O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, Fan va innovattsiyalar Vazirligi Mirzo Ulug’bek nomidagi


Download 130.19 Kb.
bet3/5
Sana13.02.2023
Hajmi130.19 Kb.
#1195741
1   2   3   4   5
Bog'liq
ILDIZ POYA

Mezoderma - birlamchi po’stloq parenximadan tashkil topib, keng hujayra oraliqlariga ega. Suvda botqoqlikda yashagan o’simliklarning hujayra oraliqlari kengayib aerenximalarga aylanadi. Birlamchi po’stloq parenximasi bir qancha vazifani bajaradi: a) rizodermani plastik moddalar bilan ta’minlaydi, moddalarning surilishiga va ularning hujayralar orqali o’tishiga yordam beradi; b) turli moddalar sintez qilinadi; v) po’stloq hujayralarida jamg’arma ozuqa moddalar to’planadi; g) po’stloq hujayralarida tuproqda yashaydigan zamburug’larni giflari uchraydi.
Endoderma birlamchi po’stloqning eng ichki qavati bo’lib bir qator hujayralardan tashkil topgan. Endoderma hujayralarida qobig’i ko’ndalang va radial qobiqlari qalinlashib Kaspari belbog’ini hosil qilib hujayrani o’rab turadi. Kaspari belbog’i suv va suvda erigan moddalarni markaziy tsilindrga tanlab o’tkazadi. Endodermaning asosiy hujayralarining qobiqlari qalinlashib yog’ochlanadi. Lekin ular orasida bir xil hujayralar qobiqlari qalinlashmasdan o’tkazuvchanlik vazifasini bajaradi va o’tkazuvchi hujayralar deb ataladi.
Markaziy tsilindr o’sish konusini ichki tomonidagi hujayralaridan pleromadan hosil bo’lib, tashqi tomonidan tirik hujayralardan tashkil topgan peritsikl bilan o’ralgan. Peritsikl hujayralari bo’linib yon ildizlarni hosil qiladi.
Peritsikl tagidagi prokambiy joylashib, keyinchalik birlamchi o’tkazuvchi to’qimaga aylanadi. Birlamchi o’tkazuvchi to’qimaning elaksimon naylari protofloema va undan ichkariroqda markazga tomon metafloemaning elementlari hosil bo’ladi. So’ngra floema hujayralarini guruhlar bilan navbatlashib qobig’i xalqasimon va spiralsimon qalinlashgan protoksilema va markazga tomon qobig’i to’rsimon va nuqtasimon qalinlashgan metaksilema naylari hosil bo’ladi.
Yosh ildizlarda birlamchi o’tkazuvchi naylar yulduzsimon shaklda nurlar hosil qilib joylashadi. Floema bilan navbatlashib kelgan ksilema nurlari ikkita bo’lsa diarxli, uchta bo’lsa triarxli, to’rtta bo’lsa tetrarxli, ko’p bo’lsa poliarxli tuzilishdagi markaziy tsilindr deyiladi.

Download 130.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling