O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va Inovatsiyalar vazirligi
Download 115.5 Kb.
|
Н1QALQOVUCHLI ZICHLIK O’LCHAGICHLARNING TURLARI VA YO’L QO’YADGAN XATOLIKLARINI HISOBLASH Н1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-расм
Vaznli zichlik oʼlchagichlar
Vaznli zichlik oʼlchash asboblarining ishlash printsipi nazorat qilinayotgan suyuqlikning maʼlum bir doimiy hajmining vaznini uzluksiz tortib turishga asoslangan. Toza suyuqliklar zichligini oʼlchashdan tashqari vaznli zichlik oʼlchagichlar suspenziya va tarkibida qattiq moddalar boʼlgan suyuqliklar zichligini oʼlchashda ham ishlatiladi. 8-rasmda pnevmatik oʼzgartkichli vaznli zichlik oʼlchagichning printsipial sxemasi keltirilgan.
Suyuqlik rezina tarnov va metall silьfonlari 6 boʼlgan sirtmoqsimon trubka 1 dan oʼtadi. Sirtmoqsimon trubka pnevmatik oʼzgartkichning toʼsigʼi 2 bilan bogʼliq. Suyuqlik zichligi oshganda sirgmoqsimon trubkaning vazni ortadi va u pastga harakatlanadi, soplo 3 bilan toʼsiq 2 orasidagi zazor kichrayadi, oʼzgartkichdagi bosim koʼtariladi. Unifikatsiyalangan pnevmatik signal kuchaytirgich 4 orqali silьfon 5 ga uzatiladi (teskari aloqa). Silьfondagi bosim suyuqlik zichligining oʼzgarishiga proportsional oʼzgaradi va shkalasi zichlik birligida darajalangan ikkilamchi asbob bilan oʼlchanadi. Аsbob suyuqlikning zichligini sirtmoqsimon trubka toʼldirilayotgan paytdagi amaliy haroratda. oʼlchaydi. Vaznli zichlik oʼlchagichlarning afzalligi trubka kesimining doimiyligi va trubkadan suyuqlikning katta tezlikla. oʼtishidir. Bu esa suyuqlik tarkibidagi qattiq jismlarning trubka tubiga (devorlariga) choʼkishiga yoʼl qoʼymaydi. Sanoatda 500. . . 2500 kg/m3 oʼlchash chegaralariga moʼljallangan vazn¬li zichlik oʼlchagichlar chiqariladi. Oʼlchashdagi asosiy xatolik ±2%. 9-rasmda Toshkent politexnika institutining xodimlari ishlab chiqqan zichlik oʼlchagichning sxemasi keltirilgan. U korpus 1 va oʼlchash asbobi 2 dan iborat. Korpus nazorat qilinayotgan suyuqlik solingan kamera 3, bufer suyuqlik bi¬lan toʼldirilgan oraliq kamera 4 va pnevmooʼzgartkich rolini oʼynaydigan kamera 5 dan iborat. Zichligi oʼlchanayotgan suyuqlik kamera 3 ga kirish shtutseri 6 orqali toʼxtovsiz kelib turadi va undan toʼkish shtutseri 7 orqali chiqib ketadi, bu esa kamerada suyuqlikning bir sathda turishini taʼminlaydi. Oraliq gidravlik kamera 4 idish 3 ning tubi 8 ning siljishini uzatish uchun moʼljallangan, u bikr markazli elastik membrana 9 dan iborat, markaz kamera 4 ning tubida oʼrnatilgan. Kamera 5 soplo 10 bilan jihozlangan. Siqilgan havo truba 11 orqali kamera 5 ga doimiy drosselь 12 orqali kiradi. Membrana 9 ning bikr markazi soplo 10 ning toʼsigʼi rolini oʼynaydi. Membrana 8 ning suyuqlik vazni (zichligi)ga bogʼliq boʼlgan siljishi oraliq kamera 4 orqali membrana 9 ga beriladi, bu membrana siljib soplo 10 ni berkitadi. Kamera 5 dagi havo bosimi oʼlchash asbobi 2 yordamida nazorat qilib turiladi va suyuqlikning zichlik oʼlchovi boʼlib xizmat qiladi. Membrana-vaznli zichlik oʼlchagich oʼlchash sezgirligi va aniqligini oshirishga imkon beradi. Download 115.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling