O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va inovatsiyalar vazirligi


Download 3.29 Mb.
bet3/25
Sana15.08.2023
Hajmi3.29 Mb.
#1667401
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Dissertatsiya uchun qoralama2 Muxayyo

Mavzunng dolzarbligi: Yuqori quvvatli bir fazali tez o‘zgaruvchan parametrli yuklamalarning paydo bo‘lishi elektr energiyasi sifatining normal holatidan buzilishga olib kelmoqda, bu o‘z navbatida elektr energiyasi tiziming har bir bo‘g‘iniga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Elektr energiyasini past kuchlanishli tarmoqlar orqali uzatishda, ishlab chiqarish jarayonlarini jadallashtirish, yangi texnologiyalarni takomillashtirish va joriy etish natijasida ventilli o‘zgartirgichlar, bir fazali va uch fazali elektr payvandlash qurilmalari, katta quvvatli elektr yoy pechlari, volt-amper xarakteristikasi nochiziqli yuklamalar tobora ko‘proq qo‘llanilmoqda. Kuch transformatorlari, magnitli kuchaytirgichlar va gaz razryadli lampalar shunday xususiyatlarga ega. Ushbu qurilmalarning xususiyati – ularning qisqichlariga sinusoidal kuchlanish qo‘llanilganda tarmoqdagi nosinusoidal toklarni iste’mol qiladi. Nosinusoidal tok egri chiziqlarini har xil chastotali oddiy garmonik tebranishlar majmuasidan iborat murakkab garmonik tebranishlar deb hisoblash mumkin. Tarmoq elementlari orqali o‘tadigan yuqori garmonika toklari bu elementlar qarshiligida kuchlanish pasayishini olib keladi, bu esa asosiy sinusoidal kuchlanishga qo‘shilib, kuchlanish egri shaklining buzulishiga, ta’minot tarmog‘idagi elektr energiyasi sifatining buzulishiga olib keladi ya’ni, elektr qabul qilgichlarni elektr ta’minoti bilan elektromagnit mosligi muommosi hosil bo‘ladi. Elektr energiyasining sifati texnologik jarayonlarga, mahsulot miqdori va darajasiga ham ta'sir qiladi. Elektr taʼminoti tizimining talab qilinadigan texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini taʼminlash uchun EESKlarni GOST 13109-97 talablariga muvofiq saqlab turish lozim. Bu esa elektr energiya sifat ko‘rsatkichlarini buzilishi natijasida sodir bo‘ladigan qo‘shimcha yo’qotishlarni tadqiq etishning dolzarbligini ko‘rsatmoqda.
Tadqiqotning maqsadi.Shahar elektr tarmoqlarida kuchlanishning nosinusoidalligi ko‘rsatkichlarini bartaraf etish orqali hosil bo‘ladigan qo‘shimcha yo’qotishlarni baholash usulini ishlab chiqish.
Ishning maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazivalarni bajarish kerak:

  1. Kuchlanish nosinusoidalligi koeffitsientlariga qo‘yiladigan me’yoriy talablarini o‘rganish;

  2. Kuchlanish nosinusoidalligi koeffitsientlarini qo‘shimcha quvvat yo‘qotishlariga ta’sirini hisoblash usullarini tahlil qilish;

  3. Shahar elektr tarmoqlarida kuchlanish nosinusoidalligi bartaraf etish qurilmalarini tahlil qilish;

  4. Shahar elektr tarmoqlarida elektr energiya sifat ko‘rsatkichlarini hozirgi holatini tahlil qilish ;

  5. Kuchlanish nosinusoidalligi qo‘shimcha quvvat yo‘qotishi miqdorini baholash usulini ishlab chiqish.

Shahar elektr taqsimlash tarmoqlarida elektr energiya sifat ko‘rsatkichlarini buzilishi natijasida sodir bo‘ladigan qo‘shimcha yo‘qotishlarni Quva tumani Tinchlik podstansiyasi Shirin fideridagi 1097 – transformator punktida tadqiq etib modelini ishlab chiqish.

Download 3.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling