O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiylar vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


III BOB. TAJRIBA SINOV ISHLARINI O‘TKAZISH VA NATIJALAR TAHLILI


Download 1.32 Mb.
bet2/16
Sana15.03.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1272130
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
NAsiba BMI

III BOB. TAJRIBA SINOV ISHLARINI O‘TKAZISH VA NATIJALAR TAHLILI......................................................................................
3.1 Tajriba-sinov ishlarining mazmuni va o‘tkazish metodikasi ................
3.2 Olingan natijalar tahlili ..........................................................................
Uchinchi bob bo‘yicha xulosalar ................................................................
XULOSA ....................................................................................................
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………….


ANNOTATSIYA


Bugungi kunda texnologiyaning yangi va samarali yo‘nalishini o‘rganishda dars (amaliy) mashg‘ulotlarini yuqori saviyada olib borishda o‘quvchilar bilan zamonaviy dasturlar yordamida xizmatlar sohasiga oid ma’lumotlar asosida o‘rganilayotgan mavzuni o‘quvchilarni kelgusida egallaydigan kasbida tutgan o‘rnini yoritish vazifalarni bajarish ustida ish olib borish maqsadga muvofiq. Mana bunday ruhdan o’quvchilarni tarbiyalab ta’lim bersak ular albatta kelajakda biz kutganday avlod bo‘lib yetishadi. Shularni hisobga olgan holda bitiruv malakaviy ishida o‘quvchilarni informatika va axborot texnologiyalar fanini kasbga yo‘naltirib o’itishning texnologiyalari, metodlari va dars o‘tish uslublari bilan tanishish maqsad qilib olingan.
АННОТАЦИЯ
Сегодня при изучении нового и эффективного направления техники, при проведении аудиторных (практических) занятий на высоком уровне, с помощью современных программ, изучаемый предмет опирается на информацию, связанную со сферой услуг, а обучающийся удержание учащихся в той профессии, которой они будут заниматься в будущем Над выполнением задач по освещению места целесообразно работать. Учитывая это, целью дипломной работы является ознакомление студентов с технологиями, методами и методиками обучения информатике и информационным технологиям профессии.

ANNOTATION


Today, in learning a new and effective direction of technology, while conducting class (practical) training at a high level, with the help of modern programs, the subject being studied is based on the information related to the service sector, and the student is holding the students in the profession that they will occupy in the future. It is appropriate to work on the fulfillment of the tasks of illuminating the place. Taking this into account, the goal of the graduation thesis is to familiarize students with the technologies, methods and teaching methods of teaching informatics and information technologies to the profession.
KIRISH

Jahonda ko‘nikmalarni takomillashtirish, “kompyuting” (somputing) ta’limi bo‘yicha milliy o‘quv dasturlarini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, raqamli ko‘nikmalarni shakllantirish uchun Yevropa modelida 21 ta kompetensiya turi, Britaniya ta’lim departamenti tomonidan raqamli dunyoda o‘quvchilarni hayotiy axborot texnologiyalari (IT), raqamli savodxonlik (digitalliteracy)) yo‘nalishida tayyorlash, informatika o‘qituvchilarining Amerika assosatsiyasi (Computer Science Teachers Association – CSTA) informatika ta’limi mazmunining sanoq tizimlari, tarmoq va Internet, ma’lumotlar tahlili, algoritmlar va dasturlashtirish, axborot texnologiyalarining ta’siri kabi beshta ustuvor jihat belgilab berilgan. Dunyoda o‘quvchilarda axborot madaniyatini shakllantirish, axborotlarga ishlov berishning universal qurilmasi sifatida zamonaviy kompyuterlar haqidagi tasavvurlarni tarkib toptirish, ergonomik talablarga rioya qilgan holda kognitiv va kommunikativ vazifalarga yechim topishda axborot texnologiyalaridan foydalanishga doir qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, zamonaviy raqamli dunyoda o‘z-o‘zini rivojlantirish uchun xizmat qiluvchi informatik fikrlash (Computational Thinking) ni rivojlantirishning didaktik tizimini takomillashtirish, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishning variativ-modulli texnologiyalarini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, o‘quvchilarni axborotlar bilan ishlash qo‘llash samaradorligini oshirish, algoritmik fikrlash vositasida qarorlar qabul jarayonlarini avtomatlashtirishning maqbul mexanizmlarini ishlab chiqish Respublikamizda o‘quvchilarda o‘qish, bilim olishga sog‘lom, kuchli va ta’sirchan motivatsiyani shakllantirish hamda kasb tanlash, kasbiy o‘sishini mustaqil rejalashtirish, zamonaviy darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar etgan holda qaratilmoqda.


“Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kelajak kasblar uchun zarur bo‘ladigan malakali bitiruvchilarni tayyorlashda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rgangan holda umumta’lim muassasalarida informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitish dasturini qayta ko‘rib chiqishga yo‘naltirilgan “IT-Nation” dasturini joriy etish” ustuvor vazifa etib belgilangan. Bu esa, o‘quvchilarda axborot bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirishning psixologik-pedagogik va metodik xususiyatlarini aniqlashtirish, “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda raqamli ko‘nikmalarni shakllantirishning metodik tizimini takomillashtirishni taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF- 4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”, 2018 yil 25 yanvardagi PF-5313-son “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va maktabta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2019 yil 29 apreldagi PF- 5712-son “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonlari, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-son “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, maktabta’limining Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”, 2018 yil 8 dekabrdagi 997-son “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari hamda hamda mazkur sohaga talluqli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur bitiruv malakaviy ishiga muayyan darajada xizmat qiladi.
Mavzuning dolzarbligi: Zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarining iqtisodiyot, fan va ta’limning barcha sohalariga keng joriy etish, xalqaro axborot tizimlariga, shu jumladan "Internet"ga kirib borishni kengaytirish, yuqori malakali dasturchilar tayyorlash darajasini oshirish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda yuqori natijalarga erishishi, jahon iqtisodiy tizimida to‘laqonli natijalarga sheriklik o‘rnini egallay borishi, inson faoliyatining barcha jabhalarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan yuqori darajada foydalanishning ko‘lamlari qanday bo‘lishiga hamda bu texnoliyalar ijtimoiy mehnat samaradorligining oshishida qanday ro‘l o‘ynashiga bog‘liq. Demak, zamonaviy kompyuterlardan amalda keng foydalana oladigan yetuk kadrlar tayyorlash kechiktirib bo‘lmaydigan vazifadir.
Bugungi kunda texnologiyaning yangi va samarali yo‘nalishini o‘rganishda dars (amaliy) mashg‘ulotlarini samarali va yuqori saviyada olib borishda o‘quvchilar bilan zamonaviy dasturlar yordamida xizmatlar sohasiga oid ma’lumotlar asosida o‘rganilayotgan mavzuni o‘quvchilarni kelgusida egallaydigan kasbida tutgan o‘rnini yoritish vazifalarni bajarish ustida ish olib borish maqsadga muvofiq. Xizmatlar sohasidagi axborotlarni qidirish va kerakli fayllarni qidirib topish va undan foydalanish, umumiy qidiruv tizimlaridan xizmatlar sohasidagi tegishli domenlar va ulardan foydalanish hamda turizm va mexmonxona xo‘jaligi servisi tayyorlov yo‘nalishida xizmatlar haqidagi saydlardan foydalanish va ulardan ma’lumotlar olish bo‘yicha ma’lumotlar beriladi. Texnologiya va interfaol usullardan, shuningdek turli didaktik va texnik vositalar, multimedia vositalaridan foydalanishni oldindan texnologik kartalarda va ta’lim texnologiyalarini rejalashtirib qo‘yish maqsadga muvofiqligidan mazkur mavzuning dolzarbliligi kelib chiqadi.
Bitiruv malakaviy ishining ishlanganlik darajasi: Maktablarda informatika va axborot texnologiyalari fanining DTS, dasturlari, mazmuni, o‘qitish metodikasi, darsliklari, elektron o‘quv materiallarni yaratish va ta’lim jarayoniga tatbiq etishda A.A.Abduqodirov, M.Aripov, U.Yuldashev, N.Toyloqov, A.Siddiqov, S.S.G‘ulomov, A.Axmedov, R.Boqiev, F.Zakirova, D.Abdurahimov, M.E. Mamarajabov, S.Tursunov va boshqa olimlar ilmiy– tadqiqot ishlarini olib borganlar. Ta’lim tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ilmiy izlanishlar qator tadqiqotlarda amalga oshirilgan. I.V.Robert (Robert I.V. Teoriya i metodika informatizasii obrazovaniya (psixologo-pedagogicheskiyi texnologicheskiy aspekti). IIO RAO. M.: - 2007, 18. p.l.) ta’limni axborotlashtirish vositalarini yaratish va ulardan foydalanishning nazariy asoslarini ishlab chiqqan bo‘lsa, N.A.Sizinseva axborot – dinamik o‘rgatuvchi muhitni bo‘lajak o‘qituvchilarning axborot madaniyatini rivojlantiruvchi omil sifatida tadqiq etgan. L.I.Ansiferov, V.A.Izvozchikov, V.V.Laptev, A.V.Smirnov va boshqalar o‘z tadqiqotlarida ta’limda kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning nazariyasi va metodik masalalarini yoritishgan. S.S.G‘ulomov va A.H.Abdullaevlarning ishlarida virtual stent yaratish va o‘quv jarayonida qo‘llash tadqiq etilgan bo‘lsa, A.A.Abduqodirov, L.I.Shibarshova, R.X.Hamdamov, S.I.Raxmonqulova va boshqalar axborot texnologiyalari asosida masofadan o‘qitish texnologiyasining istiqboli hamda rivojlanish bosqichlari va uning o‘quv materiali ba’zasini yaratish masalasiga to‘xtalib o‘tishgan.
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi: Maktabda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanida kasbga yo‘naltirib o‘qitish metodikasini takomillashtirish.
Bitiruv malakaviy ishning maqsadini amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar hal etiladi:
- tadqiqot mavzusiga oid mavjud pedagogik va psixologik adabiyotlar, ilmiy metodik ishlarni tahlil etish;
- Maktablar uchun informatika va axborot texnologiyalari asoslarininng mazmunini taxlil etish, takomillashtirish va xizmatlar soxasiga yo‘naltirish; - Zamonaviy dasturlar asoslarini o‘qitishning pedagogik va axborot texnologiyalariga asoslangan metodikasini ishlab chiqish;
- Mashg‘ulotlarni olib borishda pedagogik texnologiya va interfaol usullardan foydalanish, turli didaktik va texnik vositalar, texnologik haritalarda rejalashtirish;
- Tadqiqot ishi yuzasidan tajriba–sinov ishlarini o‘tkazish, uning samaradorligini aniqlash va metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Bitiruv malakaviy ishning obyekti: Maktablarda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish jarayoni.
Bitiruv malakaviy ishning predmeti: Maktablarda “Informatika va axborot texnologiyalari” fani mazmuni, uni kasbga yo‘naltirib o‘qitish shakl va metodlari.
Bitiruv malakaviy ishning ilmiy farazi: Agar maktablarda informatika va axborot texnologiyalari asoslarini o‘qitish mazmuni takomillashtirilib, uni zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalariga asoslangan kasbiy sohalarga yo‘naltirib o‘qitish metodikasi yaratilsa va amaliyotga joriy etilsa, talabalarning informatikadan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetnsiyalarini shakllantirish samaradorligi ortadi.
Bitiruv malakaviy ishning ilmiy-uslubiy yangiligi: Maktabda “Informatika va axborot texnologiyalari” darslarida yangi innovasion texnologiyalaridan foydalangan holda kasbga yo‘naltirish metodikasini takomillashtish shu bilan birga Maktabda talabalarini kasbiy tayorgarligini oshirishga qaratilgan metodik tavsiyalar ishlab chiqish.

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling