O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va inovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti “iqtisodiyot” kafedrasi


I-BOB. BOZOR VA UNING IQTISODIY MUNOSABATLARI


Download 41.3 Kb.
bet2/8
Sana03.12.2023
Hajmi41.3 Kb.
#1798703
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Iqtisodiyot” kafedrasi “iqtisodiyot nazariyasi” fanidan kurs ish-fayllar.org

I-BOB. BOZOR VA UNING IQTISODIY MUNOSABATLARI
1.1. Bozor iqtisodiyoti tushunchasi va uning mohiyati
Bozor iqtisodiyoti — tovar-pul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot. Bozor iqtisodiyoti insoniyat taraqqiyotida mavjud boʻlgan eng progressiv va istiqbolli tizimdir. Bozor iqtisodiyoti ning asosini tovar ishlab chiqarish tashkil etadi, chunki bu yerda natural xoʻjalik emas, balki tovar xoʻjaligi hukmron boʻladi. Yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar tovar shakliga ega boʻladi, yaʼni ular bozorda oldisotdi qilish uchun yaratiladi. Bozor iqtisodiyoti ga barter emas, balki tovar ayirboshlash, yaʼni oldisotdi yuritish xos.

Bozor iqtisodiyoti teng imkoniyatni bildiradi, ammo bu imkoniyatdan foydalanish kishilarda bir xil boʻlmaydi, har bir kishi ishlab topganiga qarab daromad koʻradi. Daromadning tabaqalashuvi boyishga havas uygʻotib, kishilarni iqtisodiy faollikka undaydi.


Bozor iqtisodiyoti da pul munosabatlari ustun boʻlsada, pul bilan bogʻliq boʻlmagan insoniy munosabatlar: mehrshafqat va xayrehson munosabatlari ham rivoj topadi. Bozor iqtisodiyoti rivoj topgan mamlakatlarda katta xayriya pul fondlari muhtojlarga yordam berish ga xizmat kidali va puldan pul chiqarib olishni koʻzlamaydi. Bozor iqtisodiyoti doimiy rivojlanib, uning yangi shakllari va modellari paydo boʻladi.
Tovarlar va xizmatlarga talab uzluksiz bo`lgani tufayli ularni ishlab chiqarish ham uzluksiz ravishda doimo takrorlanib turadi. Takror ishlab chiqarishning umumiy jarayonini iqtisodiy resurslar, tovarlar va xizmatlar hamda daromadlarning doiraviy aylanishi ko`rinishida tasavvur qilish mumkin. Biroq bu aylanish turli iqtisodiy tizimlarda turlicha kechadi.
Xususiy mulkchilikka asoslangan bozor iqtisodiyoti tizimida bunday doiraviy aylanish korxona va firmalar bilan uy xo`jaligi o`rtasida amalga oshadi. Uy xo`jaliklari ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan barcha iqtisodiy resurslarni bozorga etkazib beradi. Korxona va firmalar bu resurslarni sotib olib, turli xil tovarlar va xizmatlarga aylantiradilar va ularni bozorga etkazib beradilar. (2.1-rasmga qarang)


Download 41.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling