O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, Fan va innovattsiyalar Vazirligi Mirzo Ulug’bek nomidagi


Download 130.19 Kb.
bet4/5
Sana13.02.2023
Hajmi130.19 Kb.
#1195741
1   2   3   4   5
Bog'liq
ILDIZ POYA

Ildizning ikkilamchi tuzilishi. Ildizning birlamchi tuzilishi ildizda ikkilamchi yon meristema to’qimasi kambiy va fellogenlarning paydo bo’lishigacha davom etadi. Qiriqquloqlarda va bir urug’pallali o’simliklarning ildizlarida ikkilamchi meristemalar hosil bo’lmaydi, shuning uchun ular birlamchi tuzilishlarni vegetatsiyasini oxirigacha saqlaydi. Ochiq urug’lilar va ikki urug’pallali o’simliklar ildizlarida ildizning eniga kengayishini ta’minlovchi kambiy o’z faoliyatini ko’rsatib uzunasiga (tangental) bo’linib ichkariga markaziy tsilindrga ikkilamchi ksilema (yog’ochlik) elementlarini, tashqariga po’stloq tomon ikkilamchi floema (lub) elementlarini hosil qiladi (37-rasm). Har yilgi kambiyning faoliyati natijasida ildizda yil halqalari paydo bo’ladi. Lekin poyaga nisbatan ildizda yil halqalarining hosil bo’lishi sustroq boradi, shuning uchun ildizlarning yoshini yil halqalariga qarab hisoblashda qiyinchiliklar tug’iladi. Ildizning po’stloq qismidagi doimiy to’qimalar ikkilamchi tuzilishda uzoq vaqt saqlanmaydi, o’rniga periderma hosil bo’ladi. Po’stloq meristema to’qimasi felogenning ish faoliyati va periderma hujayrasining cho’zilishi natijasida ildiz eniga o’sadi va yo’g’onlashadi.
Poya (caulis) — oʻsimlikning shox, barg va gullari joylashgan asosiy oʻqi. Boʻgʻim (barg oʻrni) va boʻgʻim oraliqlaridan iborat. P. ildiz bilan barglar ora-sida moddalar harakatini taʼminlaydi. Baʼzi oʻsimliklarning poyasi metamor-fozlashgan (shakli oʻzgargan) boʻlib, suv va oziq moddalarni toʻplash (kartoshka), himoya (doʻlana va yantoklarning tikanlari), ilashish (tok va oshkrvoklarning jingalagi), vegetativ koʻpayish (ajriq, qulupnay poyalari) vazifalarini baja-radi. Bir yillik va koʻp yillik, yer ustki va yer ostki, yoyuchlangan va yogochlanmagan P.lar bor. P. silindrsimon, koʻp kir-rali, yassi, gadir-budur yoki silliq boʻladi. Asosan, uchidagi oʻsish konusi hujayralarining boʻlinishidan P. boʻyiga oʻsadi; baʼzi usimliklar (mas, gʻalladoshlar) P.si boʻgʻim oraligʻining uzayishidan ham usadi. P.ning buyi, yugʻonligi turlicha. Yusinlar P.sining uzunligi bir necha sm, diametri bir necha mm, sekvoyyalar poyasining uz. 150 m, diametri 10—12 m. Lianalar P.si 200—300 m keladi. Poyaning anatomik tuzilishi sistematik guruxlariga kura, sodda yoki murakkab buladi. Mas, tuban yusinlar P.si faqat bir xil parenxima hujayralaridan, poyabargli yusinlar P.si qobiq va suv oʻtkazuvchi toʻqimadan, pla-unlar poyasi esa ksilema va floemalyan iborat utkazuvchi toʻqimadan tuzilgan. Qirqboʻgʻimlar poyasining ichi gʻovak boʻlib, oʻtkazuvchi toʻqimalar aylana joylashadi. Qirqqulokdar P.sining marka-zi narvonsimon joylashgan traxeidalardan tuzilgan ksilema elementlaridan iborat; uni floema pardasi oʻrab turadi. Bundan tashqarida bir necha kavat hujayralardan tuzilgan peritsikl joylashgan. Mana shu markaziy silindr birlamchi qobiq, tashqi tomondan epidermis bilan oʻralgan. Birlamchi qobiqning eng ichki — peritsikl bilan chegaradosh qavati endoderma deb ataladi. Urugʻli oʻsimliklar poyasining poʻstlogʻi ostida parenxima hujayralaridan iborat birlamchi qobiq boʻlib, uning endodermasi markaziy silindrni oʻrab turuvchi peritsikl bilan chegaralanadi. P.ning dastlabki rivojlanish bosqichida peritsikl ostida yupqa par-dali uzunchoq hujayralardan iborat hosil qiluvchi tUqima — prokambiy vujudga keladi. Prokambiy hujayralarining bulinishi natijasida birlamchi ksilema va birlamchi floema hosil buladi. Ikki pallali va ochiq urugʻli usimliklarda esa birlamchi ksilema va birlamchi floemadan tashqari ikkilamchi hosil qiluvchi toʻqima — kambiy ham vujudga keladi. Koʻpchilik bir pallali usimliklar poyasining markaziy kismi parenxima hujayralaridan tuzilgan bulib, ularning orasidan oʻtkazuvchi nay — tolalar tutami oʻtadi. Bir pallali usimliklar poyasida kambiy hosil boʻlmagani uchun yoʻgʻonlashuv xususiyatiga ega emas. Aloe, yukka, dratsena kabi ayrim bir pallali oʻsimliklarning P.si fakat peritsiklda vujudga keladigan ikkilamchi hosil qiluvchi toʻqima hisobiga yoʻgonlashadi. Yer ostida joylashadigan bargi reduksiyalangan P., odatda, ildizpoya deyiladi.

Download 130.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling