O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiylar vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti
Download 1.32 Mb.
|
NAsiba BMI
V. Uyga vazifa
Mavzuni o`rganish Kompyuterdan turli masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin. Axborot almashish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshqa kompyuterlar bilan umumiy tarmoqqa ulanish kerak bo‘ladi. Kompyuterlarning o‘zaro axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuiga kompyuter tarmoqlari deyiladi. Kompyuterlar soniga qarab tarmoqlar lokal, mintaqaviy va global tarmoqlarga bo‘linadi. Lokal tarmoqlar bir binoda yoki bir-biriga yaqin binolarda joylashgan kompyuterlarda o‘zaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoq hisoblanadi. Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloqa kabellari (ba'zan, telefon tizimi yoki radiokanal) orqali amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchilar tarmoqqa ulangan kompyuterlardagi ma'lumotlarni birgalikda qayta ishlash va ma'lumotlarni ayirboshlash va dastur, chop etish qurilmasi, modem va boshqa qurilmalardan birgalikda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Shuning uchun, bittadan ko‘p kompyuterga ega bo‘lgan firmalar o‘z kompyuterlarini lokal tarmoqqa birlashtiradi. Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa yaqin bo‘lganligi bois, telefon kanallaridan foydalanmasdan axborotni uzatish tezligini oshirish mumkin. Mintaqaviy tarmoq— biror tuman, viloyat yoki respublika miqyosidagi kompyuterlarni o‘zida mujassamlashtirgan tarmoq. Bunday tarmoqda bir nechta markazlashgan (ya'ni lokal tarmoq-larni birlashtiruvchi) juda quwatli serveriar mavjud bo‘ladi va bunday serveriar o‘rtasidagi axborot aloqa kabeli, optik tolali yoki sun'iy yo‘ldosh radioaloqa kanallari yordamida uzatiladi. Global tarmoq— dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuterlarni o‘zida birlashtirish imkoniga ega bo‘lgan tarmoq. Bu tarmoq internet (Internet) deb ham yuritiladi. 1. Kompyuter tarmog‘i deb nimaga aytiladi? 2. Kompyuter tarmog‘ining qanday turlari mavjud? 3. Lokal tarmoq haqida gapirib bering. 4. Tarmoqning texnik vositalariga nimalar kiradi? 5. Server nima? 6. Modem nima? Uning vazifasini tushuntirmg. 7. Tarmoqning axborot ashyolariga nimalar kiradi? IKKINCHI BOB BO‘YICHA XULOSALAR Ushbu bobda maktablarda “informatika va axborot texlogiyalari” asoslarini o‘qitish jarayoni tahlil qilinvib, quyidagi xulosalar chiqarildi: 1. Bugungi kunning talab va ehtiyojlari, zamonaviy axborot texnologiyalarining eng so‘nggi yutuqlarini hisobga olgan holda kasbga yo‘naltirishning tizimli dasturi mazmuni takomillashtirildi va metodik asoslari ko‘rib chiqildi. 2. Kasbga yo‘naltirilgan holda o‘qitish talabani ixtisoslikka bo‘lgan har tomonlama talabni qanoatlantirishga qaratilgan ta’lim texnologiyalari pedagog va talabaning hamkorligiga, psixologig pedogogik shart sharoitlarni amalga oshirishga imkon beruvchi va o‘qitish bo‘yicha bir qancha muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf qilish uchun metodik tavsiyalarni ishlab chiqildi. 3. Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlari uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilgan holda dars ishlanmalari namunalari keltirildi. Bu ishlanmalar asosida o‘tkazilgan darslar o‘z samarasini ko‘rsatdi. 4. Takomillashtirilgan mazmun asosida o‘qitish metodikasi ishlab chiqildi. Fanni o‘qitish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar va ishlanmalar tayyorlandi. Shu mazmun asosida ma’ruza mashg‘ulotlari ishlanmalari, amaliy mashg‘ulotlari va ularni bajarish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar hamda talabalar bilimini baholash uchun nazorat savollari, test topshiriqlari, mustaqil ish topshiriqlari ishlab chiqildi va amaliyotga joriy qilindi. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling