O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiylar vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


“Informatika va axborot texnologiyalari” darslarida kasbga yo‘naltirib o‘qitish metodikasi


Download 1.32 Mb.
bet7/16
Sana15.03.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1272130
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
NAsiba BMI

2.3. “Informatika va axborot texnologiyalari” darslarida kasbga yo‘naltirib o‘qitish metodikasi
Maktablarda o‘quv jarayoni shakllariga ma’ruza, seminar, amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya mashg‘ulotlari, o‘quv anjumanlari, maslahatlar, ekskursiyalarga bo‘linadi.
Ma’ruza – u yoki bu ilmiy masalani to‘g‘ri, mantiqiy izchillikda va aniq izohlab berish sanaladi. Ma’ruza o‘qituvchi shaxsining barcha boyligi: ongi, hissiyoti, irodasi, tuyg‘usi, e’tiqodi orqali talabalar ichki dunyosi bilan muloqotda bo‘lishining eng samarali, jonli shaklidir. Bunda o‘qitishning yo‘naltiruv, axborot berish, metodologik va tarbiyalash funktsiyalarini ro‘yobga chiqarishga yordam beradi.
Ma’ruzaning yo‘naltiruvchi funktsiyasida talabalarning diqqati o‘quv materialining asosiy qoidalari, uni o‘rganishdagi hamda bo‘lg‘usi kasbiy faoliyatidagi roli va ahamiyati, uni o‘zlashtirish metodlariga jalb qilinadi.
Ma’ruzaning axborot berish funktsiyasi asosiy ilmiy faktlar, qoidalar, xulosalarning mohiyatini ochishda o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Ma’ruzaning metodologik funktsiyasini qo‘llash tadqiqot metodlarini qiyoslash, chog‘ishtirishga, ilmiy izlanishning tamoyillari va yondashuvlarini aniqlashga yordam beradi.
Ma’ruzaning tarbiyaviy funktsiyasi ma’ruza jarayonida o‘quv materialiga hissiy baho berish munosabatlarini uyg‘otish, qiziqishlarini o‘stirish, mantiqiy fikrlash va isbotlashni oydinlashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Maktablarda o‘qitish tizimiga ma’ruza bilan birgalikda amaliy (mashq, seminar va laboratoriya) mashg‘ulot turi ham kiradiki, ular: ta’limiy, tarbiyaviy va nazariyani amaliyot bilan bog‘lash funktsiyalarini bajaradi.
“Amaliy mashg‘ulot” termini pedagogikaga oid adabiyotlarda ham keng, ham tor ma’noda izohlanadi. “Amaliy mashg‘ulot” termini keng ma’noda mashq, seminar (ularning barcha turlari) va laboratoriya mashg‘ulotlarini umumlashtiradi.
Amaliy mashg‘ulotlarning ma’ruzadan farqlanadigan asosiy me’yorlaridan biri o‘quv jarayoni qatnashchilarining birgalikdagi harakatlarida o‘ziga xos xarakterdadir. Ular vazifalariga ko‘ra ham farqlanadi. Agar ma’ruzada ilmiy bilimlar asosi bayon qilinadigan bo‘lsa, amaliy mashg‘ulotlarda bilimlar chuqurlashtiriladi, kengaytiriladi va aniqlashtiriladi. Eng muhimi, amaliy mashg‘ulotlar talabalar bilimini mustahkamlash, amaliyotga qo‘llash va sinashga ham xizmat qiladi.
Mashg‘ulotlarning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari asosida mashg‘ulotning har bir bosqichi uchun reproduktiv o‘quv topshiriqlari, ularning didaktik maqsadlarini aniqlash va shakllantirish nazarda tutiladi. Quyida misol sifatida amaliy va ma’ruza mashg‘ulotlarini olib borish texnologiyasini ko‘rsatib o‘tamiz.

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling