O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va inovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti “iqtisodiyot” kafedrasi
Bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyillari
Download 41.3 Kb.
|
Iqtisodiyot” kafedrasi “iqtisodiyot nazariyasi” fanidan kurs ish-fayllar.org
2.2. Bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyillari
Bozor iqtisodiyotiga o`tishning ham, uning samarali amal qilishining ham yagona va universal tamoyili yo`q, deb aytish mumkin. Har bir mamlakatning, har bir xalqning faqat o`ziga xos bo`lgan tarixiy, ijtimoiy va milliy qadriyatlari va xususiyatlari mavjud. Shuning uchun bozor iqtisodiyotiga o`tish davri ham har bir mamlakatda o`ziga xos tarzda kechadi va uning amal qilishida muayyan tafovutlar bo`lishi tabiiy. Shu bilan birga bozor iqtisodiyotini tizim sifatida belgilab beruvchi bir qator tamoyillar mavjud bo`lib, ularning asosiylari xususida to`xtalib o`tamiz. Xususiy mulkchilikning ustivorligi. Iqtisodiy munosabatlar tizimida mulkchilik muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki moddiy ne`matlarni ishlab chiqarish, ayirboshlash va iste`mol qilish xarakteri asosan mulkchilik munosabatlariga bog`liq. Mulkchilikning sub`ektlari va ob`ektlari mavjud bo`lib, uning birinchisiga davlat, jismoniy va yuridik shaxslar kiradi. Ikkinchisiga esa, ya`ni ob`ektlariga, tabiiy resurslar, bino va inshootlar, asbob-uskunalar, qimmatbaho qog`ozlar, pul mablag`lari va aqliy mehnat natijalari kiradi. Mulkchilik ob`ektlariga egalik qilish turli iqtisodiy tizimlarda turlicha bo`ladi. Rejali iqtisodiyot deb nomlanuvchi ma`muriy - buyruqbozlik tizimida mulkchilik ob`ektlariga asosan davlat egalik qiladi va xususiy mulkning ulushi juda ham kam bo`ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida esa buning aksi, ya`ni mulkchilik ob`ektlarining aksariyat qismi xususiy mulkdorlar tasarrufida bo`lib, davlat mulki iqtisodiyotning asosini tashkil etmaydi. Xususiy mulk asosan individual (bir shaxsga tegishli) mulk, oila mulki, jamoa mulki, shirkat mulki, qo`shma mulk, hissadorlik mulki, diniy tashkilotlar mulki shakllarida amal qiladi. Shunday qilib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlarda iqtisodiyotning ikkita bo`lagi paydo bo`ladi. Ular xususiy mulkchilikning barcha shakllarini birlashtiruvchi nodavlat sektori va davlat tasarrufidagi mulkdan iborat davlat sektoridir. Bozor iqtisodiyoti tizimining samarali amal qilishi ko`p jihatdan ana shu ikkita sektorning nisbatiga bog`liq desa bo`ladi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shundan dalolat beradiki, xususiy mulkchilik hukmron mavqega ega bo`lgan holda, ya`ni tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish asosan iqtisodiyotning nodavlat sektorida mujassamlashganda, iqtisodiy taraqqiyot sur`atlari yuqori bo`ladi. Shuning uchun xususiy mulkchilikning ustivorligi bozor iqtisodiyotining eng muhim va asosiy tamoyillaridan hisoblanadi. Iqtisodiy faoliyat erkinligi. Odamlarning o`z ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq bo`lgan faoliyati iqtisodiy faoliyat deb yuritiladi. Tovar va xizmatlarni yaratish, ayirboshlash va ularni iste`mol etishga qaratilgan iqtisodiy faoliyat bozor iqtisodiyoti sharoitida erkin kechadi. Xususiy mulkchilik bu tizimning asosini tashkil etgani tufayli erkin xususiy tadbirkorlik butun jamiyat iqtisodiy faoliyatining asosini tashkil etadi. Xo`jalik yurituvchi har qanday sub`ekt (alohida shaxs, oila, odamlar guruhi, yuridik shaxslar va h.k) iqtisodiy faoliyatning o`ziga ma`qul va manzur bo`lgan hamda davlat qonunchiligi bilan ta`qiqlanmagan turini tanlaydi. Inson o`zining jismoniy va aqliy layoqatini o`zi istagan soha (tovarlar ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatish, savdo-sotiq, tijorat, vositachilik va hokazo)ga yo`naltirishi, o`zining pul mablag`laridan o`zi hohlagan maqsadlarda (biron bir tovar ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatish, bank depozitlariga qo`yish, aktsiyalar sotib olish va hokazo) foydalanish huquqiga ega. Biroq shuni ham aytib o`tish kerakki, bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy faoliyat erkinligining mavjudligi "kim nimani hohlasa qilaveradi" degani emas. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan har qanday davlat ham o`zining shart-sharoitlari va umumdavlat manfaatlaridan kelib chiqib, xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning iqtisodiy faoliyatiga muayyan cheklashlar kiritadi. Xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning teng huquqliligi. Iqtisodiy erkinlik xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning faqatgina iqtisodiy faoliyat erkinligida namoyon bo`lib qolmay, balki davlat tomonidan ular uchun yaratilgan shart-sharoitlarda ham o`z ifodasini topadi. Soliqlar, jarimalar, turli xil imtiyozlar davlat tomonidan belgilanadi. Agar xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning biridan (masalan, xususiy firmadan) yuqori foizlarda soliq undirilsayu, ikkinchisidan (masalan, davlat korxonasidan) kamroq foizlarda undirilsa, bu, albatta, adolatdan bo`lmaydi va ijtimoiy noroziliklarga sabab bo`ladi. Qaysidir mulkchilik shaklidagi sub`ektlarga soliq yoki bojxona imtiyozlari berilsayu, kimlardir bundan mahrum etilsa, bunda ham xuddi shunday adolatsizlik ro`y beradi. Demak, mulkchilik shaklidan qat`iy nazar, barcha xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning teng huquqligi bozor iqtisodiyotining muhim tamoyili hisoblanadi. Download 41.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling