O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, Fan va innovattsiyalar Vazirligi Mirzo Ulug’bek nomidagi


Ildizlarda birlamchi to’qimalarining kelib chiqishi va o’sishi


Download 130.19 Kb.
bet2/5
Sana13.02.2023
Hajmi130.19 Kb.
#1195741
1   2   3   4   5
Bog'liq
ILDIZ POYA

Ildizlarda birlamchi to’qimalarining kelib chiqishi va o’sishi. Ildizlarning o’sishi noqulay sharoit (past harorat, suvsizlik) bo’lmasa to’xtamaydigan jarayondir. Ildizlar tuproqlarda uchragan qarshiliklarni enggan holda, avvalgi yilgi o’lgan va chirigan ildizlarning o’rnini to’ldirib, tuproq gorizonti bo’ylab tarqaladi.
Ildizlarning poyalaridan farqi shuki, apekal meristema faqat ichkarigagina emas, balki tashqariga ildiz qinini to’ldirgan holda hujayralar hosil qiladi.
Ildizlarni apeksidagi initsial hujayralarning soni va joylashishi, ulardan to’qimalarning hosil bo’lish tartibi turli sistematik guruhlarga kirgan o’simliklarda turlicha bo’ladi.
Yopiq urug’li o’simliklarni ildiz apeksida bir necha initsial hujayralar mavjud bo’lib, ikki pallali va bir pallali o’simliklarda apikal meristemaning soni va ishi turlicha. Ikki pallali o’simliklarda initsial hujayralar uch qavat bo’lib, har bir qatorda 1-4 gacha initsial hujayralar joylashadi (35-rasm). Initsialning eng pastki qavati rizoderma va qinning hujayralarini hosil qiladi. Initsial hujayralarining o’rta va ichki qavatlaridan ildizning qolgan barcha to’qimalari hosil bo’ladi. Apikal meristemaning bo’linish zonasi ikki qismga ajralib, tashqi qismi initsial hujayralarining o’rta qatoridan hosil bo’lib – periblema (yunon. - qoplam) deb ataladi. Ichki bo’limi initsial hujayralarni yuqorigi qavatidan hosil bo’lib pleroma (yunon. – pleroma - to’ldirish) deyiladi. Keyinchalik periblemadan ildizning birlamchi po’stlog’i, pleromadan esa markaziy tsilindiri hosil bo’ladi.
Bir pallali o’simliklarning ildiz apeksini pastki qavatidan faqat ildiz qini hosil bo’lib, preblemaning tashqi qavatidan rizoderma deferentsiallashadi.
Ildizning birlamchi tuzilishi. Ildizda bo’g’imlarning bo’lmaganligi sababli ildizning ichki tuzilishi poyaning ichki tuzilishiga nisbatan soddaroq tuzilgandir. Shuning uchun barcha ildizda to’qimalarning joylashishi deyarlik bir xildadir.
Yosh ildizning ichki tuzilishida uchta asosiy to’qimalarni: qoplovchi to’qima - rizoderma; birlamchi po’stloq parenximasi va o’tkazuvchi to’qimalarni ko’rish mumkin. Rizoderma tuproqdagi suv va suvda erigan mineral moddalarni ildizga o’tkazadi.
Tukchalar trixomalardan farq qilib rizoderma hujayralaridan qobiq hosil qilib ajralmaydi, balki hujayralar o’simtasi sifatida hosil bo’ladi. Tukchalar juda kalta 1-2 mm uzunlikda bo’lib, yupqa tsellyuloza va pektin moddalaridan tashkil topgan umumiy rizoderma qobig’i bilan o’ralgan.
Birlamchi po’stloq o’sish konusini o’rta qismidagi meristematik hujayralardan hosil bo’lib bir necha qavatlardan iborat bo’ladi: ekzoderma, mezoderma, endoderma. Ekzoderma birlamchi po’stloqning eng tashqi qavati bo’lib rizodermaning tagida joylashadi. Rizodermaning moddalar almashinishida qatnashadi va himoya vazifasini bajaradi.

Download 130.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling