O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, Fan va innovattsiyalar Vazirligi Mirzo Ulug’bek nomidagi


Download 130.19 Kb.
bet1/5
Sana13.02.2023
Hajmi130.19 Kb.
#1195741
  1   2   3   4   5
Bog'liq
ILDIZ POYA





O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim,
Fan va innovattsiyalar Vazirligi
Mirzo Ulug’bek nomidagi
O’zbekiston Milliy Unversiteti


Biologiya fakulteti
Biologiya yo’nalishi


103-guruh

Botanika fanidan

MUSTAQIL ISH
Mustaqil ish :Ildiz, poya va bargning o’zgarishi

Toshkent - 2023


REJA:
1.Ildiz sistemasi. 
2.Ildizlarda birlamchi to’qimalarining kelib chiqishi va o’sishi. 
3.Bargning tuzilishi va o’zgarishi

Ildiz sistemasi. Har bir o’simlik odatda, ko’p sonli kuchli shoxlangan ildiz sistemasidan iborat bo’ladi.
Ochiq urug’li va gulli o’simliklarning asosiy ildizi murtak ildizdan rivojlanadi va er qatlamlari bo’ylab pastga qarab o’sadi. Asosiy ildizning apikal meristemaga yaqin joyida yon ildizlar paydo bo’ladi. Asosiy ildizga yana birinchi tartibli ildiz ham deyiladi. Undan chiqqan yon ildizlarni ikkinchi tartibli, undan chiqqan ildizlarni uchinchi va boshqalar deyiladi.
Bir pallali o’simliklarning asosiy ildizi murtakda hosil bo’lib uzoq yashamaydi, ildiz sistemasi murtakning poyasidan paydo bo’lgan qo’shimcha ildizlardan shakllanadi va popuk ildizlar tizimini hosil qiladi. Bularga bug’doy, arpa, sholi, g’umay, suli, tariq kabilar kiradi.
Qo’shimcha ildizlar poyalarda, barglarda, hamda ular asosiy ildizning ko’p yillik qismlarida paydo bo’ladi. Yuksak sporali o’simliklarning poyalarda hosil bo’lgan qo’shimcha ildizlar poyaning apikal meristemasida juda erta paydo bo’ladi va ildiz sistemasi faqat qo’shimcha ildizlardan tashkil topadi. Bunday ildizlar tizimi ibtidoiy hisoblanib birlamchi gomoriz (yunon. gomoyos - bir xil, riza – ildiz) ildizlar deyiladi.
Agar ildiz tizimi asosiy o’q ildizdan hamda qo’shimcha ildizlardan tashkil topsa alloriz (yunon. allos - boshqa) ildiz sistemasi deyiladi.
Ildizlarning morfologik tiplarini tavsiflanganda yana bir qancha asosiy xususiyatlariga ahamiyat berish kerak bo’ladi. Ya’ni, o’q ildiz tizimida – asosiy ildiz boshqa ildizlarga nisbatan kuchli rivojlangan bo’ladi. Asosiy ildizdan qo’shimcha ildizlar paydo bo’lishi mumkin, lekin ular efemer ildizlar bo’lib, tezda nobud bo’ladi.
Popuk ildiz sistemasida asosiy ildiz tez o’sishdan to’xtaydi. Ildiz sistemasi qo’shimcha ildizlardan tashkil topadi. Agar qo’shimcha ildizlar qisqargan vertikal ildiz poyada hosil bo’lsa, cho’tkasimon ildiz sistemasi shakllanadi (bir pallali o’simliklarda).
Agar qo’shimcha ildizlar uzun gorizantal ildiz poyalarida hosil bo’lsa – baxromasimon ildizlar sistemasi shakllanadi. Ba’zida gorizontal ildiz poyalarda hosil bo’lgan qo’shimcha ildizlar yo’g’onlashib, kuchli shoxlanib, ikkilamchi o’q ildiz tizimini hosil qiladi (beda, ayiqtovon).
Ildiz tizimi tuproq qatlamlarida joylashishiga qarab ham tavsiflanadi. Masalan, o’simliklarning tuproqda suv bilan ta’minlanishiga qarab, ildizlarni asosiy qismi er yuziga yaqin joylashadigan, tuproq qatlamlariga chuqur tushib boradigan universal ildizlar tizimiga bo’linadi. Lekin, bunday ildizlarning morfologik xususiyatlari faqat ildizlarning turli tumanligi haqida boshlang’ich tushunchalarnigina beradi. Har bir o’simlikning ildizlar tizimi o’simlikning ontogenezi davomida uning poyalar tizimini xususiyatlariga, atroflardagi o’simliklarning ta’siriga, yil faslining almashinishiga bog’liq holda o’zgarib turishi mumkin.
Madaniy o’simliklarning ildiz tizimi barcha agrotexnik uslublariga (chopish, o’g’itlash, sug’orish yovvoyi o’tlardan tozalash) bog’liq holda o’zgarib turishi mumkin.
Tabiiy sharoitda o’sgan o’simliklarning ildizlari o’sishiga barcha shart-sharoitlar etarli bo’lganda, ildizlar cheksiz o’sadi. Lekin ildizlarning o’sishiga va shoxlanishiga atrofdagi boshqa o’simliklarning ildizlari va er ustki organlari katta ta’sir ko’rsatadi. Masalan, issiq xonalarda o’sgan katta bir tup javdar ildizining umumiy uzunligi 623 km, bir sutkada o’sgan barcha ildizlarning umumiy uzunligi 5 km ni tashkil etadi. Shu tupning umumiy ildiz yuzasi 237 m2 bo’lib, er ustki qismining sathidan 130 marotaba ko’proqdir.
Ko’p yillik o’simliklarning ildiz sistemasida har vaqt ba’zi ildizlar o’lib, boshqalari ularning o’rniga paydo bo’lib turadi.
Bir yillik o’simliklarning ildizlari esa vegatatsiya davomida o’sadi, shoxlanadi va vegatatsiyasining oxirida er ustki qismi bilan birgalikda o’ladi. Piyozli va to’g’anoqli o’simliklarning vegetatsiyasining oxirida barcha ildizlar quriydi, keyingi yili vegetatsiyasi boshlanganda qaytadan yangi ildizlar paydo bo’ladi.
Vaqti-vaqti bilan siyrak yomg’ir yog’adigan qurg’oqchil mintaqalarida, yomg’ir tuproqning faqat ustki qisminigina namlaydi, shu vaqtda o’simliklar erdagi ozgina namlikdan foydalanib olish uchun qo’shimcha efemer ildizlarni hosil qiladi, tuproq qurishi bilan bu ildizlar ham o’ladi.
Ko’pchilik o’tsimon o’simliklar va daraxtlarning ildizlari o’sishdan to’xtaganda ildizning uchki qismi va qini po’kaklashib himoya g’ilof hosil qiladi ya’ni - metokutinizatsiyalashadi. Bahorda g’ilof yorilib, o’suvchi ildiz apeksi hujayralari bo’lina boshlaydi.

Download 130.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling