni faollashtirish va iqtisodiyotning oʻzlashtirish salohiyatini oshirish omillarini aniqlashda ham oʻz oʻrniga ega.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling